Muallifdan



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə66/89
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#203322
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Fe’l nisbatlari (darajalari). Ish-harakatning sub’ekt (bajaruvchi) va ob’ekt (bajarilayotgan narsa)ga munosabati fe’l nisbatlari deyiladi. Bu munosabat maxsus shakllar orqali ifodalanadi. Fe’l nisbatlari 5 xil.

  1. Bosh (aniq) nisbat-munosabat ifodalanmaydi: bildi, ko‘rdi, yuvdi, osdi, kiydi.

  2. O‘zlik nisbat-(i)n,- (i) l: yuvindi, kiyindi. Ish-harakatning bajaruvchida (bajaruvchining o‘zida, o‘z ustida) amalga oshirilishini ko‘rsatuvchi nisbat.

  3. Majhul nisbat -(i) n, (i) l: yuvildi, kiyildi. Majhul nisbatda bajaruvchi noma’lum bo‘ladi.

  4. Orttirma nisbat-dir (-tir),-gaz (giz,-g‘iz,-kaz,-kiz,-qaz,-qiz);-t,iz,qir,-ar,-sat. Orttirma daraja ish-harakatning boshqalar tomonidan bajarilganini bildiradi. Orttirma nisbat so‘zga birdan ortiq qo‘shilishi mumkin: jo‘nattirdi, yuvdirtirdi.

  5. Birgalik nisbat- (i) sh. Ish-harakatning birgalikda bajarilishini ko‘rsatadi: yuvishdi.

So‘zga birdan ortiq nisbat qo‘shimchasi qo‘shilganda shu so‘zning qaysi nisbatdaligi nisbat hosil qiluvchi oxirgi qo‘shimchaga qarab belgilanadi: yuvintirishdi (birgalik nis.)
Fe’llar bo‘lishli yoki bo‘lishsiz bo‘ladi. Bo‘lishlilik harakatning tasdig‘ini, bo‘lishsizlik inkorni bildiradi. Bo‘lishlilikning maxsus ko‘rsatkichi yo‘q. Bo‘lishsizlik ko‘rsatkichi-ma. Maqsad ravishdoshidan boshqa barcha fe’llar bo‘lishsizlik ko‘rsatkichini qabul qiladi. Harakat nomining bo‘lishsiz shakli-maslik: ko‘rinmaslik.
Etakchi-ko‘makchi fe’ldan tashkil topgan birikuvlarda-ma affiksi uch xil qo‘llanadi: 1) etakchi fe’lga qo‘shiladi: aytmay tur; 2) ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi: ayta ko‘rma; 3) har ikkalasiga qo‘shiladi: aytmay qo‘yma.
Fe’l mayllari: Harakat bilan sub’ekt orasidagi bog‘liqlikning voqelikka munosabati fe’l mayllari deyiladi. Fe’l mayllari 4 xil:

  1. aniq mayl (xabar mayli, ijro mayli). Aniq maylning maxsus grammatik ko‘rsatkichi yo‘q: keldi, aytdi, yozdi;

  2. buyruq-istak mayli buyruq, xohish-istak, maslahat ma’nolarini ifodalaydi.

I-ay(ayin): boray(lik) I-aylik: boraylik
II-(gin): bor(gin) II-ing(iz): boringiz
III-sin: borsin III-sinlar: borsin(lar)
3)shart mayli ish-harakatning bajarilish shartini bildiradi:-sa.

  1. borsam I- borsak

  2. borsang II- borsangiz

  3. borsa III- borsalar

4) maqsad mayli -moqchi bajaruvchining maqsadini bildiradi:bormoqchiman, bormoqchisan.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin