Investitsion loyihani oqlash muddati – joriy foydalar yiindisini investitsiya qiymatiga teng bo’lishini ta’minlovchi minimal vaqt oralii.
Vaqt bo'yicha ustun ko'rish – joriy iste'molga sarflash bilan kelajakda iste'mol qilish uchun sarflashdan qaysi birini befarqlik chizig'i asosida tanlash.
Vaqt bo'yicha ustun ko'rishni cheklash normasi – umumiy turmush darajasi o'zgarmaganda joriy iste'moldan bir birlik kechishni to’liq qoplaydigan kelajakdagi qo'shimcha iste'mol qiymati.
Vaqtlararo muvozanatlik – joriy va kelajakda iste'mol qilish o’rtasida tanlayotgan shaxs uchun maksimal naflik keltiruvchi holat
Vaqtlararo byudjet chegarasi – shaxsning daromadi va ssuda foizi stavkasi bilan aniqlanadigan vaqtlararo ustun ko'rish kartasidagi chiziqning holati.
Sof iqtisodiy renta (pure economic rent) – narx bo'yicha absolyut elastik bo’lmagan taklifga ega bo'lgan resurs egasi tomonidan olinadigan daromad.