Modernizatsiyalash jarayonlari


Nutqida nuqson bo‘lgan o‘quvchilarni korreksion o‘qitish. Nutqiy



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   82
pedagogika (2)a

Nutqida nuqson bo‘lgan o‘quvchilarni korreksion o‘qitish. Nutqiy 
buzilishlar sabablari va ularning turlari. 
Nutq – faqatgina insonga xos 
bo‘lgan 
muhim 
psixik 
funksiyadir. 
Nutqiy 
munosabatlar yordamida, shaxs 
ongida borliqni aks ettiruvchi 
bilimlar 
doimiy 
ravishda 
to‘ldirilib va boyitib boriladi.
Nutqiy 
buzilishini 
keltirib 
chiqaruvchi sabablar orasida 
ekzogen (tashqi) va endogen 
(ichki) 
omillar 
asosiy 
rol 
o‘ynaydi. 
Bundan 
tashqari 
(anatomik-fiziologiq morfologik), funktsional (psixogen), ijtimoiy-psixologik 
(atrof-muhitning salbiy ta’siri), psixonevrologik (psixik funksiyalarining 
buzilishi (aqli zaifliq xotira yoki diqqatning buzilishi va boshqalar) 
sabablarning ham ta’siri sezilarli bo‘ladi.
Ekzogen-organik omillar sirasiga: bolaning markaziy nerv tizimi va uning 
organizmiga salbiy ta’sir etuvchi omillar (infektsiya, jarohatlar
intoksikatsiya), turli akusherlik patologiyalari (bel torligi, tug‘ilishning 
cho‘zilib ketishi yoki tez sodir bo‘lishi, yo‘ldoshga o‘ralib qolishi, bolaning 
noto‘g‘ri joylashishi va boshqalar), malakali akusherlik yordamining 
ko‘rsatilmasligi, chala tug‘ilish kabi holatlar sabab bo‘ladi. 
Hozirgi kunda logopediyada nutqiy buzilishlarni ikki turi ajratiladi: 
1)
tibbiy-psixologik nutqiy buzilish; 
2)
psixologik-pedagogik nutqiy buzilish.
Нутқий нуқсонларни ўрганиш, олдини олиш 
ва корректсия билан корректсион педагогика 
(дефектология)нинг 
муҳим 
соҳаси 

логопедия (юнонча logo – сўз ва paideia - 
тарбиялаш) шуғулланади. Патоген омил 
таъсирида Юзага келган нутқий бузилишлар 
ўз-ўзилан йўқолмайди ва у махсус ташкил 
этилган коррецион-логопедик чораларсиз 
боланинг кейинги ривожига салбий таъсир 
кўрсатади. 


507 
Tibbiy-psixologik turda ko‘riladigan hamma nutqiy buzilishlarni quyidagi 
ikki yirik guruhga ajratish mumkin:
1)
og‘zaki nutqning buzilishi; 
2)
yozma nutqning buzilishi. 
Og‘zaki nutqning buzilishi o‘z navbatida quyidagi ikki turga ajratiladi:
nutq ifodalanishi fonatsion tuzishi (nutq talaffuzi) ning buzilishi; 
fikr strukturali-semantik (ichki) tuzilishi (nutqning tizimli yoki polimorf)ning 
buzilishi
Psixologik-pedagogik 
(pedagogik) 
klassifikatsiyalash 
uni 
pedagogik 
jarayonda qo‘llashga yo‘naltirilgan bo‘lib, bolalar jamoasi bilan nutqiy 
nuqsonlarni tuzatishga yo‘naltirilgan Korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir 
ko‘rsatish metodlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. 
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalashga ko‘ra nutqning 
buzilishi quyidagi ikki guruhga ajratiladi: 
1. 
Muomala 
vositalari 
(fonetik-fonematik 
va 
nutqning 
umumiy 
rivojlanmaganligi)ning buzilishi. 
2

Muomala vositalarini qo‘llashdagi buzilishlar. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin