Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
Muhammad Salamat Jabar
QIYOMAT ALOMATLARI
Qiyomatning qoyim bo‘lishi shartlari va ularning
sir-asrorlari
Tarjimon
Muhammadjon Ahmad
“Movarounnahr”
Toshkent
© «Mutarjim»
Toshkent, 2003 y.
Muqaddima
Qalblarimizni iymon nuri bilan oydin qilgan, nuri hidoyati ila iymonga muyassar etgan
va bizga ehsonu ofiyatlar bilan fazlu marhamatlar ko‘rsatgan Zotga – yakkayu yolg‘iz
Allohga hamdlar bo‘lsin. U bizga bilmagan narsamizni o‘rgatdi. Bizni Islom ne’mati ila
haq yo‘lga hidoyat etdi.
Alloh taologa yuzining ulug‘ligiyu saltanatining buyukligi qadar hamd bo‘lsin.
Kuch-qudrat ham, yaxshiligu yomonlik ham yolg‘iz Alloh qo‘lida deb bilguvchi kishi
sifatida Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga guvohlik beraman. Foyda-ziyon yetkazguvchi ham,
adashtirguvchi-yu haq yo‘lga boshlaguvchi ham yolg‘iz Allohdir.
ã&ù#Î=ôÒãƒ
⎯tΒuρ
ù't±o„
çµù=yèøgs†
4’n?tã
:Þ≡uÅÀ
5ΟŠÉ)tGó¡•Β
«Alloh xohlagan kishisini adashtirur, xohlagan kishisini to‘g‘ri yo‘lda
(barqaror) qilur» (An’om, 39).
Bularning barchasi ayni haqiqat. Bu yerda hech qanday tabdil va ta’vil yo‘q! Hukm
qilguvchilarning eng yaxshisi bo‘lgan Alloh barcha aybu nuqsondan pokdir!
Ÿω
ã≅t↔ó¡ç„
$¬Ηxå
ã≅yèøtƒ
öΝèδuρ
šχθè=t↔ó¡ç„
«U o‘zi qiladigan biron narsa haqida mas’ul bo‘lmas, ular (ya’ni bandalar esa
qiladigan har bir ish-amallari xususida) mas’ul bo‘lurlar» (Anbiyo, 23).
Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Dostları ilə paylaş: |