MUNDARIJA: Kirish……………………………………………………………………………….. I.Bob. Kontinentlararo migratsiyaning globallashuvi.…………....................... 1.1 Migratsiya jarayonlari globallashuvining yangi va tabiiy resurslarni egallashdagi roli.…….............................................
1.2 Migratsiya jarayonlarining mehnat malakasining oshirishdagi roli.….………………………………………..
II.Bob. Aholi globallashuvining mehnat bozorining o`sishiga ta`siri.…………………………………….. 2.1 Jahon iqtisodiy tizimi globallashuvining oliy malakali kadrlar migratsiyasining shakllanishiga ta`siri....................................……………………………………
2.2 Migratsiya jarayonining globallashuvi
Xulosa………………………………………………………………………………. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati…………………………………………….....
KIRISH Aholi va uning eng faol qismi bo`lgan mehnat resurslari makroiqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Dunyo aholisining qandaydir qismi, har xil ta`sirlar yordamida ish va yashash joyini almashtirib turadi. Bu omil migratsiya deb atalib, u bir paytning o`zida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, diniy, ekologik xarakterga ega. Fanda migratsiyaning turli ta`riflari mavjud. Migratsiyaga mavjud ta`riflar orasida umumiy tarzda, quyidagi ta`rifni ajratib ko`rsatish mumkin: jismoniy shaxs (aholi) ning ma`lum bir geografik hududdan boshqa bir muayyan hududga ko`chishi migratsiya deyiladi.
XX asr oxiri va XXI asr boshlarida dunyoda aholi migratsiyasi kuchaydi. Agar oldinlari migratsiya ma`lum bir hududlardagina (Afrika, Osiyo, AQSH, G`arbiy Yevropa) ro`y bergan bo`lsa, endilikda migratsiya tobora xalqaro global jarayonga aylanib bormoqda.
Aholining migratsion jarayonlari motivi, ko`pchilik hollarda, siyosiy va iqtisodiy omillar hisoblanadi. XX asr oxirida dunyo siyosiy xaritasidagi o`zgarishlar migratsion jarayonlarga yangi turtki berdi. YAngi yosh mustaqil davlatlardan rivojlangan mamlakatlarga migratsiya shu yillarda yanada o`sdi. Bu o`rinda, bir vaqtning o`zida, siyosiy va iqtisodiy omillarning kesishuvi natijasidagi migratsion jarayonni kuzatishimiz mumkin.
Dunyo bo`ylab migratsion jarayonlarning ortishi ko`plab muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, boshqa davlatlarga kelayotgan kishilarning til bilmasligi, mahalliy aholi urf-odatlarini bilmasligi, mahalliy aholi bilan turli nizolarning kelib chiqishi, diniy omil, ishchilarning oddiy gigienik qoidalarga rioya qilmasliklari, turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi, tibbiy xizmatning vaqtida olinmasligi, shuningdek, turli jamoat joylarida o`zini tutish qoidalarini bilmasligi yoki rioya qilmasligi kabi omillarni ko`rsatish mumkin.
YUqoridagi holatlarning avj olib ketmasligi uchun migratsion jarayonlarni boshqarish tushunchasi qo`llaniladi. Bunday boshqarish tagzamirida, ish kuchi resurslarini birinchi navbatda, qonuniylashtirish, tartibga solish yotadi.
Ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solishda xalqaro tashkilotlarning ahamiyati kattadir. Bunday tashkilotlardan biri Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)dir, bu tashkilotda davlatlar, tadbirkorlar va mehnatkashlar vakillari ishtirok etadi.