Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika va inklyuziv ta



Yüklə 162,6 Kb.
səhifə12/25
tarix24.05.2023
ölçüsü162,6 Kb.
#121460
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus

Fonematik idrokni tekshirish
Fonematik eshituvni tekshirish uchun taklif etilgan tizim o‘z ichiga bolalar nutqiga baho beruvchi logopedik amaliyot uchun an’anaviy usullarni qamrab olgan.
Nutqiy tovushlarni eshitib idrok etishini tekshirishdan oldin bolani jismoniy eshituvini tekshirish natijalari bilan tanishish kerak.
Tizim quyidagi topshiriqlarni o‘z ichiga oladi:

  • nonutqiy tovushlarni tanish;

  • tovushning balandligi, kuchi, tembrini farqlash;

  • tovush tarkibiga ko‘ra yaqin so‘zlarni farqlash;

  • bo‘g‘inlarni farqlash;

  • fonemalarni farqlash;

- elementar tovush taxlili ko‘nikmalari;
Nonutqiy tovushlarni tanish
Maqsad: Bolalarda nonutqiy tovushlarni tanish malakasini xosil qilish.
Topshriq Diqqat bilan eshit, nima ovoz berganini ayt yoki ko‘rsat! Bolalarga eshituv orqali qaysi asbobdan yoki predmetdan tovush kelganligini aniqlash taklif etiladi: doira, shiqildoq, qo‘ng‘iroq.
Logoped tekshiruv uchun musiqa asboblari bilan, turli xil qutichalar (metall, plasmassali, yog‘ochli, shishali) bilan o‘ynashni taklif etadi,bunda unga urib turli tovushlarni eshitish imkoni yaratiladi,shuningdek bolaga tanish predmetlar taklif etiladi (qalam, qaychi, suvi bor piyola, suvi yo‘q piyola), bularni ko‘ruv tayanchisiz katta odam bu predmetlar bilan qanday funksiyani bajarayotganligini eshitib aytib berish taklif etiladi.
Topshiriq: ”O‘yinchoqlarga diqqat bilan qara va qaysi biri ovoz chiqarganini eslab qol. Hozir men ularni yashiraman, sen qaysi o‘yinchoqdan ovoz kelganini topasan”.
Ovoz balandligi, kuchi, tembrini farqlash
Maqsad: Bolalarda ovoz tembri, kuchi, balandligini bir xil tovush materialari, so‘z brikmalari va iboralar asosida farqlash malakasini tekshirish
Topshiriq: Orqanga o‘giril va bolalardan qaysi biri seni chaqirganini top.
Bolani ismi bilan – 4 marta (xar xil odam) chaqiradi.
Qisqa [au] tovushlarni - 4 marta (har gal har xil odam) talaffuz qiladi.

Yüklə 162,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin