Yong‘inga chidamli yog‘och-qipiqli plitalarini olish texnologik jarayonini ishlab chiqish
Olingan eksperimental ma’lumotlarga asoslanib, g‘o‘zapoyala- ridan olovga chidamli yog‘och-qipiqli plitalarni ishlab chiqarish texnologik reglamenti va texnologiyasi ishlab chiqilgan. Sanoat korxonalarida olingan maydalangan g‘o‘zapoyalaridan tayyorlan- gan qipiqli plitalarining fizik-mexanik xususiyatlari, shuningdek yog‘och-qipiqli plitalarni ishlab chiqarish jarayonining texnologik rejimi 4.2- va 4.3-jadvallarda keltirilgan.
Ishlab chiqilgan [179; 90-94 b] texnologiyaga muvofiq, 11 kg
(a) KFMT markali karbamid-formaldegid qatroni (1) modifikator reaktoriga yuklanadi, (b) fosforli polimerning (0,4 kg) hisoblan- gan miqdorini qo‘shiladi. Aralashtirish T = 50 oS va 30 daqiqa davomiyligida amalga oshiriladi. Polimer tarkibini aralashtirib, (3) reaktor-aralashtirgichga yuklanadi va bir vaqtning o‘zida dozator sig‘imidan (2) hisoblangan maydalangan g‘o‘zapoyalari miqdori qo‘shiladi. 5-7 daqiqa davomida yaxshilab aralashtirgandan so‘ng kompozit massa gilam shakllanishi sodir bo‘lgan (4) konveer lenta- ga joylashtiriladi - qalinligi 8-10 sm, (5) gidravlik pressga yetkazib beriladi, kerakli haroratgacha isitiladi.
4.9-rasm. Paxta g‘o‘za poyalaridan olovga bardoshli yog‘och- qipiqli plitalarini ishlab chiqarish texnologik sxemasi.
a, b, c - o‘lchash dozatorlari, 1 - reaktor-modifikator, 2 – dozator, 3 – aralashtirgich, 4 – lentali transporter, 5 - press, 6
–vagonetka, 7 - tayyor mahsulotlar ombori.
Presslash 7 daqiqa davomida, 160 oS haroratda va 3,5 MPa bosim- da amalga oshiriladi. Presslash jarayonidan so‘ng, olingan plitalar
(6) maxsus tokchalarga 2-4 soat davomida sovutish uchun yuborila- di, so‘ngra (7) tayyor mahsulotlar omboriga yetkaziladi (4.9-rasm). Paxta g‘o‘zapoyalaridan olingan yong‘inga chidamli yog‘och-
qipiqli plitalar quyidagi xususiyatlarni namoyon etdi (4.2-jadval).
4.2-jadval
Dostları ilə paylaş: |