Kapital xarajatlar hisoblamasi Kapital xarajatlar hisoblamasi – asosiy va aylanma fondlarning nomoddiy va moliyaviy aktivlar, shuningdek, ularning ta’minot manbalarining jamlanish jarayonini ifodalaydi.
Kapital xarajatlar hisoblamasining sxemasi quyidagicha ko‘rinishga ega:
Foydalanish
Resurs
1. Asosiy fondlarning yalpi jamlanishi; 2. Moddiy aylanma vositalarining o‘zgarishi; 3. Sotib olingan yer va boshqa nomoliyaviy aktivlar; 4. «Tashqi dunyo» ga berilgan kapital transfertlar; 5. Sof kredit (+) yoki sof qarzlar (-).
Yalpi milliy jam\arma;
«Tashqi dunyo»dan olingan kapital transfertlar.
Jami
Jami
Kapital xarajatlar hisoblamasining resurs qismidagi yalpi milliy jam\arma ko‘rsatkichlari daromadlardan foydalanish hisoblamasidan olinadi. Asosiy fondlarning yalpi jam\arilishi ko‘rsatkichi hozirgacha qo‘llanilib kelingan asosiy fondlarning o‘sish ko‘rsatkichlariga to‘\ri keladi. Bu hisoblamaning muvozanatlashtiruvchi hisoblamasi sof kredit (+) yoki sof qarzlar (-) hisoblanadi. Ular quyidagicha ifodalanadi: SK+q YAMJ + KTBDO – YAJAF – ZO‘AV – AYEN – KTBDB Bu yerda: SK+ - sof kredit yoki sof qarzlar; YAMJ - yalpi milliy jam\arma; KTBDO - kapital trnasfertlar (boshqa davlatlardan olingan); YAJAF - asosiy fondlar yalpi jamlanishi; ZO‘AV - moddiy aylanma vositalari zaxiralarining o‘zgarishi;