Nokristal strukturali tog’ jinslari
ichida - parchalangan (jinsni boshqa
tog’ jinsi parchalari, komponentlari tashkil etadi) va organogen (turli organizmlar
skeletlari qoldiqlari) strukturali tuzilish ko’zga tashlanib turadi. Shuningdek
aralash strukturali: masalan; porfirli - yashirin kristalli massada alohida
minerallarning joylashuvini xarakterlovchi, organogenli parchali (nokristal),
jinslarning parchalari, organik qoldiqlar va boshqalardan tuzilganligi bilan
xarakterlanadi. Kristallarning o’lchamiga ko’ra: yirik donador struktura -
kristallarning diametri 5mm dan katta, o’rta donador struktura - 5 - 1mm, mayda
donador struktura - 1mm dan kichik va turli donali strukturalar bo’ladi. Donalar
o’zaro joylashuvi bo’yicha bir jinsli donador, tartibsiz yoki tartibli joylashgan
donalarga bo’linadi.
Tekstura
- yirik hajmdagi tog’ jinsining tuzilishini, yotish xususiyatini,
jins tashkil etgan minerallarning o’zaro joylashuvini ko’rsatadi. Tog’ jinslarining
yotish shakli bo’yicha zich (massivli) va g’ovakli strukturalarga bo’linadi.
Massivli (zalvorli) tekstura
- turli sharoitda hosil bo’lgan kristalli jinslar
uchun, g’ovakli tekstura - nokristal cho’kindi jinslar va ba’zi bir (oqma) jinslar
uchun xarakterlidir. Minerallarning fazoviy joylashishiga qarab bir jinsli va bir
jinsli bo’lmagan tekstura bo’ladi.
37
Bir jinsli tekstura
- strukturaning, tarkibning va rangning butun jins
bo’yicha bir xil bo’lishligidir. Bir jinsli bo’lmagan teksturada esa - bu
ko’rsatgichlar turli xil ko’rinishda bo’ladi.
Gneysli tekstura
- ma’lum yo’nalishda bir-biriga parallel bo’lgan har xil
rangli yo’l - yo’l ko’rinishda bo’lsa, flyuidal teksturada - minerallarning eritma
yoki toshqinlar izi tomon cho’zilgan shaklda va shuningdek rangli minerallari
xol - xol bo’lib, bir tekis joylashmagan taksit teksturalar bo’lishi mumkin.
|