Mineralogiya



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə28/78
tarix11.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61230
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   78
Mineralogiya

Rutil – TiO2. Nomi yunoncha «rutilus» qizil degani. Bunda Ti – 60%, 0-40% bo`ladi, bundan tashqari Fe, Cr, V ishtirok etsa, Sn – miqdori 1,5% bo`ladi. Rutilning temirga boy xilini nigirin, niobiy va tantalli turi – struverit deb yuritiladi. Rutilning tolasimon, qilsimon ko`rinishidagisini – sagenit deyiladi. U tetragonal singoniyada kristallanadi, odatda prizmasimon, ninasimon, ustunsimon shakllarda bo`ladi. Rutil - qo`ng`ir, to`q sariq, qizil va qora ranglarda uchraydi. U olmos kabi yaltiraydi, qattiqligi – 6, solishtirma og`irligi – 4,2, ancha mo`rt mineral. Rutil o`ziga o`xshash modifikatsiyalar – anataz – TiO2 , brukit – TiO2 lar orasida eng barqarori hisoblanadi.
Rutil xilma-xil sharoitlarda hosil bo`ladi. Kamdan-kam holda o`rta va nordon intruziv jinslarda va ular pegmatitlar hamda metamorfik jinslarda paydo bo`ladi. Rutilning yirik konlari – Norvegiya, Shvetsiya, Rossiyaning Ilmensk tog`larida, AQSHning Virgina shtatlarida mavjud.


Kassiterit – SnO2Yunoncha «kassiteris» - qalayi demakdir. Tarkibida – Sn – 78,8%, aralashma holda Nb, Ta, Ti uchraydi. U tetragon singoniyali. Kassiterit kristallari keng tarqalgan, ular mayda, ba`zan 10 sm gacha yiriklarini uchratish mumkin. Uning rangi – to`q qo`ng`ir, ba`zan qora smolaga o`xshash. U olmos kabi yaltiraydi. Qattiqligi – 6-7, solishtirma og`irligi – 6,8-7,0, mo`rt mineral. Kassiterit genetik jihatdan nordon intruziv jinslar bilan uzviy bog`liq. Kassiterit kontakt-metasomatik sulьfid konlarida paydo bo`ladi, bundan tashqari gidrotermal sharoitda kvars-kassiterit va sulfid-kassiterit formatsiyali yirik konlarini hosil qiladi. Kassiterit ma`danlari qalayi olinadigan birdan-bir xom ashyo hisoblanadi.

Piroluzit – MnO2 Tarkibida – Mn – 63,2% bo`ladi. Tetragonal singoniyali, yashirin kristallangan, kukunsimon, qurumsimon, buyraksimon agregatlar ko`rinishida uchraydi. Rangi qora, u metallarga xos ko`kimtir tusda tovlanadi. Piroluzitning qattiqligi – 5-6, solishtirma og`irligi – 4,7-5,0. U HCl da eriydi va xlor ajralib chiqadi. Piroluzit – nurash jarayonidan hosil bo`ladi. Konlari Chiaturi – Gruziyada, Rossiyada, Hindistonda, Ganada, Braziliyada va Janubiy Afrikada mavjud.


Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin