Mo’minova Risolat Xabibulla qizining


Molekulalararo va ichki molekulalyar ta'sir



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə10/45
tarix02.01.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#44994
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Muminova

Molekulalararo va ichki molekulalyar ta'sir. Vodorod bog'lanish.Yuqorida ko'rib o'tilgan ion, kovalent, metall, donor–akseptor kabi bog'lanishlar kimyoviy bog'lanishning asosiy turi hisoblanadi. Atom va molekulalar orasida bu xil bog'lanishlardan tashqari yana ikkinchi darajali bog'lanish xili–vodorod bog'lanish hamda molekulalar aro tortishish kuchlari (Vander–Vals kuchlari) ham mavjud. Oriyentasion, dispersion va induksion kuchlar ham shular jumlasiga kiradi. Vodorod bog'lanish–kimyoviy bog'lanishning o'ziga xos turidir. U molekulalararo va ichki molekulyar bo'lishi mumkin.

Molekulalararo vodorod bog'lanish tarkibiga vodorod hamda kuchli elektromanfiy element – ftor, kislorod, azot, xlor va oltingugurt atomlari kiradigan molekulalar orasida vujudga keladi. Bunday molekulalarda umumiy elektron juft vodorod atomidan elektromanfiy element atomi tomoniga siljigan bo'ladi.Bunda musbat vodorod ioni kichiq bo'lganligi uchun boshqa atom yoki ionning bo'linmagan elektron jufti bilan o'zaro ta'sirlanib kuchsizroq bog'ni hosil qiladi.Bu bog'lanish vodorod bog'lanish deyiladi.

Masalan: Donor-akseptor boglanish ikki xil molekula orasida xam yuzaga chiqishi mumkin. Masalan,
H3N: + BF3 ---------> H3N:BF3
Bu yerda NH3 elektron juftli donor bo’lib, BF3bu elektron juft uchun akseptordir.

CO molekulasida xam ichki donor-akseptor boglanish mavjuddir. Bunda uglerod akseptor, kislorod donor vazifasini utaydi.

Odatda vodorod bog’lanish nuqtalar bilan belgilanadi va bu bilan uning kovalent bog’lanishdan ancha kuchsizroqligi ko’rsatiladi. Shunga qaramay, molekulalarning assosilanishi ana shu bog’lanish tufayli vujudga keladi.

Lekin bu bog’lanishning energiyasi unchalik katta emas. Masalan: kimyoviy bog’lanishlarning asosiy turlarini bog’lanish mustahkamligi 84–1042 kjmol bo’lsa, vodorod bog’lanishniki 21–42 kjmol.

Atomlar o‘zaro ta’sirlashishi natijasida uch xil zarrachalar (molekulalar, ionlar va erkin radikallar) hosil bo‘lishi mumkin. Molekulalar bir-biridan atomlarning soni, molekula tarkibidagi atomlarning markazlararo masofalari, bog‘lanish energiyasi bilan farq qiladi. Chunonchi, bir atomli va ko‘p atomli molekulalar bo‘ladi. Nodir gazlarning molekulalari odatdagi sharoitda bir atomli bo‘lsa, polimer moddalarning molekulalarini juda ko‘p atomlar tashkil qiladi.

Kimyoviy bog‘lanish asosan quyidagi kattaliklar bilan xarakterlanadi:


  1. Kimyoviy bog‘lanish energiyasi (kkal/mol)

  2. Kimyoviy bog‘ uzunligi (A0 =10-10m)

V) Bog‘lar orasidagi burchak.

Kimyoviy bog‘lanishning eng muhim tavsiflaridan biri boglanish energiyasidir. Bu energiya kimyoviy bog‘lanishni barqarorligini belgilaydi. Kimyoviy bog`ni uzish uchun zarur bulgan eng kam energiya miqdoriga bog`lanish energiyasi deyiladi. E bilan belgilanib, kj/mol, kkal/mol da o`lchanadi. Har bir bog‘ uchun to‘g‘ri keladigan bog‘lanish energiyasi qiymati 200 – 1000 кЖ

/mol oralig`ida bo‘ladi. Masalan, CH2F da C–F bog‘lanish energiyasi 487 кЖ/molga teng.

2-atomli molekulalar uchun bog‘lanish energiyasi, shu molekulani atomlarga disotsialash energiyasiga teng bo‘ladi:

Masalan: H2 = 2H E = 435 kj/mol

F2 = 2F E = 151 kj/mol

N2 = 2N E = 940 kj/mol


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin