Namangan davlat universiteti


II bоb. Katta guruh bolalarini tabiat bilan tanishtirishda badiiy



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/17
tarix12.05.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#57715
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
   II bоb. Katta guruh bolalarini tabiat bilan tanishtirishda badiiy 

adabiyotlardan foydalanish sаmаrаdоrligini оshirish yo’llari. 

   2.1. Katta guruh bolalarni tabiat bilan tanishtirishda badiiy adabiyotlardan 

foydalanish shakllari. 

                 “Kitob o’qimaydigan odam hayratlanarli darajada zerikarlidir” 

     Chinakam savodli kitobxonni tarbiyalash uchun bolada badiiy adabiyotni qabul 

qilish ko’nikmasini shakllantirish lozim. Psixologlarning fikricha, bu jarayonning  

zamirida bolaning intelektual, bilim olish, hissiy faoliyati mujassamlashgan.  

   


San’at  asarlarini  ,  umuman  badiiy  adabiyotni  idrok  etishda,  xususan 

psixologiyada bir-biridan keskin va sifat jihatdan farqlanadigan hamda bola 

shaxsining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan ikki rivojlanish bosqichi qayd etiladi. 

Birinchi bosqich “ ikki yoshdan besh yoshgacha “ besh yoshdan boshlanib, butun 

umr bo’yi davom etadi.  

    Ikki yoshdan besh yoshgacha bo’lgan davr mobaynida bola katta rivojlanish  

yo’lini bosib o’tadi va maktabgacha kata yoshga yetib san’at asarlarini 

tushunadigan bo’lib qoladi. Bu davrga kelib u o’zining nafaqat individ sifatida 

anglaydi (oynada rasmda taniydi), balki o’zining  ichki dunyosini kashf etadi 

hamda o’zini o’z fikrlari, hissiyotlari va xayolot olamiga ega bo’lgan shaxs sifatida 

qabul qila boshlaydi. Bir vaqtning o’zida bola boshqa kishilarning ham unikiga 

o’xshaydigan va o’xshamaydigan ichki dunyosi borligini, ular ham fikrlab va 

xissiyotlarga ega ekanligini tushuna boshlaydi. Shu davrdan adabiyotni 

anglashning ikkinchi bosqichi boshlaydi.  

    Maktabgacha yoshdagi bola o’ziga xos kitobxon: duch kelgan barcha asarlarni u 

eshitish orqali qabul qiladi. Xayolida gavdalanadigan timsollar va manzaraga unda 

ikki xil fikr paydo bo’ladi. Bir tomondan, unda duch kelgan barcha narsalarni 

jonlashtirishga hamda o’yinlar olami va xayollar og’ushida yashashga moyillik xos 

bo’lsa, ikkinchidan u bu timsollarning haqiqiy emasligini tushunadi va badiiy asar 

qahramonlarni real odamdan farqlay oladi. Bolaning xayolot olami kitob 

sahifalarini jonlantirishga intilish uning juda muhim tomoni hisoblanadi, chunki 

bu-o’z ijodiy salohiyatini rivojlantirish imkoniyatidir. 




48 

 

   



Maktabgacha  yoshdagi bolalarning badiiy asarlarni qabul qilish yoshga oid 

xususiyatlari: 

   

Bolalar  kutubxonasi  uchun  yangi  kitoblarni  to’plash  yoki  mavjudlarni 



yangilashdan boshlash kerak. Bu ishni bola bilan amalga oshirgan ma’qul. 

Kutubxonangizda bolalar uchun mo’ljallangan kitoblarning bir necha turi bo’lishi 

mumkin. 

·   Bolakayni qurshab turgan atrof muhitdagi predmetlar aks ettirilgan kitob 

o’yinchoqlar; 

·  Muqovasi matnda so’z yuritilayotgan predmetning shakli bo’yicha kesilgan 

kitoblar; 

·  Harakatlanadigan figurali kitob panoramalar. 

       O’sib-unib kelayotgan bolaning o’zbek va xorijiy bolalar badiiy adabiyotining 

turli na’munalari turli janrlardagi adabiyotlar xalq og’zaki ijodi. Bolaning kitob 

bilan muloqotini to’ldirish rang –barang qilish uchun bolalar badiiy va folklyor 

asarlarining foto va video kasetasini to’plash maqsadga muvofiq bo’lar edi.  

