Microsoft Word shamoli muhammadiy ziyouz com doc


BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING SOCHLARI



Yüklə 296,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/92
tarix14.03.2022
ölçüsü296,76 Kb.
#53755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy

BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING SOCHLARI 

HAQIDA BAYON QILINADI 

 

22. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sochlari ikki 



quloqlarining yarmiga tushar edi.  

 

23. Oisha roziyallohu anho dedilarki: Men va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir 



idishda g‘usl qilar edik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sochlari quloq 

yumshog‘idan tushgan va yelkalariga yetmagan, ya’ni o‘rta bir holda edi. 

 

I z o h: Bir idishda cho‘milishdan er va xotin bir-birining avratini ko‘rib turishi lozim 



kelmaydi, chunki Oisha roziyallohu anho o‘zlari deganlarki, na men Rasululloh sollallohu 

alayhi vasallamning avratlarini ko‘rdim va na u zot mening avratimni ko‘rdilar.  

 



Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

6

24. Ummu Honi’ roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkai 



mukarramaga bir bor shu xay’atda keldilarki, sochlari to‘rtga bo‘linib o‘rilib ko‘yilganday 

ko‘rilar edi. Ba’zi rivoyatda deyilganki, xar bir muborak quloqlari ikki o‘rilgan soch 

o‘rtasida xuddi qorong‘u kechadagi yorug‘ yulduz kabi ko‘rinar edi. 

 

25. Ibn Abbos roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam avvalda 



sochlarini farq ochmay qo‘yib qo‘yardilar, chunki mushriklar farq ochardilar va kitobiylar 

farq ochmas edilar. Ilgari qaysi bir narsa haqida Allohdan amr kelmagan bo‘lsa, 

kitobiylarga o‘xshashlikni do‘st tutar edilar. Keyin ularga muxolifat etib, sochlariga farq 

ochadigan bo‘ldilar.  

 

I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam avvalda, ya’ni Islom dini tamoman nozil 



bo‘lmay turib, kitobiy jamoatni o‘zlariga hamdard va ko‘makchi qilmoq uchun ularga 

xayrixoh bo‘ldilar. Ko‘rdilar-ki, ularga ham badbaxtlik g‘olib kelib, ulfat ololmadilar. 

Mushriklar bilan ularning farqlari bo‘lmay qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 

ham ularga muxolifat etdilar va sochlariga farq ocha boshladilar. Haqiqatda pokizalik 

farq ochishda edi. Bunda isrof bo‘lmas edi. 

 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xijratdan keyin muborak sochlarini avval 



Hudaybiyya yilida, so‘ng Umratu-l-qazo yilida, keyin Hajjatu-l-vido’ yilidagina tamom 

oldirganlar. Qachon sochlarini yaqin fursat ichida oldirgan bo‘lsalar, quloqlarining 

yarmiga tushib turur edi. Buni arablar to quloq yumshog‘iga yetguncha vafra (mo‘l, 

ko‘p) deydilar. Agar bundan ziyoda tushsa, limma (kokil) deydilar, agar bundan ham 

ziyoda uzayib ketsa, yelkalariga tegib tursa, uni jumma (uzun taralgan soch) deydilar. 

Oxiri uzayish shu bo‘lur. Endi rivoyatlarda xar-xil sifatlar kelishi shu holatlarga qarab 

bo‘lgan, ya’ni xar kim qaysi holda ko‘rgan bo‘lsa, u shu holatni rivoyat qilgan va 

hammalari rost so‘zlagandirlar.  

 


Yüklə 296,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin