Musiqa tarixi fanidan


II.2 Tòy va motam marosim qòshiqlari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə5/6
tarix21.05.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#119069
1   2   3   4   5   6
kurs ishi Masharipova Rayxona

II.2 Tòy va motam marosim qòshiqlari
To‘y dunyoning barcha xalqlariga xos marosimdir.
«To‘y» atamasi «to‘ymoq», «el-yurtga ziyofat bermoq» ma'nolari orqali muayyan
kishi hayotidagi muhim burilish nuqtasini anglatadi. Binobarin, to‘y ham moddiy,
ham ma'paviy oziqlanish marosimidir. O‘zbek to‘y marosimlari nikoh to‘ylari bilangina chegaralanib qolmay, balki xatna (sunnat), beshik to‘yi kabilardan ham tashkil topgandir. Bu marosimlar turli munosabatlar bilan o‘tkazilganligi tufayli ularda ijro etiladigan folklor janrlari ham xilma-xillik kasb etadi.
Beshik to‘ylari folklori.
Odatda, beshik to‘yi oiladagi birinchi (to‘ng‘ich) farzand uchun o‘tkaziladi va u tantanali kechadi. Ba'zan oilaning moddiy turmush darajasi bilan bog‘liq xolda bu tartib o‘zgarishi xam mumkin.
Nikoh to‘ylari folklori. O’zbek to‘y marosimlari sirasida nikoh to‘ylari rasm rusmlarga, irim-sirim-larga boyligi, folklor materialining rang-barang-ligi bilan
aloxchida ajralib turadi. Bunday rang-ba-ranglik hamda ko‘tarinki ruh
marosimning maqsad va vazifasi bilan — insonning o‘z hayotining yangi davriga
qadam qo‘yishini alohida quvonch orqali nishonla-shi bilan bog‘liqdir. Haqiqattan
ham, nikoh to‘yi yigit va qizlar hayotida ro‘y beradigan eng baxtli, eng unutilmas
marosim sanaladi. Chunki mana shu marosimdan so‘ng ular xayotga boshqacha
ko‘z bilan, ya'ni ham jismonan, ham ma'nan kamolotga erishgan kishilar ko‘zi
bilan qaraydilar.
Nikoh to‘yi marosimi barcha uzvlari bilan yaxlit olib qaralsa, anchagina
katta muddatni o‘z ichiga ola-di. Chunki marosim qiz tanlash voqealaridan
boshlanib, nikoh kechasidan birmuncha muddat keyin o‘tadigan kuyov chaqiriq
marosimi bilan yakunlanadi.
O’zbek nikoh to‘ylarining birinchi bosqichiga o‘lan va lapar kabi folklor
janrlari mansubdir.
Ulan janri. Ulan asosan o‘tmishda ko‘chmanchilik va yarim ko‘chmanchilik
tarzida hayot kechirgan o‘zbek urug‘-lari o‘rtasida keng tarqalgan bo‘lib, u qiz
uzatar oq-shomidan bir yoki bir necha kun ilgari qizning uyida o‘tkaziladigan «qiz
oqshomi», «qizlar majlisi» kabi turli nomlar bilan nishonlanadigan tantanada ijro
etilgan. Ulan shahar hamda qadimdan o‘troq tarzda hayot kechiruvchi aholi
o‘rtasida uchramaydi. M. Alaviya to‘rri ko‘rsatib o‘tganidek, to‘yda lirik
qo‘shiqlar ijro etiladigan, umuman, lirik qo‘shiqlar rivojlangan joylarda o‘lan kam
aytiladi. Ayrim hollarda qiz uzatar kechasi kuyovning uyida o‘tkaziladigan
bazmlar-da ham o‘lan ijro etilishi mumkin. Bunda o‘lan to‘yni qizitish,
mehmonlarning kayfiyatini ko‘tarish maqsa-dida aytilgan. Ammo «qiz oshi» da
ijro etiladigan o‘lanlar umumo‘zbek to‘ylari uchun barqaror an'anadir.
Janrning paydo bo‘lishi masalasida ham o‘zbek fol'kloristikasida aniq bir
fikr yo‘q. M. Alaviya bu masala xususida to‘xtalib, o‘lan janri qadimda yor-yor,
lapar janrlari bilan bir bo‘lib, keyinchalik ular turli joylardagi traditsiya, turmush
tarzi bilan bog‘-liq holda differensiatsiyalashib, mustaqil janr ho-liga kelib qolgan,
deb yozadi44. Lapar va o‘lan janr* larining genetik jihatdan aloqadorligi u qadar
shub-xa uyg‘otmasa ham, lekin yor-yor va o‘lan janrlarini tarixan bir hodisa
sifatida olib qarash ishonarli emas. Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida o‘lan
misralari oxiriga «yor-yor» so‘zini radif qilib ish-latish hollari bu ikki janrning
o‘tmishda bir bo‘lgan-ligini bildirmaydi.
Chunki yor-yor va o‘lan janrlari ijro usuli jihatidan keskin farqlanadilar.
Umuman, o‘lan, lapar, yor-yor janrlarining paydo bo‘lishi, ular o‘rtasidagi
aloqadorlik va o‘zgachaliklar masalasi alohida tad-kiqot talab qiladi.
O’lan ijrosida erlar va ayollarning gozma-yuz turi-shi, ularning so‘z vositasida mubohasa yuritishlari ushbu janrning tarixan islom ta'siri u qadar kuchli bo‘lmagan ko‘chmanchi turkiy xalqlar, jumladan, ko‘ch-manchi o‘zbek urug‘lari orasida vujudga kelganligidan dalolat beradi.
O’lan janrining ijrosi ommaviy xarakter kasb etib, u professional o‘lanchilar
tomonidan boshlanib, ular tomonidan boshqarib borilsa ham, ko‘p hollarda, unga
boshqa kishilar ham qo‘shilishlari mumkin.
O‘lanning tematik doirasi keng bo‘lib, unda ishqda vafodorlik, yor visoliga
mushtoqlik motivlari yetak-chilik qiladi. Ulan aytishni, odatda, yigitlar bosh-lab
berishadi.
Yigit:
Qarg‘a deyman, ko‘zingdan, qarga deyman,
Qarg‘a uya soladi jarga, deyman.
Ko‘rmaganga ko‘p vaqt, oylar o‘tdi,
Ulan bilan so‘rashay — «horma» deyman.
Qiz:
Ulanlarim, ko‘zingdan, o‘lanlarim,
Sen bo‘lding shu dunyoda gumondorim.
Sen bo‘lsang shu dunyoda gumondorim,
Kuya-kuya kul bo‘ldi suyaklarim.
O’lan poetik jihatdan ham qator o‘zgachaliklarga ega bo‘lib, ulardan biri
tekstning izchil to‘rtlik shaklidagi band tuzilishiga ega ekanligidir. Har bir band
esa aaba tarzida qofiyalanadi. Ulanlarning ak-sariyati ritmik jihatdan o‘n bir hijoli
vaznga ega.
Xulosa qilib aytganda, o‘lan to‘y marosimining mus-taqil janri sifatida
Toshkent, Namangan, Leninobod oblastining Asht rayonidagi «j» lovchi o‘zbeklar
yashay-digan qishloqlarda jonli yashashda davom etyapti.
Lapar. Lapar to‘y marosimining birinchi bosqichiga mansub bo‘lib,
ijrochilar sostavi, ijro usuli jihatidan o‘lanlarga yaqin turuvchi janrdir. Ammo u
o‘zining nisbatan voqyebandligi hamda hazilga boyligi jihatidan o‘lanlardan
farqlanadi. Mazkur janr Toshkent atroflaridagi qishloqlarda, shuningdek, Janubiy
Qozog‘istonda yashovchi o‘zbeklar o‘rtasida keng tarqalgan.
Lapar asosan kelinning xonadonida o‘tkaziladigan «qizlar bazmi»da ijro
etiladi. Buni ayrim joylar-da «lapar kechasi» deb ham yuritishgan. Ushbu bazmda
qizlardan tashqari ayollar va kuyov tomonidan yigitlar ham ishtirok etishgan.
Bazmni boshqarish keksaroq, tajribali va so‘zga chechan ayollardan biriga topshirilgan. U kechada odobsizlik qilgan yoki qo‘pol mazmundagi laparlarni aytgan yigitlarni majlisdan hay-dab chiqargan. Shu sababli lapar aytishuv kechalari juda tartibli va yoqimli kechgan.
To‘ylardagi yor-yorlar, o‘lan aytishlar, kelin salomlar xalq poetik ijodining
mumtoz namunalari bo‘lib qolgan. Hayot tajribasi oilaviy turmush totuvlikdan
boshlansa, mehr yetakchi bo‘lsa, keyingi hayot ham inoqlikda o‘tishini
tasdiqlagan. Shuning uchun kuyov-kelin ko‘nglini bir-biriga yaqin qilish orzusi
qayta-qayta tilga olinadi:
Shoyi ko‘ylak yengiga
Tut qoqaylik yor-yor,
Kelin-kuyov ko‘ngliga
O‘t yoqaylik yor-yor.
O‘LAN – xalq og‘zaki ijodidagi omaviy janri; qo‘shiq turi. O‘lanlar to‘y-yig‘in, sayl, bayramlarda kishilarning tarafma-taraf bo‘lib aytuvchi qo‘shiq turi
hisoblanadi. Nikoh to‘yida kelin tamon kuyov taraf bilan bahslashsa, sayl-bayramlarda mahalla, ovul yoki qishloq ahli boshqa mahalla, ovul, qishloq
vakillari bilan musobaqalashgan. O‘lanlar yakkama-yakka yoki guruh bo‘lib
aytilgan. Aytuvchilar raqiblarini “harf”, deb atashi urfga kirgan. Qadimda o‘lan
nikoh to‘yi marosimlari tarkibida yor-yor” bilan bir umumiy ohangda paydo
bo‘lgan.
Fikrimizni “yor-yor”dagi “hay-hay o‘lan” an'anaviy boshlama va “Alpomish” dostoni tarkibida kelgan o‘lan shakli va har ikki janr ohangini ta'min etuvchi o‘n bir bo‘g‘inli yetakchi vazn o‘lchami tasdiq etadi.
Daryoga tosh otmanglar,
Botar ketar yor-yor.
Uzoqqa qiz bermanglar,
Olar ketar yor-yor.
Ushbu “yor-yor” bo‘g‘inlari hisoblab chiqilsa (7+4+2=13) o‘n uch bo‘g‘inli
o‘lcham hosil bo‘ladi. O‘lchamdan “yor-yor” qo‘shimchasi olib tashlansa, o‘n bir
vaznli o‘lan vazni hosil bo‘ladi. Aksincha o‘lanning har bir misrasiga “yor-yor”
qo‘shsak, aynan “yor-yor” she'riy o‘lchamiga ega bo‘lamiz. “Alpomish” dostonida
o‘lanning ayni shakli ham kelgan.
Folklorshunoslikda o‘lan atamasining kelib chiqishi borasida ikki fikr ilgari
surilgan. Birinchi fikr keng ommalashgan bo‘lib, unda o‘lan “ulashmoq”, ya'ni
“ula” fe'liga aloqador “bog‘lash”, “qo‘shish” ma'nolari ega va o‘zaro aytishuvda
qo‘shiqni mazmunan bir-biriga ulashni bildiradi, deb izohlanadi. Ikkinchi fikr
Ozarboyjon folklorshunosi Mirali Seyidovga tegishli. Olim o‘lan janri turkiy
xalqlarning yashillik, yoshlik, oila ilohi O‘lang nomi bilan bog‘liq deb yozadi. Bu
fikrni o‘zbek “yor-yor”laridagi “hay-hay o‘lan, jon o‘lan, o‘lan ko‘pdir” an'anaviy
takrorlaniuvchi murojoat ma'lum ma'noda tasdiq etadi. O‘lan janri nafaqat o‘zbeklarda, balki qazoq, turkman, uyg‘ur xalqlari orasida ham mashhur. Bu holat ushbu janrning qadimdan kelayotganligini dalillaydi.
O‘lan harflarning quyidagi ko‘rinishli an'anaviy chorlovlari bilan
boshlangan:
Baland tog‘lar boshida tuman toshi,
To‘y oldidan tortganim so‘qim oshi,
Haddin bo‘lsa qani-kan, o‘lan boshla,
Bu elatning man, degan keksa-yoshi...
Javob beruvchi:
Olti qizning ichida otim Anor,
Anor suvin ichganda mehrim qonar,
Mening bilan shu kecha aytsangiz o‘lan,
Ikki betiz anorday gul-gul yonar.
Tuzilishiga ko‘ra o‘lanlar chorlov, tanishuv – hol-ahvol so‘rashish, asosiy
bahs, xotima qismlardan tashkil topadi. O‘lanning chorlov, tanishuv, xotimalarini
an'anaviy mazmunli to‘rtliklar tashkil etib, cheklangan miqdorda keladi. O‘lan
asosini tashkil etuvchi bahs qismida badihago‘ylik muhum o‘rin egallaydi. Ushbu
qismda raqibning harfiga munosib javob topib aytishi o‘lan janrining bosh talabi
hisoblanadi. Kimki badihago‘y shoir, qumquloq qo‘shiqchi bo‘lib, vaziyaga,
harfiga mos savol-javob qila olsa, g‘olib bo‘ladi.
Muhabbat mavzusi o‘lanlarda yetakchilik qiladi. Bu xil o‘lanlar mazmunan
aytuvchi va tinglovchi uchun barobar tegishli bo‘lib, inson kechinmalari, o‘y-hayollarining hamma bop qoliplari bo‘lib yangraydi:
Oq olma, qizil olma pishmas ekan,
Ikki yaxshi bir yerga tushmas ekan,
Ikki yaxshi bir yerga tushganida,
Umrining o‘tganini bilmas ekan.
O‘lanlarda aytuvchilarning bir-biriga bo‘lgan munosabati, dil izhorlar ham
ifoda etiladi:
Doim mening minganim jiyron qashqa,
Tamog‘imdan o‘tmaydi choydan boshqa,
Tol chiviqday buralib sen turganda
Ko‘zimga ko‘rinmaydi sendan boshqa.
Ba'zan harflardan birining tili toyib, quvligi tutib, odob doirasidan chiqib
o‘lan aytsa:
Oting o‘zsin og‘ajon, oting o‘zsin,
Qora qaychi tilingning uchin kessin,
Yana qaytib shundayin o‘lan aytsang,
It yaloqda osh ichib kuning o‘tsin, deb, tartibga chaqirilgan.
Inson hayotida quvonch bilan g‘am egiz yuradi. O‘lanlar orasida g‘amli aytimlar ham uchrab turadi:
Qora tog‘ning boshidan ko‘ch keladi,
Qora yo‘rg‘a selkillab bo‘sh keladi.
Qarindoshdan ayrilgan yomon bo‘lar,
Qaro ko‘zga mo‘ltirab yosh keladi.
O‘lanlarda tabiat hodisalari, tasvirlari bilan kishi kechinmalarini qarshilantirish usuli keng qo‘llaniladi.
Bu o‘rinda an'anaviy poetik ramziy obrazlarga tayaniladi, u yoki bu obraz vaziyat talabi bilan ramziy ma'no tashiydi:
Bu dunyoda ne qatti, jiyda qatti,
Boshidagi mevasi boldan totli.
Ota bilan onaning mehri qatti,
Tilab olgan bolasin pulga sotti.
Ushbu to‘rtlikda jiyda daraxti va mevasining tabiiy xususiyatlari lirik
qahramonning ota-onasi, taqdiri haqidagi fikr, xulosalarini aniq ifodalash imkonini
bermoqda.
O‘lanlarning qofiya tizimi asosan a,a,b,a shakliga ega. O‘lanlarning
kuylanish yo‘li “yor-yor”larga yaqin, ayni paytda sokinligi bilan ajralib turadi.
Go‘zal, betakror obrazli ifodalari, inson diliga yaqin o‘lanlar so‘z san'atining
o‘ziga xos betakror janri hisoblanadi.
Motam marosimlari folklori. Motam marosimi folklorining katta qismini
yig‘i va yo‘qlovlar tashkil etadi. Yig‘ilar, odatda, dafn marosimi kunidan boshlab
to «uch» yoki «etti» marosimigacha azadorlar yoki maxsus yollangan yig‘ichi
(go‘yanda yoki nahvagar) tomonidan azaxonaga ta'ziya bildirib kelganlar oldida
yig‘i bilan ritual ijro qilinadi. Yig‘i matnlari qat'iy turg‘unlikka ega bo‘lmaydi.
Ular, odatda, bir martalik ijroga moslashgan. Sababi, yig‘ilar mavjud holatdan
kelib chiqib, badihatan kuylanadi. Yig‘ilarga xos situativlik va improvizatsion
sajiya ular ijrosiga yetarli ta'sir ko‘rsatadi. Yig‘ichi an'anaviy yig‘ilarni ijro etar
ekan, uning qaysidir misrasini yoki so‘zlarini tushirib qoldirishi, o‘zgartirishi yoki
an'anaviy misralar yordamida yangi yig‘i matnlarini yaratishi mumkin. Shu tariqa
yig‘ilarda variantlashish hodisasi ham kuzatiladi.
Yig‘ilar tarkibida, albatta, yig‘ini ifoda etuvchi «voy-voy-ey», «voy-dodey» kabi undov so‘zlar hamda yig‘ining kimga kim tomonidan qaratilganligini
bildirib turuvchi undalmalar mavjud bo‘ladi va ular yorqin ko‘zga tashlanib turadi.
Yig‘ilar kimga qaratilganiga, ya'ni marhum bilan yig‘ichining qarindoshlik
darajasiga qarab, mavzu jihatidan farqlanadi va ularning har biri alohida turkumni
tashkil qiladi. Masalan, otaga, onaga, boboga, buviga, akaga, opaga, ukaga,
singilga, farzandga, erga, xotinga, ammaga, xolaga, amakiga, tog‘aga va boshqa
har bir qarindoshlik rishtasi bilan bog‘langan kishilarga bag‘ishlangan yig‘ilar
murojaat ob'ekti, badiiy vositalari jihatidan o‘zaro farq qilinadi. Ularning har biri
yakka, mustaqil yashaydi va kimning o‘limiga bag‘ishlanganligiga qarab o‘zaro
birlashib, kattakon yig‘i turkumini hosil qiladi. Jumladan, otaga yig‘i, onaga yig‘i,
boboga yig‘i, farzandga yig‘i va hokazo kabi poetik turkumlar shular sirasini
tashkil etadi. Bu turkumlarga kiruvchi barcha yig‘ilar ma'lum bir nisbiy
mustaqillikka ega bo‘lib, jonli an'anada yakka-yakka ijro etiladi. Chunki ular bosh
qahramonga berilgan baho, hajmi, kim tomonidan kuylanishi jihatidan bir-biridan
farq qilib turadi. Aytaylik, ota yig‘isi turkumiga kiruvchi yuzlab yig‘ilar
yaratilganligi ma'lum va ular alohida-alohida ijro etilishi kuzatiladi. Biroq ular
qancha ko‘p bo‘lsa-da, ota o‘limiga bag‘ishlanganligi, marhum ota obrazini talqin
etishi, unga xos ramziy belgilarni tashib kelishiga ko‘ra o‘zaro mantiqan birlashib
turadi. Lekin ota yig‘ilari otaning oiladagi o‘rniga berilgan bahoga va o‘g‘il yoki qiz farzand tilidan kuylanganligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Binobarin, otaga
bag‘ishlangan yig‘ilarda ota-quyoshga, ustunga o‘xshatilsa, ona-oyga, buloqqa
o‘xshatiladi. Bobo-eski bog‘ning kundasiga, amma-eshikning tambasiga, xola gulu
lolaga, farzand gulga yoki bulbulga tashbeh qilinadi. Shuningdek, ularga nisbatan
qo‘llaniladigan sifatlashlar ham o‘zaro farq qiladi. Masalan, ona-«sutli ko‘lim»,
ota-«suyangan tog‘im», uka-«sho‘x bulbulim», opa-«sirdoshim», buvi-«uyimning
farishtasi» deya sifatlanadi.
Yig‘ilarning mavzu doirasi keng. Yig‘ichining hayotiy tajribasi va ruhiy
dunyosi bilan shartlangan yig‘ilarda o‘limga munosabat maishiy-falsafiy ruhda
ifodalanib keladi. Yig‘ilarning mavzu doirasi marhumning shaxsiyati, oiladagi
tutgan o‘rniga qarab belgilanadi. Xuddi shu o‘rinda ta'kidlash joizki, mavzu leksikgrammatik takrordan ma'lum bo‘ladi. Er o‘lsa-«vo, to‘ram», xotin o‘lsa-«vo, gulim» yoki «vo, uyim» deb, qarindoshlarga «jigarim» deya yig‘i beriladi.
Ota o‘limida otaga bag‘ishlab ijro etiladigan yig‘ilar motam folklori namunalari orasida alohida turkumni tashkil etadi.
Orqamdagi yuksak tog‘im,
Otajonim, qaydasiz-a?
Bog‘imdagi gul chamanim,
Qiblagohim qaydasiz-a?
Otaga bag‘ishlab ijro etilayotgan bunday yig‘ilarda otaning oiladagi
mavqyei, uning xonadan boshlig‘i sifatida bolalariga g‘amxo‘rligi, pushti panoh va
himoyachiligi alohida tilga olinadi.
Oila boshlig‘i bo‘lgan otaning hurmati yuksak, baland toqqa tenglashtiriladi.
Farzandlar otaning pushti kamaridan bo‘lgani uchun uni ham yaratuvchi iloh kabi
muqaddaslashtiradilar. Xalq orasida ota bilan bog‘liq e'tiqodlar juda ko‘p. Shuning
uchun bolalar ota o‘tirgan uyning tomiga chiqishni gunoh deb biladilar. Shu
tushunchalar asosida yig‘ilarda ota «qiblagohim» deya ulug‘lanadi. Hatto ota
sifatlari Olloh sifatlari bilan tenglashtirilib, unga qarata «mehribonim»,
«boshimdagi panohim» deya murojaat qilinadi.
Ota oilani birlashtirib turuvchi, unga har tomonlama bosh-qosh, moddiy
ta'minotchi bo‘lgani bois ko‘p hollarda uning o‘limidan so‘ng oila a'zolari qiynalib
qolishadi. Buni hatto bolalar o‘lim yuz bergan kundanoq his eta boshlaydilar va o‘z
his-tuyg‘ularini yig‘i matnlarida ifodalar ekanlar, «boshidagi posboni», «oldidagi
sarboni» o‘limidan qattiq aziyat chekayotganliklarini ta'kidlaydilar. Otasiz
oilalarda yuz beradigan boshboshdoqlik “buzilgan qo‘rg‘on”ga qiyoslanadi.
Ona vafoti munosabati bilan aytiladigan yig‘ilar ham talaygina. Ularda
onaning mo‘tabar zot ekanligi, mehribonligi va fidoyiligi madh etilishi orqali ona
o‘limiga achinish, bundan g‘am chekish holatlari ifoda etiladi.
Volidam, Makkam, Madinam
Mehribonim, jonim onam. (B.u.g‘.,39-b.)
Yoki:
Oq sutingga rozi bo‘l,
Azizam - Ka'bam onam. (B.u.g‘.,34-b.)
Ona nomini muqaddas qadamjolar nomi bilan teng qo‘yish orqali uning ham
mo‘tabar zot ekanligi ta'kidlanadi. Onaning mo‘tabarligi esa o‘ta mehribonligi,
fidoyiligi, g‘amxo‘rligi bilan belgilanadi. Ona vafotiga bag‘ishlangan ayrim
yig‘ilar hatto kuyga solinib, qo‘shiq qilib kuylanadi.
Onalarga bag‘ishlangan motam yig‘ilarida, asosan, onaning beqiyos mehr-muhabbatli ekanligi, farzandlari uchun umrbod kuyib-pishganligi, mushfiqligi,
shirin so‘zligi, bolalarini oq yuvib, oq tarab, oq sut berib boqqanligi tilga olinadi.
Ayniqsa, uning ro‘zg‘or qiyinchiliklariga sabr-toqat bilan yelka tutib berganligi alohida madh etiladi:
Boriga ham yo‘g‘iga,
Achchig‘u ham totiga.
Dardiga ham dog‘iga,
Sabri ul tog‘im onam.(B.u.g‘.,35-b.)
Ona o‘limi-farzandlar uchun katta yo‘qotish. Shuning uchun farzandlar ona
o‘limida:
Xayr ketdi sen bilan,
Ko‘rk ketdi sen bilan.
Bir o‘zing dunyomiding,
Dunyo ketdi sen bilan,(B.u.g‘.,36-b.) –deya nolish qiladilar.
Ayniqsa, onalar qizlarning yaqin sirdoshi, ko‘makchisi va maslahatdoshi
bo‘lishadi. Lekin ko‘pincha qizlar ham, o‘g‘illar ham o‘z ro‘zg‘orlari bilan
bo‘lib, onalarini unutib qo‘yishadi. Uning holidan kamdan-kam xabar oladilar.
O‘lim yuz berganda ana shu xaqiqat yuzaga chiqib, bundan farzandlar qattiq
afsus-nadomat chekadilar. Ularning afsus-nadomati esa boshqalarga saboq
bo‘lib yangraydi:
Qiz dedim, o‘g‘il dedim,
Ro‘z dedim, ro‘zg‘or dedim,
Hyech o‘zimdan ortmadim.
Dilginang tortgan taom-la,
Bir kuni yod etmadim.
Kiydirgani, xush etgani,
To‘rt enlik mato topmadim.( B.u.g‘.,35-b.)
Xullas, ona-buyuk zot bo‘lib, uning buyukligi farzandlariga g‘amxo‘rligida aks etadi. Farzandlar onasini «boshdagi tojga», «bog‘ning bog‘boniga»,
«ro‘zg‘orning sultoniga», «mulki jahonga» tenglashtiradilar.
Yig‘ilar orasida og‘a-inilarga, opa-singillarga bag‘ishlangan namunalar ham
mavjud. Ular «akaga», «ukaga», «opaga», «singilga» bag‘ishlangan yig‘ilar
sifatida alohida-alohida turkumni hosil qiladi va o‘ziga xos poetik lug‘ati bilan
o‘zaro farq qiladi.
Nega bevafolik qildingiz,
Yangamni gulday so‘ldirdingiz.
Bolalarni tashlab ketib,
Onamni tirik o‘ldirdingiz.
Akajonim, akam-ey,
Mehribonim, akam-ey.( B.u.g‘.,76-b.)
Yanga- akaning xotini. Qo‘shiqda shu so‘zning hamda «onam» so‘zining
ishtiroki, uning aka haqida kuylanayotganini bildirib turadi. Aka haqidagi
yig‘ilarda «akajon», «akajonim», «og‘am» kabi leksik murojaatlar uchrab keladi.
Akaning oiladagi o‘rni, er yigit sifatida xalq orasida qozongan shon-shuhrati tilga olinadi.
Xulosa

Xulosa tariqasida aytib òtishim joizki biz "Òzbek" xalqi "òziga Bek" xalqmiz. Bizdagi milliy urf-odat va an'analar, milliy mumtoz kuy qòshiqlar hamda avloddan avlodga ogizdan ogizga kòchib kelayotgan xalq oĝzaki ijodlarimiz, biz yoshlarga kelajakda farzandlarimizga va òzimizdan keyingi avlodga òtkazib berishda tarix zarvaraqlaridagi ulkan namuna bòla oladi desam mubolaĝa bòlmaydi. Chunki bu tarixiy asarlar, mumtoz kuy qòshiqlar xalqimiz tarixida chuqur iz qoldirgan aynan milliyligimiz qadriyatimizning asl namoyondalaridir.


O’zbеklar marosimlarga boy xalqdir. Xalqimizning ijtimoiy-madaniy hayotini marosimlar bilan uzviy bog’liq bo’lgan anana, urf-odat va bayramlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ular turmushning alohida shakli hamda hayotning tarkibiy qismi sifatidagina namoyon bo’lib qolmaydi, balki har bir xalqning o’ziga xosligi, bеtakrorligini ifodalovchi milliy mеntalitеtini, binobarin, xalqning tarixan shakllangan milliy ruhiyatining asosini tashkil etadi, til va tеrritorial yaxlitlik singari uning millat sifatidagi qiyofasini bеlgilaydi.


«Bayram», «odat», «anana» kabi so’zlar «marosim» tushunchasi bilan bеvosita bog’liq.


Anana – o’ziga xos ijtimoiy hodisa bo’lib, kishilarning ongida, hayotida o’z o’rnini topgan, avloddan – avlodga o’tadigan, takrorlanadigan, hayotning barcha sohalarida (umum yoki malum guruh tomonidan) qabul qilingan tartib va qoidalar silsilasidir.




Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin