188
turadi. Biroq bu fikrni tasdiqlab bo’lmaydi. Lekin, Sovet hukumati, ikkinchi front
deb e’lon qilish uchun harbiy operatsiyalarda fashist Germaniyasining hech
bo’lmaganda 30–40 ta diviziyasini jalb qilingan holdagina sanash mumkin deb
hisoblashini aytadi. Afrikadagi 1942–1943-yillardagi harbiy harakatlarda 17
italyan va nemis diviziyalari qatnashgan bo’lsa, xuddi shu paytda sovet-german
frontida Germaniya va uning ittifoqchilarining 262 ta diviziyasi qatnashgan.
Cherchillning o’zi I. V. Stalinga Shimoliy Afrikadagi ahvol to’g’risida xabar
berayotganida, “Bu opersiyalarning o’lchami Siz boshqarayotgan ulkan
operatsiyalar bilan taqqoslaganda unchalik katta emas” deb aytadi. Afrikadagi
harbiy harakatlar sovet-german urushi markazidagi voqealar teng kela olmaydi va
uning bilan fashizm ustidan g’alabada hal qiluvchi natijalarga kelib bo’lmaydi.
Shimoliy Afrikaning egallash ittifoqchilarning yirik muvaffaqiyati xolos,
hali bu bilan ikkinchi front ochildi degani emas.
Dostları ilə paylaş: