Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf [uzsmart.uz]
qilinadi. Sud Bekonga 40 ming funt-sterling jarima solish va Tauer qal’asiga bandi etish haqida hukm chiqaradi. To‘g‘ri, ikki kundan so‘ng bu hukmning ayrim bandlari bekor qilingan bo‘lsa-da, ammo Bekonning davlat arbobi sifatidagi faoliyati butkul barham topadi. Lordlar palatasining hukmiga muvofiq u qirol saroyiga yaqinlashmaslik va 12 mil uzoqlikda yashashga mahkum etiladi. Faylasuf hayotining so‘nggi yillarini betoblik va qashshoqlikda o‘tkazadi. 1626 yilning bahorida u tovuq go‘shti qor ostida qanday saqlanishini sinab ko‘rish uchun uni qo‘llari bilan qorga ko‘madi va shu bahona bo‘lib, qattiq shamollaydi. Bir necha hafta xastalanib yotgach, vafot etadi. * * *
Yuzaki faylasuflik inson aqlini xudosizlik sari yetaklaydi. Falsafani chuqur o‘rganish esa odamlar
idrokini dinga yo‘naltiradi.
* * *
Men odamlarni ilm-fanning asl maqsadini yodda saqlashga chaqiraman. Toki ular ilm-fan bilan o‘z
mansablari, ilmiy bahslar, o‘zgalarni mensimaslik, shon-shuhrat, shaxsiy manfaatlari yoki boshqa
tuban maqsadlar uchun emas, balki bu bilimlardan hayotga foyda va manfaat yetishi uchun
shug‘ullansinlar.
* * *
Xudoni inkor etuvchi odam inson zotidagi ezgulikni ham inkor etadi.
* * *
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
146
Garchi biz yerda yashab, samoga ko‘z tiksak-da, ruhimiz jism qo‘rg‘oniga bandidir. Shu bois bandi
ruh hisobsiz aldamchi va yolg‘on timsollarni qabul qilishga mahkum.
* * *
Empiriklar (hissiy idrokni, tajribani bilimning birdan-bir manbai deb biladigan falsafiy ta’limot
namoyandalari) chumoliga o‘xshab faqat manba to‘plash bilan ovora bo‘ladilar va shu to‘plamlardan
foydalanadilar. Aqidaparastlarning (mohiyati tekshirilmay-netmay qabul qilinaveradigan qoidalarga
ko‘r-ko‘rona ishonuvchilarning) harakati esa o‘rgimchakni eslatadi. Ular o‘zlari uchun to‘r yasaydilar.
Asalari esa boshqacha yo‘l tanlaydi. U bog‘ va dalalardagi gullardan bol yig‘adi. To‘plagan bolini u
uquvi va maqsadiga moslab qayta ishlaydi. Haqiqiy falsafaning mohiyati ham shunday bo‘lmog‘i
darkor.
* * *
Tabiatni faqat uning qonunlariga bo‘ysunish yo‘li bilangina yengish mumkin.
* * *
Bir narsaning asl mohiyatini bilish uning sababini bilish demakdir.
* * *
Inson – tabiatning xizmatkori va sharhlovchisi.
* * *
Moddiyat tinim bilmaydi, u mangu harakatdadir.
* * *
Tasodif ba’zan kashfiyotlarni maydonga keltiradi. Ammo shu tasodifning yuzaga chiqishi yillarni
emas, hatto asrlarni talab etadi.
* * *
Fikr olamning chegarasi va nihoyasini qamrab olishdan ojiz bo‘lsa-da, lekin doimo zaruriyat
tug‘ilganda juda uzoqni ko‘ra oladi.
* * *
Ohanraboning sehrli xossasi yordamida tafakkurning mohiyatini ochib berish mumkin. Ohanrabo
behisob ignalarni o‘ziga tortib oladi-yu, sira kuchi kamaymaydi.
* * *
Tajriba – haqiqat garovi.
* * *
Odatda mayda va arzimas narsalar katta narsalar haqida ko‘proq bilim beradi. Yirik narsalar esa
aksincha, kichik narsalar haqida tasavvur berishga ojizlik qilib qoladi.
* * *
Ko‘nglini yoruvchi do‘sti bo‘lmagan odam o‘z yuragining kushandasidir.
* * *
Faqat nafrat va qo‘rquvgina zo‘ravonlik qilishga majbur etadi.