Mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti jizzax filiali



Yüklə 201,39 Kb.
səhifə11/18
tarix27.03.2023
ölçüsü201,39 Kb.
#90552
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
tizim1

Otobrajat chasi (Soatni aks ettirish) holati masalalar panelida soat indikatorini ko`rsatadi.
Ish stoli fon vazifasini bajaruvchi biror rasm bilan qoplangan bo`ladi. Bu rasmni almashtirish uchun quyidagi ishlar bajarilishi kerak:
- ish stoli fonining kontekst menysidan Svoystva (Xususiyatlar) buyrug`ini ishga tushirish yoki Panel upravleniya [Control Panel -Boshqarish paneli] papkasidagi Ekran obyektining oynasini ochish kerak;
- Ochilgan muloqot oynasining Fon sahifasiga o`tamiz (Fonning rasmi sifatida tasvirni (muloqot oynasining Fonoviy uzor (Fonning tasviri) sohasi yoki oboy (bezaklar)ni (muloqot oynasining Risunok (Rasm) sohasi) tanlash mumkin;
- OK yoki Primenit (Qo`llash) tugmasini bosamiz.
Oboy har doim fon tasvirining ustidan yopib turadi. Shuning uchun ham oboyni o`rnatgan vaqtda Fonoviy uzor (Fon tasviri) sohasidagi (net) (yo`q) elementini tanlashga hojat yo`q.
Odatda oboylar tasvirdan ko`ra chiroyliroq ko`rinadi. Lekin shuni esda tutish kerakki, Windows ishlashi davomida bu rasmlar operativ xotirada joy egallab turadi. Rasm qancha sifatli va katta bo`lsa, unga shuncha ko`p xotira kerak bo`ladi.
Monitor ekranining pauzasi
Odatda kompyuterda vaqtincha ishlamaganda uni o`chirish tavsiya qilinmaydi. Bu vaqtda monitor ekrani ma'lum vaqtdan so`ng o`zi o`chib, ekranda biror bir rasm yoki harakatdagi tasvir paydo bo`ladi. Bu tasvir ekran zastavkasi deb ataladi. Monitor ekranining o`chish xususiyatlarini Svoystva: Ekran (Ekran xususiyatlari) muloqot oynasining Bu sahifa ochilgandan so`ng quyidagi ishlarni bajarish kerak:
Oynaning Zastavka sohasida o`zingizga yoqqan tasvirni tanlash kerak;
Parametri buyrug` tugmasini bosib, zastavka parametrlari o`rnatiladi;
– kompyuter ishsiz turgan holatda ekranning o`chishigacha bo`lgan vaqt o`rnatiladi;
OK yoki Primenit tugmasi bosiladi.
Agar monitor ekranining pauzasi vaqtida boshqa foydalanuvchining kompyuterda ishlashini xohlamasangiz ekran zastavkasini o`chirishga parol qo`yishingiz mumkin. Buning uchun quyidagi ishlar bajariladi:
1) Zastavka [Screen Saver-Zastavka] sahifasida Parol [Password Protected-Parol] satrida sichqoncha bir marta bosiladi;
2) Smenit [Change-Almashtirish] buyrug` tugmasi bosiladi
3) ochilgan Izmeneniye parolya muloqot oynasida
Noviy parol [ New password-Yangi parol] maydonida parol kiritiladi;
Podtverjdeniye [Confirm new password-Yangi parolni ta'kidlash] maydonida yangi parol qaytadan kiritiladi. Parolning har bir belgisi monitor ekranida yulduzcha «**» ko`rinishida akslanadi;

Yüklə 201,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin