Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə191/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

2. Egasi topilmaydigan gap

Kesimi orqali harakatni bajaruvchi shaxs (ega)ni topish mumkin bo`lmagan bir bosh bo`lakli gap egasi topilmaydigan yoki shaxssiz gap deyiladi. Bunday gaplarda egani kiritib ham bo`lmaydi, gapning kesimi orqali aniqlab ham bo`lmaydi.


Egasi topilmaydigan gapning kesimi ko`pincha tarkibli bo`lib, quyidagicha ifodalanidi:
1. –(i)b affiksli ravishdosh hamda «bo`ladi»//«bo`lmaydi» so`zi bilan: El og`ziga elak tutib bo`lmaydi. (Maqol). Momaqaldiroqning gumburiga chidab bo`lmaydi. (J.Abdullaxonov). – Nima endi, haq gapni ham gapirib bo`lmaydimi? - ... so`radi u. (F.Musajonov).
2. Shart maylidagi fe’l hamda «bo`ladi»// «bo`lmaydi» so`zi bilan: - Shu tor yo`ldan Afg`onistonga o`tsa bo`ladi. (K.Yashin.).
3. Harakat nomi va «zarur», «mumkin», «shart», «lozim», «darkor», «kerak» so`zlaridan biri bilan: Fazilat farzand kabidir. Uni avaylab saqlash va yanada barkamol etish lozim. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). Qo`lda bo`lgan pul va molni kerakli joylarga sarf eta bilish, yaxshi idora qila olish uchun isrofdan saqlanish kerak. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).
4. «Yaxshi», «yomon» sifatlari hamda «bo`ladi»// «bo`lmaydi» so`zi bilan: Shu shiypon bitmay qolib ketsa, el oldida yaxshi bo`lmaydi. (P.Qodirov).
5. Majhul nisbati shaklidagi fe’l bilan: Unga pastdan ikki yuz ellik uchta tosh zinani bosib chiqiladi. (K.Yashin).
6. «To`g`ri» so`zi va «kelmoq» fe’lining tuslangan shakli bilan: Mashina kabinasidan chiqishga to`g`ri keldi. (Ch.Aytmatov).


3. Nominativ (atov) gap
Bosh kelishikdagi ot yoki otlashgan so`z bilan ifodalanib, predmet yoki voqea-hodisalarning hozirgi zamonda yoki zamondan tashqarida mavjudligini tasdiqlovchi bir bosh bo`lakli gap nominativ, yoki atov gap deyiladi.
Nominativ gaplarda fikrning nisbiy tugalligi, predikativlik ohang orqali ifodalanadi. Ohang mazkur gaplarda alohida ahamiyat kasb etadi. Ohang tufayli oddiy so`z gapga aylanadi. Nominativ gap, odatda, yakka holda qo`llanmaydi, undan so`ng ko`pincha boshqa bir gap keladi.
Nominativ gaplarda nutq so`zlanib turgan paytda mavjud bo`lgan predmet yoki voqea-hodisalar nomlanadi, qayd etiladi. Bunday gaplar quyidagi semantik xususiyatga ega:
1. Aniq predmetlarning mavjudligini tasdiqlaydi: Bir chetdagi stol ustida katta- kichik limonlarning suratlari. Boshqa stolda mikroskop. Mayda shishachalarda limon suvlari, yaproq tolqonlari, limon poyalari. (J.Abdullaxonov).
2. Mavhum tushunchalarning mavjudligini tasdiqlaydi: Avazlarning hovlisida boshqa o`ylar, boshqa tashvishlar. (P.Qodirov).
3. Turli tabiat hodisalarining mavjudligini tasdiqlaydi: Yaproqlar... yaproqlar! Quyosh shu’lasida jilva urib, cho`g`dek tovlanib turgan oltinrang va shafaqrang yaproqlar! Hazin va za’faron yaproqlar! O, ko`p latofat bor sizlarda! (F.Musajonov). Ariq bo`yida gulsapsar, namozshomgul, rayhon, uch-to`rt tup atirgul, yarim bo`yracha joyda elpillab o`sgan o`sma. (Oybek).
4. O`rin-joyning mavjudligini tasdiqlaydi: Cho`l! ... Cho`lning ham o`z gashti bor, zavqi bor! (Sh. Xolmirzaev). Tanish ko`cha. Yo`l yoqasida o`sha novcha daraxtlar! (SH. Xolmirzaev).
5. Aniq paytini tasdiqlaydi: Mayning oxirlari. Vodiylarda barvaqt xazon bo`lgan lolaqizg`aldoqlar Turkiston tizma tog`ining etaklarida endi ochilgan. (P.Qodirov). Xazonrezlik payti. Hirot bog`lariga suv beradigan Hiriyrud daryosi va Injil anhorining qirg`oqlariga za’faron yaproqlar to`kilgan. (P.Qodirov).
6. Hayot voqealarini tasdiqlaydi: Yoqimli ohang, zavqli qo`shiqlar. Anorxon yo`lidan to`xtab tinglaydi. (J.Abdullaxonov).
7. Ko`rsatishni ifoda qiladi: Mana, yosh-yosh chinorlar! Barglari to`kilmabdi. Shoxlarini qor bosgan. Ana, archalar. (SH. Xolmirzayev). Ana, akasi bilan yangasi turadigan imorat. Bu imorat Zeboga yaqin, aziz ko`rinib ketdi. (SH. Xolmirzayev).
Nominativ gap yig`iq va yoyiq bo`lishi mumkin. Yig`iq nominativ gap bosh bo`lakning o`zidan iborat bo`lsa, yoyiq nominativ gap bosh bo`lakdan tashqari ikkinchi darajali bo`laklardan tashkil topadi. Masalan: Kechqurun. Quyosh ufqni qip-qizil qondek lovillatib botib bormoqda. (Oybek). Iliq tun. Qumlarning shitirlashi suv yuzida engilgina suzgan qayiq sasiyday mayin sadoni eslatadi. (J.Abdullaxonov).

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin