Musobaqa qoidalarining vujudga kelishi va shakllanishi



Yüklə 90,5 Kb.
səhifə1/8
tarix05.04.2023
ölçüsü90,5 Kb.
#93520
  1   2   3   4   5   6   7   8
Voleybol o\'yinida xakamlar tarkibi va uning vazifalari


Voleybol o'yinida xakamlar tarkibi va uning vazifalari
Reja:



  1. Musobaqa qoidalarining vujudga kelishi va shakllanishi

  2. O'yinning mohiyati va mazmuni

  3. Hakamlar va hakamlik qilish

Musobaqa qoidalarining vujudga kelishi va shakllanishi
Voleybol o'yinining dastlabki rasmiy o'yin qoidalari 1896-yilda ishlab chiqilgan. Mazkur qoidalarni ayrim bandlari quyidagilardan iborat bo'lgan:

  • maydonchaning o'lchami 7,6 x 16,1 m;

  • to'rning balandligi 195 sm;

  • to'pning og'irligi 252-336 gr;

  • o'yinchilar tarkibi chegaralanmagan;

  • to'p o'yinga maydonchani o'ng tashqi qismida joylashgan lxl metrli to'rtburchak shaklidagi joydan bir oyoqda turib kiritilgan va hokazo.

Voleybolning borgan sari ommaviylasha borishi va ishtirokchilaming o'yin mahorati shakllana borishi bilan bir qatorda musoba qoidalari ham o'zgarib, takomillashib borgan.
1900-yil -hisob 21 ochkogacha, to'rning balandligi 213 sm;
1912-yil-maydoncha 10,6 x 18,2 m, to'r-228 sm;
1917-yil -hisob 15 ochkogacha, to'rning balandligi 243 sm;
1918-yil - o'yinchilar soni bir jamoada - 6 ta;
1922-yil -to'pni faqat 3 marta o'ynash, maydoncha 9,1 x 18,2 m;
1925-yil - to'p 66-69 sm, og'irligi 275-285 g, maydoncha 9x18 m;
1934-yil - to'r ayollar uchun 224 sm.
Qoidalar rasmiy holda to'liq 1946-yilda joriy etilgan, lekin 1951-yilga kelib Marselda FIVB Kongressi tomonidan tasdiqlandi.
1947-yil - erkaklar o'rtasida o'yin 5 partiyadan iborat.
1950-yil - ayollar o'yini 5 partiyadan iborat.
1952-yil-tanaffus 1 partiyada2 marta.
1957-yil - tanaffus 1 daqiqadan 30 soniyagacha qisqaradi.
1961-yil - o'yinchi almashtirish qoidasi tasdiqlandi.
1965-yil - to'siq qo'yuvchi qayta o'ynashi (to'pga tegishi) mumkin, u qo'llarini raqib tomoniga o'tkazishi mumkin.
1970-yil - chegaralovchi antenna (180 sm) joriy etildi.
1976-yil - kiritilgan to'pga to'siq qo'yish.
1984-yil - to'pni qabul qilishda tanani beldan baland joyi bilan «tegish» mumkin, to'p o'yinga kiritilayotganda uni to'sish bekor qilindi.
1988-yil - eng yuqori hisob 17 gacha, hal etuvchi partiya taybreyk tarzida, ochkolar soni 2 ta farq bo'lguncha davom etadi.
1992-yil - to'p tanani tizzadan yuqori barcha joyiga tegishi mumkin.
1998-yil - to'p tanani barcha joyiga tegishi mumkin; hisob 25 gacha, 5 partiyada 15 gacha; har partiyada hisob 8 va 16 bo'lganda 2 ta bir daqiqadan texnik tanaffus beriladi; jamoalar 2 martadan 30 sek. tanaffus olishlari mumkin; to'p kiritish 9 metr oralig'ida ijro etilishi mumkin; «Libera» o'yinchisi joriy etildi.
2008-yil - to'pni rangi o'zgartirildi (sariq-ko'k); to'r oldida joylashgan o'yinchilar to'rni pastki qismiga tegishi mumkin.
Zamonaviy voleybol musobaqaning qoidalari haqida qisqacha ma'lumotlar:

  • maydoncha 9 xl8 m, chiziqlar kengligi 5 sm;

  • o'yin maydonini chegaralovchi antennalarning balandligi 180 sm; O'yinchilarning yoshi va jinsiga qarab to'rning balandligi

quyidagicha bo'ladi:



qizlar

13-14 15-16

2 m 10 sm 1 2 m 20 sm

ayollar

17-18 va bundan katta yoshdagilar uchun

2 m 24 sm

o'g'il bolalar

13-14 15-16

2 m 20 sm 2 m 35 sm

| erkaklar




2 m 43 sm




  • to'pni aylana uzunligi 66±1 sm, diametri 21±0,3 sm, og'irligi 270±10g;

  • har partiyada 6 o'yinchi almashinuviga ruxsat beriladi. Asosiy o'yinchi 1 marta almashtirilishi va qaytib o'yinga tushishi mumkin;

  • o'yin 3 yoki 5 partiyadan iborat bo'ladi;

  • har partiyada hisob 25 gacha, agar 25:25 bo'lib qolsa eng yuqori hisob 2 ochko farq qilguncha davom etadi. Hal qiluvchi partiya taybreyk

tarzida o'tadi 15 ochkogacha, hisob toki 2 ochko farq qilguncha davom etadi.
Jazo «ayb»ga yarasha bo'lishi shart. Bordi-yu hakam xatoga yo'l qo'ysa, u o'z vaqtida bu xatoni bo'yniga olishi kerak va adolatni tiklashi zarur.
Hakam nafaqat o'yin davomida o'z odobi bilan namuna bo'lishi, balki u boshqa joylarda ham o'zini tuta bilishi kerak.
Hakamlar:
birinchi hakam (minbardagi hakam);

  • ikkinchi hakam;

  • hakam-kotib;

  • axborot beruvchi hakam;

  • 4 ta chiziq hakamlari;

  • 6 ta to'p uzatib turuvchilar.

Hakamlarning har birini o'z vazifasi, huquqlari, hakamlik qilish joylari va vositalari mavjud. Ularni atroflicha talqini ma'ruzada og'zaki va o'quv filmlari yordamida bayon qilinadi, tushuntiriladi.
Musobaqa o'yinidan 20-30 min oldin maydonchani, anjom (to'p, to'r, maydon chiziqlari), hakamlarni kiyim-bosh, tayyorgarligi, xullas, o'yinni o'tkazishga nima, kim, qancha kerak bo'lsa, hammasining muhayyoligi birinchi hakam tomonidan tekshirilishi kerak va zaruriyat bo'lsa ta'minotni oshirish talab qilinishi shart.



Yüklə 90,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin