334
- guruh tomonidan yechimning bayon etilishi;
- jamoada yechim yuzasidan muhokamaning tashkil etilishi
Ta’lim jarayonida muammoli vaziyat metodini qo‘llash quyidagi tartibda kechadi:
1. O‘qituvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va
vazifalarni aniqlaydi.
2. O‘qituvchi tomonidan muammo vaziyat bayon qilinadi.
3. O‘qituvchi talabalarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan
tanishtiradi.
4. O‘qituvchi talabalarni kichik guruhlarga ajratadi.
5. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganib, uning sabablarini
aniqlaydi.
6. Guruhlar muammoni yechish imkoniyatlarini muhokama qiladi.
7. Muammoli vaziyatni yechish yo‘llari tanlanadi.
8. Kichik guruhlara muammoli vaziyatning yechimi topiladi.
9. Guruhlar yechim yuzasidan taqdimot qiladi.
10. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.
11. Jamoa o‘qituvchi bilan muammoli vaziyatning samarali yechimini
Muammoli vaziyatni yechishda quyidagi usullar qo‘llaniladi:
- muammoni turli nuqtai nazardan o‘rganish va tahlil qilish;
- mavjud dalillarni solishtirish va umumlashtirish;
- qo‘shimcha dalillarni aniqlash va ularni o‘zaro qiyoslash;
- muammo bilan bog‘liq xulosalarni chiqarish;
- talabalarning mustaqil ravishda muammoni qo‘yishlari.
Muammoli vaziyat metodi quyidagi afzalliklariga ega:
- talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi;
- talabalar muamoning sabab, oqibat va yechimlarini topishni o‘rganadi;
- talabalarning bilim va qobiliyatlarini
- baholash uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi;
- talabalar fikrlar va natijalarni tahlil qilishni o‘rganadi
Ta’lim jarayonida ushbu metodni qo‘llashda ayrim kamchiliklar ham ko‘zga
tashlanai. Ular:
- ta’lim oluvchilarda yuqori motivasiya talab etiladi;
- qo‘yilgan muammo talabalarning bilim darajasiga mos kelishi kerak;
- ko‘p vaqt talab etiladi
Mohiyatiga ko‘ra muammoli ta’lim muayyan texnologiyalarga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: