Mundarija


 Zoologik tadqiqot usullari



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/30
tarix02.01.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#43354
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
osimliklarga zarar keltiradigan nematodalardan patogen organizmlarni ajratish va organish

2.1. Zoologik tadqiqot usullari  

 

Fitonematodalarni  o`simliklar  vegetativ  a`zolaridan  ajratib  olish,  ularni 



sistematik  jihatdan  o`rganish  zoologik  tadqiqot  usullari  yordamida  amalga 

oshiriladi  va bunda quyidagi keltirilayotgan  tartib  bo`yicha vazifalar  bajariladi. 

  

Daladan  olib  kelingan  pomidor  o`simligini  vegetativ  a`zolaridan    namunalar 



o`sha  kunning  o`zidayoq  kafedra  laboratoriyasida  qayta  ishlov  berib,  o`simlikning 

ildiz  sistemasi  sinchikovlik  bilan  ko`zdan  kechiriladi.  O`simlik  tanasiga  yopishib 

qolgan  yot  narsalar  yuvib  tashlanadi  va  uning  yer  usti  vegetativ  a`zolari  ildiz 

sistemasidan ajratiladi  [29] 

 

O`simlikning 



 

vegetativ 

a`zolaridan 

nematodalarni 

ajratib 

olishda 


Bermanning  voronkali  usulidan  foydalanilish  mumkin.  Ushbu  usul  shundan 

iboratki,  bir  tomoni  ingichka  nayli  shisha  voronkaga  rezina  shlang  kiydirilib,  har 

biri  ko`po`rinli  yog`och  shtativga  o`rnatiladi.  Voronkaning  shlangi  temir  qisqich 

bilan  qistirilib, uning yarmigacha toza vodoprovod suvi quyiladi va har bir voronka 

etiketka  bilan  belgilab  qo`yiladi.  Shundan  keyin  nematodasi  ajratib  olinadigan 

o`simlikning  yer  usti  vegetativ  a`zolari  va  ildiz  sistemasi  alohida-alohida  qaychi 

yoki  pichoq  bilan  1-1.5  sm  li bo`lakchalarga maydalanib, har bir namunadan 10-15 

grammdan  o`lchab  olinadi  va  doka  (marliya)dan  15x15  sm  li  qilib  kesilgan 

salfetkalarga  solinib  bog`lanadi.  Salfetkalardagi  har  bir  namuna  etiketkalashtirilgan 

voronkalar  suviga  tushiriladi  hamda  14-15  soatga  qoldiriladi.  Ushbu  vaqt 

davomida  namuna  tarkibidagi  nematodalar  sekin-asta  suvga  chiqib,  voronka 

nayidagi  suv  tubiga  tushadi.  Cho`kib  to`plangan  nematodalar  ajratilgan  vaqt 

tugagach,  probirkaga  o`tkazilishi  lozim  bo`ladi.  Voronkadan  nematodalarni 

probirkaga  suv  bilan  birga  o`tkazib,  bir  qismini  fiksatsiya  qilinadi,  bir  qismini  esa 

sun`iy  ozuqa  muhitida  o`stirish  uchun  tirik  qoldiriladi.  Tirik  qoldirilgan 

nematodalarni  (xususan  pomidorning  ildiz  sistemasidan  ajratib  olingan)  tayyorlab 

qo`yilgan  ozuqa  muhitga  Petri  idishlariga  o`tkazilib  termostatlarga  olib  qo`yiladi 

[60]. 



 

41 


Bir  yo`la  fiksatsiya  qilish  uchun  toza  probirkaga  1.5  sm³ (ya`ni probirkaning 

o`ndan  bir  qismi)  gacha  40  %  li  formalin  suyuqligi  solinadi  va  shundan  keyin 

qistirilgan  shlang  qisqichi  olinib,  ohistalik  bilan  voronka  nayi  tubidagi  nematodalar 

suv  bilan  birga  probirkaga  o`tkaziladi.  Formalinli  probirkaga  o`tkazilgan 

nematodalar  shu  zahotiyoq  formalin  ta`sirida  fiksatsiyalanadi  (nematodalar  bilan 

o`tgan  suv  40  %  li  formalinni  4-5  %  gacha  suyiltirgan  bo`ladi).  Probirkaga 

o`tkazilgan  va  fiksatsiyalangan  nematodali  probirka  etiketkalanib,  og`zi  po`kak 

tiqin  (probka) mahkamlanib,  keyingi  ish jarayoni  uchun olib qo`yiladi  [54]. 

 

 Fiksatsiyalangan  namunalardan  nematodalarni  ajratib  olish,  ularning 



turlarini  aniqlash  maqsadida,  probirkadagi  nematodalar  Petri  idishiga  qo`yilib, 

MBS-1  (binokulyar)  mikroskopida  ajratib  olinadi  hamda  toza  suvli  soat 

oynachasiga  to`planadi.  Ushbu  ajratib  olingan  nematodalardan  vaqtinchalik  yoki 

doimiy  mirkopreparatlar  tayyorlash  va  turini  aniqlash  uchun,  ularni  teng  nisbatli, 

ba`zan  1:2  nisbatida  glitserin-spirt  aralashmasida  12-14  soat  davomida  qoldirilib, 

tozalanadi.  Glitserin-spirtli  aralashmada  nematodalarning  kutikulasi  tozalanadi. 

Bunday  tozalangan  kutikula  orqali  nematodaning  ichki  organlari  va  sistemalari, 

turli  sistematik  belgilari  mikroskopda  aniq  ko`rinadigan  bo`lib  qoladi.  Bunday 

preparatda  nematodaning  qanday  turga  mansub  ekanligini  aniqlash  osonlashadi. 

Shuni  alohida  eslatib  o`tish  o`rinliki,  nematodaning  qaysi  turga  mansub  bo`lishini 

aniqlashda  faqat  jinsiy  jihatdan  voyada  yetgan  individ  ko`zdan  kechiriladi. 

Lichinka  bosqichidagi  nematoda  orqali  turni  aniqlab  bo`lmaydi,  chunki  unda  hali 

tur  uchun  xos  bo`lgan  sistematik  belgilarning  kuchli  to`la  shakllanmagan  bo`ladi. 

Masalan,  uning  jinsiy  sistemasi  ham  rivojlanmagan  bo`lishi,  yoki  tashqi  jinsiy 

organlarining  joyi  aniqlamagan  bo`lishi  mumkin  [56]. 

 

Nematoda  turini  aniqlashda  albatta  u  MBI-1  yoki  MBI-3  rusumli  yorug`lik 



mikroskopida  hamda  aniqlagich  adabiyotlardan  foydalanish  tavsiya  etiladi.  Turni 

aniqlashda  nematodaning  tashqi  va  ichki  organlari  umumiy  ravishda  mikroskop 

ostida  ko`zdan  kechiriladi.  Shundan  keyin  uning  umumiy  uzunligi,  gavdaning  o`rta 

qismidagi  eni,  tashqi  jinsiy  belgilari  va  ularning  gavda  uzunligiga  nisbatan 




 

42 


joylashishi, 

dum 


qismining 

uzunligi 

va 

uning 


shakli 

oldingi 


ichak 

(qizilo`ngach)ning  uzunligi  va  shakli,  urg`ochi  jinsli  nematodaning  tuxumdoni  va 

bachadonining  uzunligi  hamda shakllari  kabi belgilar  asos qilib olinadi.   

 

Nematodalar  turini  aniqlashda  yuqorida  keltirilgan  sistematik  belgilarga 



e`tibor  berishdan  tashqari,  yana  de  Manning  tavsiya  etgan  formulasidan 

foydalaniladi.  Ushbu  formula  nematoda  tanasining  quyidagi  qismlarini  o`zaro 

nisbatini  aniqlashga  asoslangan va  

    V= a-b/cxL   formulasi ishlatiladi.   

Formuladagi  harflar  quyidagilarni  anglatadi;  yani 

L=tananing  umumiy  uzunligi;   

a=tana uzunligini  eniga  nisbati; 

b=tana uzunligini  oldingi  ichak uzunligiga  nisbati; 

c=tana uzunligining  dum uzunligiga  nisbati; 

V=urg`ochi  nematodaning  tashqi  jinsiy  teshigi  (vulva)ning  gavdani  qaysi  joyida 

tashqariga ochilish  joyi  kabi xususiyatlar  e`tiborga olinadi. 

 

Ushbu  asosiy  sistematik  belgilardan  tashqari  nematodalar  turlarini 



aniqlashda  yana  qo`shimcha  belgilarga  ham  jumladan  og`iz  bo`shlig`ining 

o`zgarib,  sanchib-so`ruvchi  organ  (stilet)ga  aylanganligi  yoki  og`iz  bo`shlig`idagi 

sanchuvchi  organ-nayza  (kopyo)ning  shakli  va  uzunligi,  qizilo`ngachdagi  muskulli 

piyozbosh  (bulbus)ning  shakli  hamda  joylashgan  joyi,  erkak  jinsli  individlarning 

jinsiy  qo`shilish  organi  (spikula)ning  shakli  va  uning  uzunligi,  urg`ochilarda 

bachadon  va  tuxumdonlarning  soni  hamda  ularning  rivojlanganlik  darajasi 

kabilarga  ham e`tibor qaratiladi  [55, 60].  

 


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin