1) oltin pul muomalada bo‘lganda: a) ortiqcha oltin pul xazinaga jalb qilinib, zaxirada to‘planib boradi, zarur bo‘lganda muomalaga yoki har xil bezaklar uchun foydalanishga chiqariladi; b) tovarlar hajmi ko‘payib, muomala uchun qo‘shimcha pul zarur bo‘lganda xazinadagi oltin pullar muomalaga kiritiladi. Shu yo‘l bilan muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdori o‘z-o‘zidan tartiblanadi. 2) Muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdori tovarlar qiymatining miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda, oltinning o‘z qiymatiga nisbatan esa teskari mutanosiblikda o‘zgaradi: a) oltin pul qiymati va tovarlar hajmi o‘zgarmagan taqdirda tovarlar qiymati qancha past bo‘lsa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori ham shuncha kam bo‘ladi. Agar tovarlar qiymati o‘zgarmasa, pulning miqdori tovarlar hajmining ortishiga qarab unga mutanosib ravishda ko‘payadi; b) agar tovarlar hajmi va qiymati o‘zgarmaydi, deb faraz qilsak, muomaladagi oltin pul miqdori oltinning o‘z qiymatiga qarab o‘zgaradi, ya’ni uning qiymati oshsa, pul miqdori kamayadi, qiymati pasaysa, pul miqdori ko‘payadi. Qog‘oz pul muomalasi qonunlari oltin pul muomalasidan farq qilib, uni quyidagicha ifodalash mumkin: - qog‘oz pul qancha miqdorda chiqarilmasin, unda belgilangan qiymat miqdori muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdorining qiymatiga teng bo‘ladi; - qog‘oz pulning har bir birligida belgilangan qiymat miqdori muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul qiymatining muomalaga chiqarilgan qog‘oz pul miqdori nisbatiga mos keladi. M1 ...Mn pul agregatlari yoki tarkibiy qismi
tushunchasidan foydalaniladi. Barcha pul agregatlari yig‘indisi yalpi pul
massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi.
Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida
hisoblanadi M0 – muomaladagi naqd (qog‘oz va metall) pullar.
M1 = M0 + aholining joriy hisob varaqlaridagi pul qoldiqlari, korxonalarning hisob varaqlaridagi pul mablag‘lari, banklardagi talab qilib olish mumkin bo‘lgan pul omonatlari. M2 = M1 + tijorat banklaridagi muddatli omonatlar va jamg‘arma hisob
varaqlaridagi pullar, ixtisoslashtirilgan moliyaviy muassasalardagi depozitlar va
boshqa aktivlar. Mazkur agregat tarkibiga kiruvchi pul mablag‘larini bevosita bir
shaxsdan boshqa biriga o‘tkazish hamda ayirboshlash bitimlarida foydalanish
mumkin emas. Ular asosan jamg‘arish vositasi vazifasini bajaradilar.