XII. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI 12.1.
Mazkur shartnomani ijro etish masalalari boʻyicha Bank va Mijoz oʻrtasida
kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda tomonlar ularni oʻzaro muzokaralar yordamida hal qilish
uchun barcha choralarni koʻradilar. Mazkur shartnoma yuzasidan kelib chiqqan nizoni hal qilish
uchun tomonlar oʻz e’tirozlarini (talablarini) ikkinchi tomonga yozma tarzda yuborishlari shart.
12.2. Muzokaralar olib borish orqali taraflar bir toʻxtamga kela olmaganda, bahslar va
kelishmovchiliklar iqtisodiy sudda ama
ldagi qonunchilikka muvofiq koʻrib chiqiladi va hal etiladi.
12.3. Mijozning boshqa shaxslar bilan hisob-
kitoblariga oid oʻzaro nizolari ular tomonidan
Bankning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi.
12.4. Mazkur shartnoma bilan tartibga solinmagan barcha masalalar amaldagi qonunchilik
asosida hal etiladi.
XIII. BOSHQA SHARTLAR 13.1. Mijozning hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazish tartibi tomonlar uchun
majburiy hisoblanuvchi Markaziy bank normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
13.2. Mazkur shartnoma
Bank tomonidan oferta qilingan. Bank hisobvaragʻi boʻyicha
munosabatlarni belgilovchi har qanday Bank tomonidan oferta qilinmagan bitim haqiqiy emas.
13.3. Ushbu shartnoma qoidalari tomonlar oʻrtasidagi bank hisobvaragʻi qoidalarini tartibga
soluvchi bo
shqa har qanday bitim qoidalaridan ustun turadi. Bank va Mijoz oʻrtasida ushbu
shartnoma qoidalaridan jiddiy farq qiluvchi har qanday bitim haqiqiy emas hisoblanadi.
13.4. Ushbu shartnoma boʻyicha Bank Mijozni bevosita xabardor qilishni oʻz zimmasiga
olgan har qanday xat-
xabarlarni (talabnomalar, ogohlantirish xatlari, informatsion ma’lumotlar va
boshqalar) Bank Mijoz tomonidan bank hisobvaragʻi ochish toʻgʻrisidagi arizaga muvofiq Bankka
taqdim qilgan xabarnomada koʻrsatilgan aloqa vositalaridan biriga (pochta, telefon, elektron
pochta va boshqalar) oʻz ixtiyoriga koʻra qogʻoz, sms yoki elektron xat koʻrinishida yuborishga
haqli.
13.5. Mijoz tomonidan toʻlov qaydnomasi adashib joʻnatilganligi aniqlanganida, Mijoz zudlik
bilan bu haqda yozma ravishda Bankni xabardor qiladi.
“Mikrokreditbank” ATB hisobvaraqlarni
ochish, yuritish va yopish tartibi
toʻgʻrisidagi vaqtinchalik yoʻriqnoma
6-ilova