Biroq, chet ellik talabalar borasida ayrim cheklashlar bor, albatta. Bu
noyob mamlakatda tug‘ilish baxtiga muyassar bo‘lmagan Eskulap
ixlosmandlari moviy ko‘llar, Alp tog‘ining go‘zal manzaralari va
musaffo Shveytsariya tog‘lari havosini orzu qilmasalar ham bo‘ladi.
Tibbiyot xodimlarining obro‘si baland, hakimlik hunari shunchalik ko‘p
daromad keltiradiki, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida o‘z fuqarolari uchun
ham joy yetmaydi. Chet el fuqarosining Shveytsariyada doktorlik
diplomini olishi - bu ertak. Hatto stomatolog yoki veterinariya vrachi
kabi kasblarda ham muhojirlarga o‘rin yo‘q. Boshqa kasblarga esa
bajonidil o‘qitishadi.
Universitet ta'limi tizimi 10 kanton universitetini (Bazel, Bern,
Syurix, Jeneva, Lugano, Lozanna, Lyutserna, Nevshtatel, Sankt-Gallen,
Fribur universitetlari), 2 ta federal texnologiya institutini (Lozanna
Federal politexnika maktabi va Syurixdagi Shveytsariya oliy texnika
maktabi), shuningdek universitet darajasidagi institutlarni (eng taniqlisi -
Jeneva
xalqaro
munosabatlar
universiteti),
amaliy
fanlar
universitetlarini, musiqa va san'at oliy o‘quv yurtlarini, pedagogika
institutlarini o‘z ichiga olgan. Bu ro‘yxatga universitetlarni
muvofiqlashtiruvchi va ta'lim sifatini nazorat qiluvchi Swiss University
Conference (SUC) - Kantonlar va Shveytsariya konfederatsiyasi
birlashgan tashkiloti akkreditatsiyasini olgan barcha ta'lim muassasalari
kiradi.
XX asrning 90-yillari boshida o‘zlari va o‘z farzandlari uchun eng
zo‘r
narsalarga erishishga intilgan “yangi russlar” orasida
Shveytsariyada o‘qish juda nufuzli hisoblanar edi. Eng muhimi - eng a'lo
va eng qimmat bo‘lsin. Doim tolerantligi bilan ajralib turgan
shveytsariyaliklar “madaniy shok”ni boshdan kechirib, o‘quv
muassasalariga talabalarni saralab olish talablarini oshirdilar.
Dostları ilə paylaş: