|
Mamlakatning makroiqtisodiy holati ko‘rsatkichlar tizimi orqali
|
səhifə | 4/4 | tarix | 10.05.2023 | ölçüsü | 162,46 Kb. | | #110852 |
| Rizoqulov Fayoz makroiqtisodiyot
Mamlakatning makroiqtisodiy holati ko‘rsatkichlar tizimi orqali baholanadi. Makroiqtisodiy tahlilda YaIM, YaMD, SIM, SMD, ShD, ShTD, YaMTD, S ,S, INI,YaIM deflatori kabi ko‘rsatkichlardanfoydalaniladi. YaIM - mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarininng umumiy yig‘indisidan iborat. YaIMni hisoblashning ishlab chiqarish, yakuniy iste’mol va taqsimot usulari mavjud bo‘lib, ulardan dastlabki ikki turi keng qo‘llaniladi. YaIMni hisoblashda bir qiymatni ikki qayta hisoblashga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi ko‘rinishida hisoblanadi. Bu usul YaIMni hisoblashning ishlab chiqarish usuli deyiladi. YaIMni xarajatlar ko‘rinishida to‘rt guruhdagi xarajatlar - iste’mol, YaIMni xarajatlar ko‘rinishida to‘rt guruhdagi xarajatlar - iste’mol, investitsiya, davlat xaridi va sof eksport xarajatlari yig‘indisi orqali hisoblanadi. Har uchala usulda hisoblangan YaIM ko‘rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda o‘zaro teng bo‘ladi. Milliy hisobchilik tizimining barcha ko‘rsatkichlarini hisoblashning uslubiy bazasi bitta bo‘lgani uchun ularni o‘zaro taqqoslash imkoni mavjud. Makroiqtisodiy tahlilda YaIM ko‘rsatkichi bilan birgaYaMd ko‘rsatkichidan ham foydalaniladi. YaMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang‘ich daromadlari yig‘indisidir. Soddalik uchun YaIM yalpi ishlab chiqarish, YaMD esa yalpi daromad deb ham yuritiladi Internet saytlari Internet saytlari - 1. http:// www.lex.uz
- 2. http://www.mineconomi.uz.
- 3. http://www.mf.uz
- 4. http://www.stat.uz
- 5. http://www. soliq.uz
- 6.www.gov.uz
- 7. http://www.cbu.uz
- 8. http://www.wordbank.org.
- 9. http://www.ebrd.org.
- 10. http://www.imf.org
Dostları ilə paylaş: |
|
|