   Bolaning kitob bilan tanishuvini imkon qadar ertaroq iloji bo’lsa, tug’ilishi bilan 

boshlash kerak. Albatta kichkintoyga kitob o’qimasdan, hikoya qilish yoki 

kuylash(agarda bu alla bo’lsa) ma’qulroq. Agarda ularning  mazmuni bolaga 

tushunarli bo’lmasa  ham onaning allalashi, bir maromdagi gaplarining yumshoq 

ifodasi bolaga ijobiy ta’sir etadi. Shu tariqa u ona tilining tovush va so’zlarini, 

Grammatik so’z qurilmalarini o’zlashtirib boradi.Ona tili ohanglari, vaqtni yaqinlar 

bilan qiziqarli kitob o’qib o’tkazish,kitobni estetik zavq baxsh etuvchi sehrli olam 

sifatida idrok etishga o’rganish bular barchasi bolani asta-sekin kitobxonga bo’lgan 

munosabatini oshiradi. 

       


Har oyda bolalar yangi ertak va bitta-ikkita hikoya bilan tanishadilar, she’r  

yod oladilar. Bolalarga hikoya qilib va o’qib berish. Maktabgacha tarbiya 

yoshidagi bolalar bilan ishlashda badiiy so’z katta o’rin tutadi. Bolalar xalq 

ertaklari, she’r, hikoyalar eshitishni yaxshi ko’radilar. 




49 

 

     



Bolalar  adabiyoti  avvalo  o’zining  qiziqarli  mazmuni,  badiiy  obrazlarning 

go’zalligi, tilning ifodalaliligi, she’riy so’zlarning muzikaviyligi bilan bolalarga 

quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatadi.  

    


Badiiy  adabiyotning  qimmati  bolaning  har  jihatdan  o’sishiga  ta’sir 

ko’rsatishidadir. Badiiy adabiyot bolaga jonajon o’lka tabiatini, kishilarining 

mehnati va hayoti, ularning qilayotgan ishlari va ko’rsatayotgan qahramonliklarini, 

bolalar hayotidan olingan voqeyalarni, bolalarning o’yinlari, ermakalri va 

qilayotgan mehnatlarini hikoya qilib beradi. 

     


Bolalarni  hajmi  jihatidan  uncha  kata  bo’lmagan  asarlar  bilan  tanishtirish 

mashgulotning bir qismi sifatida amalga oshiriladi. Boshqa hollarda esa yangi, 

hajmi jihatidan kata bo’lgan badiiy asarlar bilan ( K.Raxim «Maqtanchoq», o’zbek 

xalq ertaklaridan »Och bo’ri», R.Azizxo’jaev «Sovuq qiliq», Sh Perro  «Qizil 

qalpoqcha» va hokazolar) to’liq tanishtiriladi. 

     Badiiy asarlarni o’qib berishdan, hikoya qilib berishdan, she’r yod oldirishdan 

avval, albatta tayorgarlik ishlari o’tkazilishi kerak. Ko’pgina muallimlar, olimlar 

badiiy asarlar bilan tanishtirish mashgulotini yangi so’zlarni o’zlashtiruvchi 

manbaga aylantirib yubormaslikni uqtiradilar. Badiiy adabiyotdan foydalanadigan 

mashgulotlar g’oyat osoyishta sharoit yaratilishini talab etadi. Muhimi, badiiy asar 

mazmundagi hech bir narsa bola e’tiboridan, eshitishidan chetda qolmasligi kerak. 

     Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, yilning ikkinchi yarmida bolalarni yangi, hajmi 

jihatidan katta, tili jihatidan sermazmun turlicha bo’lgan asarlar bilan tanishtirishni 

«So’zlarni o’zgartir» (tushuntir) degan mashq tarzida boshlash yaxshiroq. Bu 

mashq tarbiyachiga bolalar u yoki bu so’z iboralarini qanday tushunadilar, 

so’zlarni sinonimlar bilan almashtira oladilarmi va shunga o’xshash holatlarni 

aniqlab olishga yordam beradi. Ayniqsa eng asosiysi-bu mashq bolalar uchun 

yangi so’z bo’lgan so’zlarni, jumlalarni esda saqlab qolishga, voqea hodisalarni 

aks ettituvchi so’zlar asosida ularning xotira va nutqini boyitishga yordam beradi. 

Masalan: «U o’rmonning eng xilvat, chakalakzor erlariga borib qolibdi» xilvat, 

chakalakzor-qanday yerlar joylar. »Agar qochib ketsang, qo’limga tushgan kuning 



50 

 

g’ajib tashlaynan,-derkan.» Yangi so’zlarni bolalarga aytgach, tarbiyachi bolalarga, 



bugun eshitgan yangi so’zlar ertakda yashashini, hozir uni hikoya qilib berishini 

aytadi. Bolalar ertakni tinglab bo’lganlaridan so’ng, uning mazmuni ustida suhbat 

o’tkazish kerak. Bolalar uchun tavsiya etilgan asarlar hajmi jihatidan kichik 

bo’lganligi uchun ham bu asarlarni ikkinchi marta o’qib berish mumkin. O’qib 

berilgandan so’ng beriladigan savollar asar goyasini to’liq tushunib olishga 

yordam berishi kerak. Agar bolalar savollarga javob bera olmasalar, u vaqtda 

tarbiyachi so’zlarning va jumlalarning ma’nosini tushuntirib berishi kerak. 

     


Beriladigan  savollar  bola  fikrini  rivojlantirishga,  hodisa  va  voqealalarni 

umumlashtirishga, qahramonlarning xatti-harakatlariga to’g’ri  baho bera olishning 

kalitini  qidirib topishga yordam berishi kerak. Bu yoshdagi bolalar o’zlariga yoqib 

qolgan kitobni maqtashni yoqtiradilar. Bu borada avval ularga tarbiyachi yordam 

beradi. Men «Tulki bilan Turna» ertagini o’qib tugatguncha, siz juda hayajonlanib, 

tulkini yomon ko’rib, turnaga rahmingiz kelib o’tirdingiz. Turnaning ahvoliga 

achindingiz, u haqda qayg’urdingiz. Demak, bu kitob kulgili, quvnoq kitob emas, 

balki qayg’uli, g’amgin kitobdir. 

      

Tarbiyachi  sekin-astalik  bilan  bolalarni  qahramonlarining  hatti-harakatlariga 



mustaqil baho berishga o’rgatadi: «Men sizlarga yangi she’r o’qib berdim. Sh. 

Sa’dullaning  «Lola va Mushuk» she’ri. Siz u haqda nima deyishingiz mimkin.» U 

qanday, quvnoq, sho’x, kulguli. 

     


Besh  yoshli bola  nutqi,  tili jihatidan  rivojlangan  bo’ladi,  nutqi obrazli va 

mazmunli bo’lib boradi. Nutqning obrazli va mazmunli bo’lib borishi nutq 

rivojlanishining asosiy shart-sharoitlardan biridir. Tarbiyachi badiiy asarlarni o’qib 

berish jarayonidagi asardagi ayrim so’zlarni va jumlalarni boshqa so’z va 

jumlalarga nisbatan kuchliroq ovozda, ajratib o’qib berishi kerak. Biroq bu so’zlar 

va jumlalar bola nutqining mahsuli bo’lishi uchun bolalarga bu so’z va jumlalarni 

takrorlash, aytish imkonini berish kerak. 

     


Masalan: tarbiyachi jumlani boshlaydi, bolalar esa  uni oxiriga  yetkazadilar. 

Bunday analiz bolalarni ertak yoki hikoyani tinglash bilan asardagi voqea-




51 

 

hodisalarni kuzatishga o’rgatibgina qolmay, balki qiziq so’zlar va iboralardan 



quvonishga o’rgatadi. Bolalarni asar tilining obrazliligini his etishga va tushunib 

olishlariga fizkul’tura daqiqalari ham yordam beradi.  

     Asar o’qib berilgach, bolalar kuchli ta’sirlanadilar va shu asarni tarbiyachidan 

yana bir marta o’qib berishni so’raydilar. Vaqt yetishmasligi sababli tarbiyachi 

asarning biror joyini tanlab o’qib berish bilan chegaralanadilar, lekin vaqt o’tishi 

bilan asarda qaysi parchani o’qib berish kerakligini aytishga, belgilashga o’rganib 

oladilar. 

     Asardan parcha tanlash juda qiyin, ammo bola faoliyati uchun juda foydalidir. 

Bolalar bildirgan istaklar tarbiyachiga ular kitob mazmunini qanday idrok 

qilganligini analiz qilishga yordam beradi. Tarbiyachi dasturga kiritilgan asarlarni 

mashg’ulotdan tashqari  vaqtlarda  takrorlashga  harakat  qiladi,  o’qiydi, 

dramalashtirilgan hamda mazmunli rolli o’yinlarni tashkil etadi. 

      

Bolalar  asarlarni  xotirasida  saqlagan-saqlamaganligini  tekshriladi,  adabiy 



ko’rgazmalar uyushtiriladi. Bu ko’rgazmada bolalar kitobning muqovasiga qarab, 

u qanday kitob ekanligini bilib oladilar. Ko’rgazma bolalarning istak va takliflari 

asosidagi asarni o’qib berish yoki hikoya qilib berish bilan tugallanadi. 

Mashg’ulotning bu qismi bolalar uchun juda qiziqarli bo’lib hisoblanadi. 

 

Tаrbiyachi  mаshg’ulоtlаr  jаrаyonidа  yangi  pеdаgоgik  tехnоlоgiya 



mаtеriаllаridаn vа tаrbiyaning sаmаrаli mеtоd vа usullаridаn fоydаlаnа, bоlаni 

yosh,  ruхiy-fiziоlоgik  хususiyatlаri  inоbаtgа  оlinsа  tаrbiya  bеrishning 

sаmаrаdоrligi оshаdi. 

 

Tаrbiyachi hаr bir bоlаni imkоniyatlаrini аniqlаb оlishi kеrаk, bоlаlаr o’zi 



yashаyotgаn jаmоаgа munоsаbаtigа qаrаb bir nеchа guruhlаrgа bo’linаdi: 

 Maktabgacha ta’lim muassasaining  аsоsiy pеdаgоgik vаzifаsi – bоlаlаrni yuksаk 

mа’nаviy-ахlоqiy ruhdа tаrbiyalаsh vа ulаrni barkamol qilib tarbiyalash o’qishgа 

hаr  tоmоnlаmа  tаyyorlаshdа  оtа-оnаlаrgа  muntаzаm rаvishdа  yordаm 

ko’rsаtishdаn ibоrаt: 



52 

 

 



Mаktаbgаchа tаrbiya muаssаsаsi хоdimlаrining eng birinchi vаzifаsi – 

bоlаlаr bоgchаsi tаrbiyalаnuvchilаrining оtа-оnаlаri vа  оilаsining bоshkа  а’zоlаri 

оngidа bоlа tаrbiyasidа  оilа birinchi dаrаjаli аhаmiyatgа egаligi vа hаr bir оilа 

bоlаlаrining  fаоllаshuvidа 

оilаviy  vа  ijtimоiy  tаrbiyaning  birligigа 

erishilgаndаginа kutilgаn nаtijаgа  оlib kеlishigа chuqur ishоnch uyg’оtishdir.  

Bоlаlаr bоgchаsi оtа-оnаlаrdа pеdаgоgik bilimlаr аsоsini yarаtаdi. Ulаrdа tаrbiya 

hаqidаgi fаngа qiziqish uyg’оtаdi.  

 

Mаktаbgаchа tа’lim yoshidа bilim tеz sur’аtdа rivоjlаnib bоrаdi, bоyib 



bоrаdi. Nutq shаkllаnаdi, bilish jаrаyonlаri tаkоmillаshаdi, bоlа eng оddiy аqliy 

fаоliyat usullаrini egаllаb bоrаdi. Bоlаlаrdа  аqliy fаоliyatni dаstlаb muоmаlа 

оrqаli, so’ng mаshg’ulоtlаr, bilish bеrish оrqаli аmаlgа оshirilаdi. 

 

Tеvаrak аtrоf, buyum vа nаrsаlаr bоlаning sеzgi оrgаnlаrigа ya’ni 



аnаlizаtоrlаrigа tа’sir etаdi vа sеzgi хоsil bo’lаdi. Sеzgi bоlаlаrdа аyrim хоssаlаrni 

bilib оlishgа yordаm bеrаdi. (Issik-sоvuk, gаdir-budur). Sеzgi аtrоf-muhitni 

bilishning dаstlаbki bоsqichi hisоblаnаdi.  

    


Muhtarama  Prizidentimiz  tomonidan  yoshlarni  kitobxonlikka  bo’lgan 

qiziqishlarini oshirish maqsadida nafaqat ta’lim muassasi balki oilada ota-ona ham 

ma’sul shaxs ekanligini bu eng dolzarb muammolardan biri ekanligini 

ta’kidlamoqdalar.Mаktаbgаchа tаrbiya yoshidаgi bоlаlаr uchun оtа-оnаlаr оyigа 

o’rtаchа 2-3 tа kitоb sоtib оlishаdi. Shu yoshdаgi bоlаlаr uchun оyigа 40 tа jurnаl 

nаshr etilаdi, оtа-оnаlаrning mutlоq ko’pchiligi bu jurnаllаrgа  оbunа bo’lishаdi. 

Bоlа mаktаbgа bоrgungа qаdаr o’qishni, yozishni, оddiy hisоblаsh ko’nikmаlаrini 

egаllаshi zаrur. 

Mаktаbgаchа  yoshdаgi bоlаlаrni  tabiat bilan tanishtirish xilma-xil 

shakllarda:  mashgulotlarda,  ekskursiyalarda,  kundalik  hayotda  (mehnatda, 

kuzatishlarda, uchastka va tabiat burchagidagi o’yinlarda) amalga oshiriladi. 

Mashgulotlar-bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlari bilimlarni 

bolalarning imkoniyatlari hamda o’rab turgan tabiatning xususiyatlarini nazarda 

tutgan holda izchil shakllantirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida 




53 

 

o’tadigan mashgulotlarda katta guruhning barcha bolalarida davlat talablariga 



muvofiq elementar bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va qobiliyatlari 

ma’lum sistema va izchillikda o’stiriladi. Kundalik hayotda, kuzatish, o’yin, 

mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yig’lib boradi.  

 


Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin