muammoni ifodalash, muammoli vaziyatni tahlil qilish va
baholash, uni maqsadga muvofiq yechim variantlarini
qidirishga yo’naltiruvchi tashkilotlar, insonlar guruhi yoki
alohida individlarni hayotining muayyan sharoitlarini
yozma ravishda taqdim etilgan bayonini o’z ichiga oladi.
Keysni yechish jarayoni quyidagi bosqichlarini o’z
ichiga olish muhim:
→
muammoni yakka tartibda tahlil qilish va yechish,
→
yakka tartibda topilgan yechimni birgalikda (kichik
guruhlarda) tahlil qilish, o’zaro maqbo’l yechim variantini
rasmiylashtirish,
→
guruh ishini taqdimoti,
→
muammoni yechish usul va vositalarining eng maqbo’l
variantini jamoaviy tarzda tanlash.
Fiklash jarayoni, muammoli vaziyatni yechish jarayonida
paydo bo’lingan, mustaqil topilgan dalilllar orientirlarni,
kasbiy boyliklarni topishga va mustaqkamlashtirishga,
kelgusi kasbiy faoliyati bilan aloqani anglashga
ko’maklashadi.
O’quv loyihalarning taqdimoti va baholanishi
Ushbu o’quv mashg’ulotini tayyorlashda o’qituvchining roli
quyidagilardan iborat: loyiha topshirig’ini ishlab chiqish;
talabalarga ma’lumotlarni izlashda yordam berish; o’zi
axborot manbai bo’lishi; butun jarayonni muvofiqlashtiri;
ishtirokchilarni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish;
o’zluksiz qayta aloqani amalga oshirish; maslahat berish.
Ushbu o’quv mashg’ulotida guruhlar o’z faoliyatining
natijalari to’g’risida ma’ro’za qilishadi va uni belgilangan
shaklda taqdim etishadi (loyihaviy faoliyatning
natijalarini, hamda loyiha mahsulotini tasviriy va og’zaki
taqdimot ko’rinishida).
O’qituvchi guruhlarning o’zaro baholanishini
tashkillashtiradi va loyiha ishtirokchining faoliyatini
baholaydi.
Dostları ilə paylaş: