237
-kon zaxirasini taxminiy aniqlash;
-keyingi razvedka ishlarini maqsadga muvofiqligini baholash.
Ish tayyorgarlik va dala davrlaridan iborat.
Tayyorgarlik davrida adabiyotlar, geologik xaritalar, geologik tashkilotlarni
qo’lyozmalari fondlari o’rganiladi. Bu material asosida ushbu hudud uchun u yoki
bu noma’lum foydali qazilmalar konlari haqida taassurot tuziladi. Shundan keyin
dala sharoitida belgilangan konlarni ko’rib chiqish tashkillashtiriladi, tabiiy
ochilgan joylar o’rganiladi va zarur bo’lsa razvedka lahmlari (raschistka, shurf,
burg’ilash quduqlari) o’tkaziladi.
Qidiruv ishlari natijasida foydali qazilmalarni aniqlangan konlari va
kar’erlari ko’rsatilgan xarita – sxema tuziladi, tushuntirish yozuvi ularni
joylashuvi haqida, materialni sifati va miqdoriy baholanishi, keyingi ishlar
bo’yicha fikrlar yoziladi.
Dostları ilə paylaş: