Cho„chqa tasmasimon chuvalchangi (Taenia solium) ham qoramol
tasmasimoni kabi odamlarning ingichka ichagida parazitlik qiladi (42-rasm).
42-rasm. Cho„chqa tasmasimon chuvalchangining hayotiy sikli: A-asosiy xo„jayin - odam,
B-bosh qismi, D-germafrodit bo„g„im, E-yetilgan bo„g„imlar guruhi, F-tuxum, G-oraliq xo„jayin,
H-go„shtdagi flnna, I-odam miyasidagi finnalar, J-odam fakultativ oraliq xo„jayin sifatida.
Uning uzunligi 1,5–3 m, ba‟zan esa 5 m gacha borib, boshcha, ya‟ni skoleks,
bo„yin va 900 tagacha bo„g„imlari bor. Boshchasida 4 ta so„rg„ichi va xartumida ikki
qator har xil katta-kichiklikdagi xitinli ilmoqchalari (22–32 tadan) joylashgan. Mana
shu ilmoqchalarining borligi tufayli cho„chqa tasmasimoni qurollangan tasmasimon deb
ham ataladi.
Cho„chqa tasmasimoni proglottidalarining har birida yuzlab urug„donlar va uch
bo„lakli bitta tuxumdon bo„ladi. Bu chuvalchangning bachadoni qoramol tasmasimoni
bachadonidan farq qilib, 7–12 tagacha yon shoxchalar chiqaradi va doimo tuxumlar
bilan to„lib turadi.
Eng oxirgi yetilgan proglottidalarning uzunligi 10–12 mm va eni 5 mm atrofida
bo„ladi. Bundan tashqari, cho„chqa tasmasimonining yetilgan bo„g„imlari strobiladan
birdaniga 5–7 talab uzilib, xo„jayini axlati bilan tashqariga chiqadi va bu bo„g„imlar
harakatsiz bo„ladi.
Cho„chqa tasmasimoni lichinkasi ham xuddi qoramol tasmasimoni lichinkasi kabi
sistitserk deyiladi. Bu lichinka har xil to„qima va organlarda maxsus po„stlarga o„ralib
parazitlik qiladi. Sistiserk no„xat kattaligidagi pufakcha bo„lib, ichi tiniq suyuqlik bilan
to„lgan bo„ladi, uning uchida 4 ta so„rg„ichi va xartumi, ilmoqchalar bilan qurollangan
skoleksi joylashgan.
Cho„chqa tasmasimonining asosiy xo„jayini odarn hisoblanadi. Odamning
ingichka ichagida voyaga yetgan tasmasimon chuvalchang parazitlik qiladi. Cho„chqa,
it, mushuk, tuya va quyonlar bu chuvalchangning oraliq xo„jayinlari hisoblanadi. Bunda
cho„chqa va yuqorida aytilgan hayvonlar suv va har xil oziq-ovqatlar orqali
chuvalchangning tuxumlari bilan zararlanadi. Oraliq xo„jayin organizmida tuxumdan
chiqqan 6 ilmoqli lichinka (onkosfera) qon va limfa tomirlariga o„tib, muskul to„qirnasi,
miya, ko„z va boshqa organlarga borib o„rnashib, maxsus po„stga o„raladi va 2–4 oydan
keyin ikkinchi lichinkalik davri-sistiserkka aylanadi. Sistiserk cho„chqa tanasida 3
yildan 6 yilgacha yashashi mumkin.
Sistiserk finna deb ham ataladi. Odamlar cho„chqa tasmasimonini sistiserkli,
ya‟ni finnali cho„chqa go„shtini yaxshi pishmagan holda iste‟mol qilishlari orqali
o„zlariga yuqtiradilar.
Shuni ham aytib o„tish joizki, ba‟zan odamlar cho„chqa tasmasimonining asosiy
xo„jayini bo„libgina qolmay, balki oraliq xo„jayini ham bo„lishlari mumkin. Bunda
parazitning tuxumi odamga oziq-ovqat, suv orqali yuqishi, ayrim hollarda esa ushbu
gijja bilan kasallangan odamlar o„qchiganida ichagidagi voyaga yetgan
chuvalchanglarning tuxumga tola proglottidalari, ya‟ni bo„g„imlari oshqozonga
ko„tarilib, oshqozon ichiga mingiab tuxumlar ajralib chiqishi mumkin. Shunday
hollarda tuxumdan ajralgan lichinkalar–onkosferalar odamlar ichagini teshib qonga
o„tgach, turli organlar-yurak, muskullar, o„pka, ko„z va hatto bosh miyaga ham borib
o„rnashishi mumkin. Bu yerda ular sistiserkka, ya‟ni finnaga aylanadi. Finnalarning
ayniqsa, ko„zga o„rnashib olishi xavflidir. Bunda odamlar ko„r bo„lib qolishlari ham
mumkin. Miyaga o„rnashib olsa, odamlar o„ladi. Ana shunday o„z-o„zidan zararlanish
holati autoinvaziya deyiladi. Shu xususiyatiarini hisobga olganda, cho„chqa
tasmasimoni eng xavfli tasmasimon chuvalchanglardan biri hisoblanadi. Shuning uchun
ham har bir odam, agarda ichagida cho„chqa tasmasimoni borligini sezsa, juda ehtiyot
bo„lishi, ozodalikka qattiq rioya qilishi, gijja tushirishda qayt qildiradigan dori
ichmasligi kerak.
Cho„chqa tasmasimonining voyaga yetgan shakli keltirib q„ozg„atadigan kasallik
tenioz, lichinkalik davri vujudga keltiradigan kasallik esa sistiserkoz deyiladi. Yuqorida
aytilganidek, odamlar ham tenioz va ham sistiserkoz kasalliklariga yo„liqishlari
mumkin. Cho„chqalar esa faqat sistiserkoz bilan kasallanadi. Cho„chqa sistiserkozi
MDHda, ayniqsa, Ukraina, Belorussiya, Ozarbayjon va Rossiyaning markaziy qora
tuprqq viloyatlarida keng tarqalgan. Bu kasallikning tarqalishini asosiy manbai tenioz
bilan kasallangan odamlar hisoblanadi.
Cho„chqa tasmasimoniga qarshi kurashish uchun avvalo, profilaktika chora-
tadbirlarni amalga oshirish kerak, ya‟ni cho„chqa go„shtini yaxshilab ko„zdan kechirib,
sistiserk (finna) bilan kasallangan yoki kasallanmaganligini aniqlash lozim. Xom va
chala dudlangan cho„chqa go„shtini yemaslik hamda cho„chqalarga gijjalarning
yuqmasligi uchun ularni sanitariya-gigiyena qoidalariga muvofiq asrash kerak.
Cho„chqa tasmasimon chuvalchangi bilan kasallangan odamlarni ham fenasal dorisi va
oshqovoq urug„i bilan davolash lozim.
Kalta, ya‟ni pakana zanjirsimon chuvalchang (Hymenolepis nana)
odamlarning, ayniqsa, bolalarning ingichka ichagida parazitlik qiladi va gimenolepidoz
kasalligini vujudga keltiradi. Bu parazitning odamlarda parazitlik qiladigan boshqa
tasmasimon chuvalchanglardan farqi shundaki, haqiqatdan bu chuvalchangning uzunligi
1–4,5 sm atrofida bo„ladi. Sharsimon xartumchali boshida ilmoqchalari (bir qator
joylashgan 24–30 ta ilmoqchalari) va 4 ta so„rg„ichi bo„ladi. Boshidan so„ng ingichka
bo„yni, undan keyin esa 150–200 tagacha mayda bo„g„imlari, ya‟ni proglottidalari
bo„ladi (43-rasm).
43-rasm. Kalta zanjirsimon chuvalchang (Hymenolepis nana) ning rivojlanish sikli: 1-yetuk
strobilasi; 2-tuxumlari; 3-tuxumdan chiqqan onkosferaning ichak vorsinkasiga kirishi; 4-onkosferadan
sistitserkoidning rivojlanishi; 5-sistiserkoidning ichak vorsinkalaridan ichak bo„shlig„iga chiqishi; 6-
skoleksi bilan ichak devoriga yopishishi;
7-strobilalarning o„sishi.
Yetilgan bo„g„imlarida 180 tagacha tuxumlar bo„ladi. Umuman, kalta zanjirsimon
chuvalchangning germafrodit bo„g„imlarida 3 dona sharsimon ko„rinishdagi urug„don
va bir juft tuxumdon hamda shoxlanmagan bachadon joylashgan. Bu chuvalchanglarda
jinsiy teshiklar proglottida yonidan (faqat bir tomondan) tashqariga ochiladi.
Kalta zanjirsimon chuvalchangning hamma rivojlanish davrlari bitta xo„jayinda,
ya‟ni odamda o„tadi. Demak, odam kalta zanjirsimon chuvalchang uchun ham asosiy va
ham oraliq xo„jayin hisoblanadi.
Bunda avvalo, chuvalchangning tuxumlari suv, sabzavot-mevalar va yuvilmagan
qo„llar orqali odamga o„tadi. Ovqat hazin qilish sistemasida tuxumdan 6 ilmoqli
onkosfera chiqadi va ingichka ichak vorsinkalariga kirib, sistiserkoidga, ya‟ni finnaga
aylanadi. Bu lichinkalik davrida dumsimon kalta o„simta bo„ladi va bu bilan ular
qoramol hamda cho„chqa tasmasimonlarining sistiserkidan farq qiladi. Oradan 14–15
kun o„tgach, sistiserkoid ichak devoridan ichak bo„shlig„iga chiqadi va bu yerda jinsiy
voyaga yetgan kalta zanjirsimon chuvalchangga aylanadi. Kalta zanjirsimon
5
4
3
1
2
7
6
chuvalchangning tuxumi odam ichagiga tushgandan boshlab 19 kun o„tgach jinsiy
voyaga yetadi va tuxum qo„ya boshlaydi.
Bu tuxumlar tashqi muhitga chiqqach, boshqa odamlar ham zararlanishi mumkin.
Ammo proglottidalarda yetilgan tuxumlar tashqi muhitga chiqmay, ichakning o„zida
ham rivojlanishi mumkin, bu avtoinvaziya (o„ziga-o„zi yuqtirish) deyiladi.
Kalta zanjirsimon chuvalchang ayniqsa, yosh bolalarga ko„p azob beradi. Bitta
odamning ichagida 1000–1500 tagacha kalta zanjirsimon chuvalchang bo„lishi mumkin.
Kichik yoshdagi bolalar shaxsiy gigiyena qoidalariga to„g„ri rioya qilmasliklari tufayli
bu kasallikka juda tez chalinadi.
Gimenolepidozga yo„liqqan odamlarning me‟da-ichak yo„llari yallig„lanib
og„riydi, ishtahasi buziladi, ich ketish hollari yuz beradi va darmonsizlanib, mehnat
qobiliyati pasayadi. Parazitning o„zidan chiqargan zaharli moddalari bolaning asab
sistemasiga ham salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Shunday odamlarni gijja haydaydigan dori-
darmonlar (fenasal) berib davolashadi. Kasallik 3–12 yoshdagi bolalarda, ayniqsa,
sanitariya-gigiyena qoidalari buzilgan bolalar muassasalarida ko„proq uchraydi va tez
tarqaladi.
Qo„y miya qurti (Multiceps muiticeps). Jinsiy voyaga yetgan parazitning
uzunligi 40–100 sm atrofida bo„lib, it, tulki, bo„ri, chiya bo„ri va boshqa yirtqich
sutemizuvchilarning ingichka ichagida yashaydi. Bu chuvalchangning lichinkalik davri
(Coenirus cerebralis ) qo„y, echki, ba‟zan qoramollar, tuya, ot, chochqa hamda
bug„ularning bosh va orqa miyalarida o„rnashib, senuroz deb ataluvchi kasallikni
keltirib chiqaradi. Bu kasallik, ba‟zan odamlarda ham uchrab turadi.
Voyaga yetgan tasmasimon chuvalchang tanasidagi bo„g„imlar soni 200–250
tagacha boradi. Uning boshchasida (skoleksida) 4 ta so„rg„ichi, xartumchasida esa ikki
qator har xil kattalikdagi 22–32 tagacha ilmoqchalari bo„ladi (44-rasm).
Yetilgan oxirgi bo„gimlarida bachadon 16–26 tagacha yon shoxchalar chiqaradi
va ular tuxum bilan to„lgan bo„ladi. Parazitning yetilgan proglottidasida 20–60 ming va
undan ham ko„proq tuxumlari bo„lishi mumkin. Tuxumlarga to„ia yetilgan
proglottidalari xo„jayin axlati orqali tashqariga chiqariladi. So„ngra bu proglottidalar bir
necha soat davomida yerda yoki o„tlar orasida harakat qila boshlaydi. Yetilgan
bo„g„imlarning qisqarishi natijasida ulardan juda ham ko„p miqdorda tuxumlar chiqadi
va ular yaylov hamda suvga tushadi. Zararlangan it axlati bilan har kuni 20–30 tagacha
yetilgan bo„g„imlar tashqi muhitga chiqaziladi. Ayrim itlar ichagida 200 va undan ham
ortiq chuvalchang bo„lishi mumkin. It organizmida bu parazit bir necha oy va hatto 2
yilgacha yashashi mumkin. Qo„y miya qurti biogelmint bo„lib, asosiy xo„jayinlari
yirtqich sutemizuvchilar va oraliq xo„jayinlari qo„y va echkilar hamda boshqa chorva
mollari hisoblanadi.
Bu chuvalchangning oraliq xo„jayinlari qo„y miya qurti tuxumlari bilan
zararlangan yaylovlarda boqilganda, o„t va suv orqali ushbu parazitning tuxumlarini
yutib yuboradi.
Qo„ylarning ichagida tuxumdan onkosfera lichinkasi chiqadi va qonga o„tib, qon
oqimi bilan orqa va bosh miyalariga borib o„rnashadi hamda rivojlanib, kaptar
tuxumidek, yong„oqdek kattalikdagi senur pufagini, ya‟ni finnani hosil qiladi (45,46-
rаsmlar).
Miyasidа finnа, ya‟ni
sеnur bo„lgаn qo„ylаr bеzоvtаlаnаdi, tipirchilаydi, bir jоydа turib аylаnаvеrаdi. Ba‟zi
qo„ylar boshini orqasiga tashlab yoki pastga egib oldinga yuradi yoki orqasiga tisarila
boradi. Bu kasalga uchragan hayvon oriqlaydi, yotgan joyidan turolmaydi va oxir-oqibat
darmonsizlanib o„ladi.
44-rаsm. Qo„y miya qurti (Multiceps
multiceps):А-jinsiy vоyagа yеtgаn dаvri;
B-kаttа vа kichik ilmоqchаlаri (1); 2-
gеrmаfrоdit bo„g„imi; 3-оnkоsfеrаli tuхumi.
45-rаsm. Qo„y miya qurtining
rivоjlаnish sikli sхеmаsi.
46-rаsm. Sеnurоz bilаn kаsаllаngаn qo„ylаrning
hоlаti: а-miyachаsi zаrаrlаngаn, b-оrqа miyasi
zаrаrlаngаn, v-miyaning pеshonа qismi zаrаrlаngаn, g-
miyaning ensа vа chаkkа qismi zаrаrlаngаn, d-
miyaning оrqа qismi zаrаrlаngаn.
Yuqorida ko„rsatilgan belgilarga qarab kasallangan chorva mollarni osongina
aniqlash mumkin. Pufаk tiniq suv bilаn to„lgаn bo„lib, uning ichki pаrdаsidа 100–250
tаgаchа pаrаzit bоshchаlаri, ya‟ni skоlеkslаri to„p-to„p bo„lib jоylаshgаn. Bu
chuvalchangning pufakchali, ya‟ni finnali lichinkasi qo„zg„atadigan kasallik senuroz
deyiladi va unga chalingan mollar halok bo„ladi yoki majburan go„shtga topshiriladi.
Umuman, senur, ya‟ni pufakli lichinka-finna juda sekin o„sadi. Masalan: qo„ylar
zararlangandan 2 hafta o„tgach pufakning diametric 3–5 mm atrofida, 6 hafta o„tgach,
2–3 sm va 2–3 oy o„tgach 3,5 sm atrofida bo„ladi. Shu davrdan boshlab pufaklarning
ichki pardasida parazitning boshchalari, ya‟ni skolekslari yetishadi.
Аsоsiy хo„jаyinlаri qo„y miya qurti bilаn kаsаllаngаn qo„ylаrning vа bоshqа
chоrvа mоllаrining bоsh vа оrqа miyalаridа jоylаshgаn pufаkli finnаni istе‟mоl qilishi
оrqаli o„zlаrigа yuqtirаdi. So„ngra ularning ichaklarida 41–73 kundan keyin jinsiy
voyaga yetgan tasmasimon qo„y miya qurti hosil bo„ladi. Yuqorida aytganimizdek,
qo„ylarning miyasida uchraydigan pufakli finna senuroz kasalligini vujudga keltiradi.
Senuroz (gir aylanma yoki tentak kasal) - surunkali gijja kasalligi bo„lib, u bilan asosan
yosh qo„ylar va echkilar ko„proq kasallanadi. Senuroz bilan kasallangan hayvonlarni
davolashning birdan-bir usuli jarrohlik yo„li bilan bosh miyadan parazitning pufakli
finnasini olib tashlashdan iboratdir.
Senuroz kasalligi odamlarda ham uchrab turadi. Uni davolash faqat jarroh
mahoratiga bog„liq. Hozirgacha senuroz kasalligiga chalingan odamlarning soni 42 taga
yetgani fanga ma‟lum. Bu kasallik Fransiya, Angliya, Ispaniya, Meksika va Afrikada,
shuningdek, MDH mamlakatlaridan Quyi va O„rta Volga, Ural, Qozog„iston, Shimoliy
Kavkaz, Sibir, O„rta Osiyo davlatlarida, Ukraina va Kavkazorti davlatlarida uchrab
turadi.
Anoplosefalida (Anoplocephalidae) oilasiga mansub chuvalchanglardan ham
chorva mollari katta zarar ko„radi. Bu oilaning vakillari ham voyaga yetgan davrida
tuyoqli sut emizuvchilarning, jumladan, chorva mollardan - qo„y, echki, qoramol, ot va
tuyalaning ichagida parazitlik qiladi.
Rеspublikаmizning turli mintаqаlаridа chоrvа mоllаrning ichаgidа аnоplо-
sеfаlidаlаr оilаsigа kiruvchi: Moniezia, Thysaniezia, Avitellina, Anoplocephala,
Paranoplocephala vа Stilesia аvlоdlаri turlаri pаrаzitlik qilаdi. Mоniеziyalаrdаn-
Moniezia expansa, M. benedeni vа M. аutumnalis turlаri asosan qo„y, echki vа
qоrаmоllаrdа pаrаzitlik qiladi.
Mоniеziyalаrning uzunligi 1–5 m аtrоfidа bo„lib, tаnаsi skоlеks, bo„yin vа
prоglоttidаlаrdаn ibоrаt. Skоlеksidа 4 tа so„rg„ichlаri jоylаshgаn, lеkin ilmоqchаlаri
bo„lmаydi. Prоglоttidаlаri qisqа vа kеng, hаr bir prоglоttidаlаridа 2 juftdаn jinsiy
оrgаnlаr sistеmаsi mаvjud. Ulаr bo„g„imlаrining yon tоmоnidаn tаshqаrigа оchilаdi.
Yetilgаn prоglоttidаlаr tuхumlаr bilаn to„lib turаdi. Mоniеziyalаr hаm biоgеlmint
bo„lib, rivоjlаnish jаrаyonidа 2 tа хo„jаyin ishtirоk etаdi. Yuqоridа tа‟kidlаngаnidеk,
qo„y, echki, qоrаmоllаr bu chuvаlchаnglаrning аsоsiy хo„jаyinlаri hisоblаnаdi. Sоvutli,
ya‟ni qаlqоnli mаydа tuprоq kаnаlаri esа ulаrning оrаliq хo„jаyini sifatida ishtirok etadi.
Mоniеziyaning yetilgаn bo„g„imlаri аsоsiy хo„jаyini tezagi bilаn tаshqi muhitgа
chiqаdi, sоvutli tuprоq kаnаlаri pаrаzitning оnkоsfеrаli tuхumlаrini yutib yubоrаdi vа
kаnаlаr tаnаsidа chuvаlchаnglаr embriоni rivоjlаnib, sistisеrkоid dеgаn lichinkаgа
аylаnаdi. Kаnа tаnаsidаgi sistisеrkоid 2 yilgаchа аsоsiy хo„jаyinini mоniеziya bilаn
zаrаrlаsh qоbiliyatigа egа.
Chоrvа mоllаri sistisеrkоid bilаn zаrаrlаngаn sоvutli kаnаlаrni o„t vа suv bilаn
yutib yubоrаdi. Оrаdаn 40–50 kun o„tgаch, аsоsiy хo„jаyini ichаgidаgi mоniеziyalаr
jinsiy vоyagа yetаdi. Bir kеchа-kunduzdа mоniеziyalаr 8 sm uzunlikdа o„sishi mumkin
(47-rаsm).
47-rаsm. Mоniеziyalаr (Moniezia sp. )ning rivоjlаnish sikli sхеmаsi.
Moniyeziyalar moniyezioz kasalligini keltirib chiqaradi. Ular ayniqsa, yosh
mollarni, ya‟ni 1,5–8 oylik qo„zi, uloq va buzoqlarni ko„p zararlaydi. Masalan, bir
yoshli qo„ylar bu kasallik bilan 59 % gacha, birdan ikki yosligachasi 31 % gacha va
katta yoshdagilari 15 % gacha kasallangan.
Kаsаllаngаn hаyvоnlаrdа hоlsizlаnish, ich kеtish, ахlаtidа shilliq vа pаrаzitning
yetilgаn bo„g„imlаri ko„zgа tаshlаnаdi. Kаsаllаngаn qo„zilаr оriqlаydi, rivоjlаnishdаn
оrqаdа qоlаdi, bа‟zаn o„limgа hаm оlib kеlаdi. Bu kаsаllikkа qаrshi kurаsh –
dеgеlmintizаsiya vа prоfilаktikа chоrа-tаdbirlаridаn ibоrаt. Moniyeziozga qarshi chorva
mollarda fena-sal, fenadek, panakur, filiksan, bitionol, dixlorofen va boshqa preparatlar
qo„llaniladi.
Tasmasimon chuvalchanglardan tizaniyeziya (Thysaniezia giardi) va avitellinalar
(Avitellina centripunctata) ham asosan qo„y va echkilar hamda ularning yovvoyi
vakillari ingichka ichagida parazitlik qiladi.
Yuqorida keltirilgan tasmasimon chuvalchanglarning ham rivojlanish jarayoni
xuddi monieziyalarnikiga o„xshash, ya‟ni ularning ham oraliq xo„jayinlari sovutli
tuproq kanalari hisoblanadi.
Bu tasmasimon chuvalchanglarga ham qarshi kurashda fenasal, filiksan, arekolin,
bitionol, kamala va boshqa preparatlarni qo„llash mumkin.
Otlarning anoplotsefalidozlari surunkali gelmintoz kasallik bo„lib, uni
Anoplocephalidae oilasining ikkita avlodiga kiruvchi 3 ta turlari-Anoplocephala magna,
Anoplocephala perfoliata va Paranoplocephala mamillana qo„zgaydi. Bu parazitlar
otlardan tashqari eshak, qulon va zebralarda ham parazitlik qiladi.
Qo„zg„atuvchilardan Anoplocephala magna otlar ingichka ichagining keyingi
qismida, Pranolocephala mamillana boshlanish qismida, Anoplocehala perfolita esa
ko„richakda parazitlik qiladi.
Qo„zg„atuvchilari Anoplocephala magna otlarda parazitlik qiladigan sestodalarning
eng yirigi hisoblanadi (48-rasm).
48- rasm. Anoplotsefalidozlar qo„zg„atuvchilarining rivojlanish sikli sxemasi.
Anoplotsefalidozning hamma qo„zg„atuvchilari oraliq xo„jayin ishtirokida
rivojlanadi. Oraliq xo„jayinlari oribatida guruhiga kiruvchi sovutli tuproq kanalari
hisoblanadi va monieziyalar kabi rivojlanadi.
Anoplotsefalidozlar juda keng tarqalgan gelmintoz kasalliklardan bo„lib, MDH
ning hamma mintaqalarida uchraydi. Anoplotsefalidozlar bilan asosan bir yoshgacha
bo„lgan toylar kasallanadi, otlarda kam uchraydi.
Anoplotsefalidlar hayvon organizmini zaharlaydi va mexanik qitiqlaydi.
Sestodalardagi modda almashinuvidan hosil bo„lgan keraksiz metabolit chiqitlar
ta‟sirida hayvon organizmi zaharlanib, ahvoli og„irlashadi, bezovtalanadi, hushidan
ketadi hamda 5–10 minut davomida allergik xarakterdagi epilepsiya kabi hodisalar ro„y
berib turadi.
Sestodalarning ko„plab to„planishi, ayniqsa A. magna ichak devorining bir-biriga
kiyilishi (invaginatsiya), ayrim vaqtlarda ichak bo„shlig„ini to„liq bekitib qo„yishi
mumkin. Sestoadlar ichak devoriga yopishib qitiqlab, yara paydo bo„lishiga, ayrim
vaqtlarda ichakning teshilishi, peretonit kasalini paydo bo„lishiga sabab bo„ladi.
Asosiy xo„jayinlari
Kasallik belgisi sestodaning ichakdagi soniga bog„liq. Boshqa kasallar bilan
kasallangan hayvonlarda anoplotsefalidoz juda og„ir o„tadi. Otlar yengil kasallanganda
o„sishi va rivojlanishi sekinlashadn, ishtahasi pasayadi, qorni kattalashib, junlari
hurpayadi, hayvonning ichi ketadi.
Kasallik og„ir kechganda otning ahvoli birdaniga og„irlashadi, ishtahasi yo„qoladi,
ko„p yotadi, ayrim vaqtlarda boshini orqaga tashlaydi, yurak urishi va nafas olishi
tezlashadi. Tez-tez o„zidan ketadi, o„zini tashlab yuboradi, sanchiqlar paydo bo„ladi.
Toychalar tez-tez yotadi. Kasallik taxminan bir yarim oygacha davom etib hayvon
kundan-kunga ozadi, qoni kamayadi. 1 mm
3
qizil qon tanachalari 3–2 mln gacha
kamayadi.
G„oz va o„rdaklar drepanidoteniyasi (Drepanidotaenia lanceolata). G„oz va
o„rdaklarda uchraydigan 12 tur sestodalar ichida drepanidoteniya juda ko„n tarqalgan.
Gelmint g„oz va o„rdaklarning ingichka ichaklarida parazitlik qiladi. O„rdak na g„oz
jo„jalari bu kasallikdan ko„pincha nobud bo„ladi.
Drepanidoteniyalarning uzunligi 115–230 mm, eni esa 11,5 mm bo„lib, rangi oq
va sarg„ish. Uning uncha katta bo„lmagan nok shaklidagi skoleksi (boshchasi) to„rtta
so„rg„ichli, xartumi esa 0,30-0,35 mm uzunlikdagi ilmoqchalar bilan qurollangan,
bo„yni kaltagina. Bo„gimlarining eni uzupligige nisbatan bir necha marta katta. Jinsiy
teshigi bo„g„imining bir tomonidan ochiladi. Ikki bo„lakdan iborat tuxumdoni va uning
pastki tomonidagi oval shaklidagi sariqlik moddalari bo„gimining o„ng yoki chap
tomonida joylashgan.
Parazitning urug„doni uchta bo„lib, hammasi bir qatorda, bo„gimning o„ng
tomonida joylashadi. Oval shaklidagi tuxumlarining uzunligi 0,046–0,106 mm va eni
0,016–0,021 mm. Onkosferasi ham oval shaklida, uzunligi 0,020–0,030 mm, uning uch
juft embrional ilmoqlari bo„ladi (49-rasm).
Drepanidoteniya 9 turdagi sikloplar ishtirokida rivojlanadi. G„oz va o„rdaklarning
ingichka ichagidagi jinsiy voyaga yetgan sestodalarning tuxum bilan to„lgan bo„g„imlari
parrandalarning tezagi bilan tashqi muhitga ajralib chiqib turadi. Drepanidoteniya
bo„g„imlarining po„sti parrandalarning ichagida yoki tashqi muhitda parchalanib,
ichidagi tuxumlari tashqi muhitga tushadi va uni sikloplar yutib yuboradi. Sikloplarning
ichaklarida tuxumlarning po„stloq qavati hazm bo„lib, undan onkosfera ajralib chiqadi
va taxminan 6–7 soatdan keyin siklop tanasiga kirib rivojlana boshlaydi. Onkosferaning
invazion lichinkasi-sistiserkoid davrigacha rivojlanishi 10–30 kun davom etadi.
Sistiserkoidi bo„lgan sikloplarni g„oz va o„rdaklar yutgandan keyin ularning
oshqozonida parchalanadi. Sistiserkoid esa to„rtta so„rg„ichi bilan ichak shiliq pardasiga
yopishib olib, 15–19 sutkada jinsiy voyaga yetgan sestodaga aylanadi. Keyin
drepanidoteniya yetilgan tuxum bilan to„lgan bo„gimlarini tezak bilan chiqara
boshlaydi.
Drepanidotenioz asosan ikki haftadan 5 oylikkacha bo„lgan yosh o„rdak va g„oz
jo„jalarining kasalligi bo„lib, ular qishlab chiqqan invazion sikloplarni yutib kasallikni
yuqtiradi. Parazitning ayrim oraliq xo„jayinlari bir yilgacha yashaydi va u bilan invazion
sistiserkoidlar ham saqlanib qoladi.
|