Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti tarix o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi



Yüklə 426,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/19
tarix01.01.2022
ölçüsü426,1 Kb.
#50263
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
ozbekistonda ommaviy axborot vositalari faoliyatini demokratlashtirish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

37 


XULOSA 

 

Jamiyatni  demokratlashtirish  va  xalqimizning  siyosiy  faollagini  oshirishda 

fuqarolarning  siyosiy-ijtimoiy  hayotda  faol  ishtirokini  ta`minlashda  matbuotning 

o`rni kattadir. 

Istiqlol  yillarida  OAV  faoliyatini  yanada  liberallashtirish,  ularga  iqtisodiy 

erkinliklarni  ta`minlab  borish,  OAV  moddiy  texnika  bazasini  yangilash  hamda 

mustahkamlash,  nodavlat  elektron  va  bosma  nashrlarni  rivojlantirish,  zamonaviy 

raqamli va komp`yuter axborot tExnologiyalarni joriy etish, jurnalistlar mehnatini 

rag’batlantirish,  jurnalist  kadrlarni  tayyorlash  va  qayta  tayyorlash,  ularning  kasb 

mahoratini oshirish yuzasidan ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.  

Jo`shqin  o`zgarishlar  kechayotgan  hozirgi  pallada  xolisona  so`z  aytish 

nihoyatda    muhimdir.  Bu  esa  jurnalistlar  zimmasiga  ulkan  mas`uliyat  yuklashi 

barobarida  atroflicha  voqealarga  yangicha  tafakkur,  teran  nigoh  bilan  qarashni 

taqozo etadi. 

O`tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, qilingan xayrli amallar tarix 

sahifalarda  muhrlanib  qoldi,  qator  yangilanishlar  amalga  oshirildi.  Bunga 

avvalambor  Prezidentimizning  Oliy  Majlis  qonunchilik  palatasi  va  Senatining 

qo`shma  majlisida  qilgan  ma`ruzasida  tilga  olingan  OAVni  rivojlantirish  uchun 

demokratik andozalarni jalb etish bo`yicha vazifalar asos qilib olindi. Bu boradagi  

asosiy  vazifa-mamlakatimizda  islohotlarni  chuqurlashtirish  jarayonining  muhim 

tarkibiy  qismi  bo`lgan  matbuot,  televidenie,  radio  faoliyatini  yanada 

liberallashtirish, ularning mustaqilligi va erkinligini amalda ta`minlashdan iborat. 

Shu  ulug’vor  vazifalarni  amalga  oshirish  avvalo,  qonun  ijodkorligi  bilan 

OAVlarning,  huquqiy  asoslarini  yaratish  bilan  uzviy  bog’liq.  O`zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasining  mamlakatni  isloh  etish  va 

modernizaciya  qilishning  ustivor  yo`nalishlari,  maqsadli  vazifalarga  hisobga 

olingan  holda,  qonunchilik  faoliyati  dasturiga  OAVga  oid  15  dan  ortiq  qonun 

loyihalarni kiritdi. Bunga “Davlat hokimiyati organlari faoliyatini OAVda yoritish 

tartibi  to`g’risida”gi,  “Ommaviy  kommunikaciyalar  sohasidagi  iqtisodiy 



 

38 


munosabatlarning  asoslari  to`g’risida”gi  ,  “Ommaviy  axborot  vositalari 

to`g’risida”gi, qonunlarni misol keltirish mumkin. 

Ommaviy  axborot  vositalari  erkinlashtirish  va  rivojlantirish  yo`lida  amalga 

oshirilgan  xayrli  ishlar  jumlasiga  O`zbekiston  mustaqil  bosma  ommaviy  axborot 

vositalari  va  axborot  agentliklarini  qo`llab-quvvatlash  va  rivojlantirish  jamiyat 

fondining tashkil etilganligini ham misol keltirish mumkin. OAV o`rtasida radio va 

televideniening  alohida  o`rni  va  nufuzli  o`rni  bor.  Bu  sohani  rivojlantirish 

jamiyatni  demokratlashtirish  va  yangilash,  mamlakatni  modernizaciyalashda 

alohida ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston Milliy teleradiokampaniyasida ham katta 

islohotlar o`tkazib mustaqil teleradiokanallar tashkil etildi. 

O`zbekiston  jurnalistlari  ijodiy  uyushma  mamlakatimiz  ijtimoi-  ma`naviy 

hayotida  faol  qatnashishmoqda.  Matbuot  va  ommaviy  axborot  vositalari  o`rtasida 

turli ijodiy tanlovlar o`tkazib kelmoqda. 

Dunyoning  barcha  mamlakatlarida  ommaviy  axborot  vositalari  jamiyat 

ijtimoiy-siyosiy  hayotida  etakchi  o`rin  tutadi.  Gazeta  va  jurnallar,  televidenie  va 

radio  har  bir  davlatda  omma  bilan  hokimiyat  o`rtasida  o`ziga  xos  aloqa  vositasi, 

oshkoralik ko`zgusi bo`lib xizmat qiladi. 

Istiqloldan so`ng mamlakatimizda so`z va matbuot erkinligi, OAV sohasidagi 

bazasi  shakllandi.  Jurnalistlarimizning  erkin  faoliyati  uchun  zarur  kafolat  barpo 

etish. Jurnalist kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida qator tegishli 

qonunlar va qarorlar qabul qilindi. 

OAVlarning  jamoatchilik  fikrini  shakllantirish,  milliy  istiqlol  mafkurasini 

xalqimiz,  avvalo  yosh  avlod  ongiga  singdirishdagi  o`rni  beqiyos.  Ular  jamiyatni 

demokratlashtirish va yangilash, millatni modernizaciya va isloh etish jarayonlarni, 

bu  boradagi  muammolarni  jamiyat  hayotining  turli  qirralarini  tezkorlik  bilan  aks 

ettiradigan eng samarali vositadir. 

Bugungi  kunda  mamlakatimizda  jami  970  ta  ommaviy  axborot  vositalari 

faoliyat ko`rsatmoqda. Davriy nashrlar soni 887 ta, gazetalar 680 ta, jurnallar 194 

ta, axborotnoma va byulletenlar 13 ta)ga etdi.       



 

39 


Istiqlol  yillarida  ozod  diyorimizda  hayotimizning  boshqa  jabhalari  qatori 

ommaviy  axborot  vositalari  tizimini  rivojlantirish  sohasida  har  har  tomonlama  va 

chuqur hayotbaxsh islohotlar amalga oshirilyapti. 

Biz  oldimizga  qo`ygan  –  jamiyatni  demokratlashtirish  va  yangilash, 

mamlakatni modernizaciya va isloh etishda ko`zda tutuvchi bosh  maqsadimizning 

ustuvor  yo`nalishlaridan  biri  aynan  ommaviy  axborot  vositalarini  rivojlantirish 

masalasi ekani bejiz emas. 

Bu  boradagi  asosiy  vazifa  –  ommaviy  axborot  vositalari  faoliyatida 

demokratik  andozalarni  joriy  etish  bo`yicha  aniq  hamda  izchil  choralarni  amalga 

oshirish,  matbuot,  televidenie,  radio  faoliyatini  yanada  liberallashtirish,  ularning 

tom ma`nodagi mustaqilligi va erkinligini ta`minlashdan iboratdir. 

Bundan  ko`zlangan  maqsad  va  ommaviy  axborot  vositalari  fuqarolarning 

siyosiy  huquq  va  erkinliklarini  ro`yobga  chiqarishda  eng  ta`sirchan  omil 

bo`lishidir, desak har tomonlama to`g’ri bo`ladi. Bu, avvalo, har bir fuqaroning o`z 

fikrini erkin ifoda qilish, axborot olish, davlat va jamiyat qurilishining o`ta muhim 

masalalarini muhokama etishda faol qatnashish huquqini ta`minlash demakdir. 

Ommaviy  axborot  vositalariga  doir  barcha  yangilanishlar,  birinchi  navbatda, 

mustaqil  davlat  sifatida  jahon  hamjamiyatiga  dadil  kirib  borayotgan 

mamlakatimizda  ommaviy  axborot  vositalarini  “to`rtinchi  hokimiyat”  darajasiga 

ko`tarishga qaratilgan. 

Ayniqsa,  yangi  tuzilayotgan  –  ommaviy  axborot  vositalarini  qo`llab-

quvvatlash  bo`yicha  mustaqil  jamoatchilik  fondi,  avvalambor,  ommaviy  axborot 

vositalarining  iqtisodiy  erkinligini  ta`minlash,  sohada  bozor  munosabatlarini, 

axborot  maydonida  sog’lom  raqobat  tamoyillarini  rivojlantirishga  ko`maklashishi 

shubhasiz.  

Bunday  yangishlanishlar  noshirlik  va  matbaachilikni  yanada  yuqori  talablar 

darajasiga  ko`tarishi,  axborot  xizmatlarining  zamonaviy  bozorini  shakllantirish, 

jurnalistlar,  barcha  ijodkorlar  faoliyatiga  yangicha  ravnaq  bag’ishlashiga 

ishonchimiz komil. 



 

40 


Ammo,  shu  bilan  birga,  butun  jurnalistlarimizda  zamonaviy  mezonlarga  xos 

tezkorlik,  tajriba  va  shijoatning  etishmayotgani,  hokimiyat  faoliyatiga  tanqidiy 

ko`z  bilan  qarashga  haligacha  o`rganmaganimiz,  eskicha  ko`nikmalardan  to`la 

xalos  bo`la  olmayotganimiz  –  milliy  matbuotimizni  yuksak  talablar  darajasiga 

ko`tarishga xalal berayotgan asosiy muammolar ekani ham haqiqat. 

Bugun  o`zbek  matbuoti  zimmasiga, avvalo,  mustaqil  mamlakatimiz  va  inson 

manfaatlarining  himoyachisi  bo`lish,  davlat  va  jamiyat  o`rtasida  xolis  vositachi 

sifatida  faoliyat  yuritishdek  sharafli  va  mas`uliyatli  vazifa  yuklanganligini  zinhor 

unutmasligimiz kerak. 

Muxtasar  aytganda,  ertangi  kunimiz  taqdiri  hal  bo`layotgan  bugungi  davr 

loqaydlik  va  beparvolikdan  butunlay  xalos  bo`lib,  jasorat  va  shijoatni  qalbga  jo 

etib, shu Vatan, shu el uchun yonib-kuyib yashashni. Fidoyilik bilan ishlashni har 

birimizdan har doimgidan ham qat`iyroq talab qilmoqda.  

 

 



   

 

 



 


Yüklə 426,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin