48
Har bir odam tug„ilganidan boshlab, oliy asab tizimining ma‟lum tipiga yoki
oddiyroq aytganda, temperamentga ega. Temperamentni xarakterning ma‟lum
belgilari kabi hosil qilish, tarbiyalash, o„zgartirish mumkin emas. U tug„ilgan
vaqtdan boshlab, odamning harakatlari va emotsiyalarini boshqaradi. Zarur
bo„lganda iroda kuchi bilan o„z temperamenti namoyon bo„lishini faqatgina
pasaytirish mumkin. Lekin, buning uchun ma‟lum iroda kuchi talab qilinadi,
ma‟lumki bolada ixtiyoriy faoliyat faqat 7 yoshdan boshlanadi, lekin, hammada
ham emas (hammasi har bir go„dakning individual xususiyatlariga bog„liq).
Shuning uchun, birinchi sinf o„quvchisini o„zlashtirmaganlar uchun
o„ylamasdan urishish kerak emas, yaxshisi u qanday asab jarayonlarini namoyon
qilayotganligi xususiyatlarini tushunib yetishga harakat qilish lozim
12
.
Asab
tizimi
uchta
asosiy
xarakteristikaga
ega:
kuch,
vazminlik,
harakatchanlik.
Kuch – asab hujayralarining funksional chidamliligi, uzoq va qisqa muddatli
qo„zg„alishlarni tutib turish qobiliyati. Boshqachasiga aytganda, bu yerda gap
bolaning tez charchab qoluvchanligi va mehnatga qobiliyati, uning atrofdagi
buyumlarga nisbatan ta‟sirlanuvchanligi haqida bormoqda.
Vazminlik. Vazminlik deb, odamning asab tizimidagi qo„zg„alish va
tormozlanish jarayonlarining muvozanatini tushuniladi. Vazminlik bolada u
qanchalik chidam bilan, emotsional zo„riqishsiz o„zi boshlagan ishni oxiriga
yetkazishga qodirligida namoyon bo„ladi. Unda kayfiyat o„zgarishi qanchalik tez-
tez sodir bo„lib turishi, u o„z kuchlariga ishonadimi yoki unda yangi ishni
boshlashga dadillik yetishmaydimi va u yoki bu topshiriqni bajarish usullarini
tanlashda doimo ikkilanadimi va bunda bajara olishiga ishonchi yo„qmi ekanligida
namoyon bo„ladi.
Harakatchanlik asab tizimining tormozlanishdan qo„zg„alishga o„tishi va
aksincha qobiliyatdan iborat. Agar bolaning asab tizimi harakatchan bo„lsa, u
12
Plomin R., DeFries J.C., LoehlinJ.C. (1977) Genotype-environment interaction and correlation
in the analysis of human behavior // Psychological Bulletin. Vol. 84. P. 309-322.
49
yangi sharoitlarga oson moslashadi, bir ishdan boshqasiga oson o„ta oladi.
Agar bolaning asab tizimi harakatchanlikka ega bo„lmasa, uning har bir yangi
taassurotga adaptatsiyasi qiyin kechadi.
Asab tizimining shu hamma uchta xususiyatlari har xil darajada qo„shilgan
holda temperamentning 4 ta tipini beradi: sangvinik, xolerik, melanxolik va
flegmatik. Bolaning temperament tipini bilgan holda ota-onalarning unga o„qishda
va umuman hayotda uchraydigan u yoki bu qiyinchiliklarni yengib o„tishiga
yordam berishlari oson bo„ladi.
Agar bolangiz sangvinik bo„lsa:
Bu temperamentning kuchli, vazmin va harakatchan tipi. Sangviniklar
istalgan, hatto notanish faoliyatga oson qo„shilib ketadilar. Ularga atrofdagi
hamma narsa qiziqarli, ular hammasiga oson ko„nikadilar. Bunday bolalarga
quvnoqlik, kelajakka, o„ziga ishonch va atrofdagilarga hayrixoh munosabat xosdir.
Sangviniklar istalgan yangi axborotni oson o„zlashtiradilar, kerakli dars soatlariga
xotirjam chidaydilar. Bunday bola, odatda, jamoada yetakchi, uni o„qituvchilar va
tengqurlari yaxshi ko„radilar. Odatda, uning o„zlashtirishi bir maromda, boshqa fan
zarariga bitta fanga o„ta qiziqishni namoyon qilmaydi. Ammo, sangvinik
temperament, barcha boshqasi kabi amalda sof holda uchramaydi.
Agar bolangiz xolerik bo„lsa:
Asab tizimining bu tipi kuchli, bir xil turmaydigan, qo„zg„aluvchan bo„ladi.
Bunday bola bir joyda uzoq o„tira olmaydi. U tez yangi g„oyaga qiziqib qoladi,
lekin huddi shunday undan darov sovib ham qoladi. Uning energiyasi tugamaydi.
Bunday bola uchun darsning boshidan oxirigacha o„tirish qiyin: u o„yinqaroq,
o„zini tutib turmaydigan, javob berayotgan o„quvchilarga aytib turadigan bo„ladi.
U sabrsiz va hamma joyda ulgurishga shoshiladi. Bunday bola juda emotsional,
jizzaki va ta‟sirchan bo„ladi.
Xoleriklarning ojizligi – uzoq o„tirib ishlay olish va intizomga rioya
qilishdan iborat. Xolerik bola uchun faoliyat turini tez-tez almashtirib turish foyda
beradi. Bu unga topshiriqqa fikrini eng ko„p jamlashga, lekin, shu bilan bir vaqtda,
unga qiziqishni yo„qotmasligiga yordam beradi.
50
Maktabda bolaga bunday imkoniyatlar berilmasligini hisobga olgan holda
ota-onalar bolaning uydagi vaqtini tegishlicha tashkil qilishlari lozim. Bola
maktabdan kelgan zahoti dars tayyorlashga o„tirishini talab qilmaslik kerak. Unga
maktabda to„planib tugallanmagan energiyadan ozod bo„lishga vaqt bering. Ochiq
havoda o„yinlar, sayrlar, ota-onalar bilan xarid qilishga borish bola uchun kun
davomida ro„y bergan hamma narsa bilan o„rtoqlashishga imkoniyat beradigan va
unga energiya va hissiyotlar ortiqchaligidan qutulishga yordam beradi.
Bunday bola bilan uy vazifasini tayyorlash jarayonini bir nechta bosqichga
bo„lib, ular orasida tanaffuschalar qilish kerak. Bunday bolaga tanbehlar, jazolar,
nasihatlar yordam berishi qiyin. U yaxshi o„qiydigan bo„lib qolmaydi. Juda
bo„lmaganda, ota-onalarini hursand qilish uchun o„zini tiyishga harakat qilib
ko„radi. Bu esa, xolerik bolalarda teskari natijalarga olib keladi. Bola yig„loqi,
serjahl bo„lib qolishi, kayfiyat o„zgarishlari tezlashishi mumkin.
Agar vaziyat keskinlashsa, yaxshisi, o„qituvchi bilan suhbatlashish va bola
o„zining bilimlarini namoyish qila olishi uchun unga individual topshiriq berishni
so„rash kerak.
Agar bolangiz melanxolik bo„lsa:
Melanxolik
– asab tizimining kuchsiz turi. Bunday bola injiq,
shubhalanuvchan, tortinchoq, o„z kuchiga ishonmaydigan bo„ladi. Melanxolik
bolalar juda ta‟sirchan, jur‟atsiz va qat‟iyatsiz, o„ta arazchi, e‟tiborlari doimo o„z
muvaffaqiyatsizliklariga qaratilgan bo„ladi. Agar melanxolik bilan gaplashishda
ovozni sal baland qilish yoki unga nisbatan norozilik bildirish, uni darhol hafa
qilib, yig„lashigacha sabab bo„lishi mumkin.
Melanxolikni u topshirilayotgan yangi ishni albatta bajara olishiga
ishontirish – befoyda mashg„ulot. U qachondir bajara olmagan ishi bilan hech
qachon shug„ullanmaydi, chunki, hech narsani uddalay olmasligiga ishonadi.
Bunday xulq katta yoshdagilarga yoqmaydi, lekin, sabr qilish, chidamli bo„lish
zarur, bo„lmasa bola yana yig„lashga tushadi.
Melanxoliklar tez charchaydilar, shuning uchun ularga vaqti-vaqti bilan dam
berib turish zarur. Juda bo„lmaganda uyda shunday qilish kerak. Bolani
51
shoshirmaslik, tezlashtirmaslik, unga topshiriqni bajarishi uchun ma‟lum vaqt
berish kerak.
Eng asosiysi, melanxolik bolalarning ota-onalari bu bolalar uchun tanish
muhit juda ham jiddiy ahamiyatga ega ekanligini, yangi sharoitlarda ular o„zlarini
yo„qotib qo„yishlari mumkinligini unutmasliklari zarur. Chunki, ularning yangi
sharoitlarga moslashishlari boshqa bolalarga nisbatan uzoq vaqtni talab qiladi.
Bunda bola yangi sharoitni to„liq o„zlashtirib, atrofdagilardan nimalarni kutish
mumkinligini bilab olganidan keyin ancha o„ziga ishonuvchan bo„lib, o„z
qobiliyatlarini to„liq namoyon qiladi.
Katta yoshdagilar bunday bolalarga o„z kuchlariga ishonmasliklari va
hayajonlarini yengishda yordam berishlari kerak. Muvaffaqiyatning kaliti shunda.
Agar bolangiz flegmatik bo„lsa:
Flegmatik – kuchli, sekin qo„zg„aluvchan (inert), vazmin asab tizimi.
Flegmatiklar uchun kuchli emotsiyalar xos emas. U mulohazali, xotirjam,
shoshilmaydigan. Fegmatik bola o„zi xohlagan o„yinchoqni sotib olinganda yoki
oilaviy sayrda o„z emotsiyalarini namoyon qilmaydi. Albatta, u aytilgan
hursandchilik amalga oshmasa, xafa bo„ladi, sirkka olib borilganda xursand
bo„ladi, lekin uning emotsiyalari tashqi ifoda etilmaydi, ularni u astoydil yashiradi.
Flegmatiklarga ba‟zan nutq ifodaliligi, mimika, imo-ishoralar yetishmaydi.
Flegmatik bola o„zgarishlarga jiddiy ehtiyotkorlik bilan yondoshadi. U maktabga
uzoq vaqt ko„nika olmaydi. Uning maktabdagi muammolari uning sustkashligi
bilan bog„liq. Uning sekinlashgan reaksiyasi o„qituvchining savollariga tez javob
qaytarish imkonini bermaydi. Shuning uchun, uni ba‟zan yanglishib juda ham
qobiliyatli emas deb hisoblaydilar.
Flegmatikni shoshiltirish kerak emas, u biror narsani tez bajara olmaydi.
Lekin, vazifani u juda ham puxta bajaradi. Maktab sharoitinio„zlashtirib olgandan
keyin u yetarlicha yaxshi o„qiy boshlaydi. U bir marta idrok qilgan axborot uzoq
vaqt xotirasida qoladi va zarur bo„lganda oson tiklanadi. Bu unga o„qituvchining
savollariga xotirjam javob berish va yozma topshiriqlarni bajarish imkonini beradi.
52
Bunda flegmatiklarning aynan yozma ishlari natijasi, og„zakilariga nisbatan
yaxshiroq bo„ladi.
Salomatligi ahvoli.
Bolaning past o„zlashtirishi maktab dasturining murakkabligi bilan bog„liq
ortiqcha yuklamalar tufayli uning kuchli charchashi natijasi bo„lishi mumkin.
Bunday holda ko„riladigan choralardan biri bolani boshqa ta‟lim dasturlaridan
foydalaniladigan boshqa sinfga yoki maktabga o„tkazish bo„lishi mumkin.
Bolaning maktabdagi katta yuklamalarni bajara olmayotganligining asosiy
belgilari quyidagilarda namoyon bo„ladi:
bosh aylanishi, bosh og„rishi, tez charchash, uyquchanlik, rangi o„chganlik,
parishonxotirlik, ortiq darajadagi yig„loqilik, bolaga ilgari xos bo„lmagan
kayfiyatning tez-tez o„zgarishi, bolaning yaqqol qobiliyatlari bo„lgani holda yaxshi
o„zlashtirmasligi yoki o„zlashtirishining keskin pasayib ketishi.
O„zlashtirmaslikning boshqa sababi – organizmning uzoq kasallikdan keyin
tiklanishga yetarlicha qodir emasligidir. Bu holda oldingiga o„xshagan simptomlar
bo„ladi. Lekin, bolani boshqa dasturga ko„chirish zarurati bo„lmaydi. Faqat
ma‟lum vaqtga yuklamalarni yengillashtirish kerak. Bu muammoni o„qituvchi
bilan gaplashib hal etish mumkin. Oxirgi chora, bola o„z kuchlarini to„liq tiklashi
uchun ma‟lum muddat uyda qolishidir. Bunday vaziyatdan chiqishning eng yaxshi
yo„li – bolalar dam olish bilan birga o„qishni ham davom ettiradigan bolalar dam
olish uyi, sog„lomlashtirish lagerlari va sanatoriylar hisoblanadi.
O„ng va chap yarim sharlik.
Ba‟zan o„quvchining o„zlashtirishi unda qaysi yarim shar dominant
ekanligiga bog„liq. Barcha ta‟lim tizimi asosan chap yarim sharlik bolalar
ko„pligiga hisob qilingan holda bo„lgani tufayli, «o„ng yarim sharliklar» o„zlari
uchun yetarlicha qulay vaziyatda bo„lmaydilar va ko„pincha o„z qobiliyatlarini
to„liq darajada namoyon qilish imkoniyatiga ega bo„lmaydilar.
Dominant yarim sharning odam qobililiyatlariga ta‟siri muammosi eng
qadim zamonlardan beri olimlarning e‟tiborini tortib kelmoqda. O„tkazilgan juda
ko„p tadqiqotlar va tajriba-sinovlar natijasida quyidagi xulosalarga kelingan:
53
Chap yarim shar dominant bo„lganida odam aniq fanlargako„proq moyil
bo„ladi. Matematik tafakkurga ega odamlar ko„proq amaliyotchi va kamroq
emotsional bo„lib, ular ratsional fikrlaydilar, ijodiy masalalarni qiynalib
bajaradilar.
O„ng yarim shar dominant bo„lganida odam o„z tasavvurlarini namoyon
qilish imkoni bo„lgan mashg„ulotlarga moyil bo„ladi. Bunday odamlar ochiq,
mustaqil, ishonuvchan bo„ladilar. «O„ng yarim sharlilar» yangi g„oyalarga tez
beriladilar, ular bitta ish bilan uzoq vaqt faqat ilxomlari kelganda shug„ullanishlari
mumkin. Agar ular uzoq vaqt ilxomlanib ishlasalar, haqiqiy shedevr yaratishlari,
yoki aksincha bo„lsa, bir ishni oxiriga yetkazmasdan, boshqa g„oyaga «qiziqib»
qolishlari mumkin.
Shuning uchun, bunday bolalarning o„qishida katta muammolar chiqib
turadi, chunki ular ko„proq chalg„iydilar, o„zlarining tasavvurlaridagi olamda
bo„ladilar. Ularga ishda ko„proq tanaffuslar va doimo taassurotlarni almashtirib
turish talab qilinadi.
Rivojlangan o„ng yarim sharli odamlar orasida san‟at odamlari – artistlar,
rassomlar, musiqachilar, iste‟dodli ustalar ko„proq bo„ladi. O„ng yarim shar
Mosartda, Shopenda, Chaykovskiyda, Eynshteynda kuchliroq rivojlangan bo„lgan.
Eynshteyn esa, 4 yoshigacha gapirmagan, maktabda yomon o„qigan, matematika,
fizika bo„yicha esa, uni umuman qobiliyatsiz deb hisoblashgan.
Chap yarim shari rivojlangan odamlar – faylasuflar, muhandislar,
tilshunoslar, olimlar, siyosatchilar, biznesmenlar. Ular mantiqiy va fikr- xayoli bir
yerga to„plangan, kelajakni yaxshi bashorat qiladigan va tahlil qildishni biladigan
bo„ladilar. Bu ularning yaxshi amallarni egallashga yordam beradi. Mashhur «chap
yarim sharliklar» orasida A.Linkoln, G.Ford, B.Geytsni ko„rsatish mumkin.
Shunday qilib bolaning o„zlashtirishi muammolari faqatgina dangasalikka
bog„liq bo„lmay, o„ng yoki chap yarim shari dominant ekanligiga ham bog„liq.
Psixologik sabablar.
Ba‟zan bolaning maktab dasturini muvaffaqiyatli o„zlashtirishiga psixologik
omillar xalaqit beradi. Ular orasida, masalan, oiladagi tez-tez bo„lib turadigan
54
nizolar yoki bolaning ota-onalari ajrashganligi kabilarni ko„rsatish mumkin. Bu
esa, bolada darhol o„z aksini ko„rsatadi: u to„satdan yomon o„qiy boshlaydi, uning
diqqati pasayadi, u doim toqatsiz bo„lib, fikrini jamlay olmaydi. Aga rota-
onalardan biri bolani tinchlantirish, u bilan gaplashish, uning xavotirlarini yo„q
qilish uchun imkoniyat topa olmasa, vaziyat yanada chuqurlashadi.
Psixologik xarakterga ega bo„lgan yana bir sabab – sinfdoshlar bilan
munosabatlarda muammolar kelib chiqishidir. Qandaydir sabablar bilan (nazorat
ishida aytib bermagan, tanaffusda achchiqlashib qolgani va sh.k.) bola
kutilmaganda sinfda e‟tibordan chetda qolishi mumkin. Bola ong osti darajasida
doim shu ahvolga keltirib qo„ygan epizodni eslaydi va o„zi aybdor emasligini
isbotlashga intiladi. Agar bola o„zi noto„g„ri qilganligini tushunsa, o„zini noraso
deb hisoblashi va o„z aybini anglash xissiyoti qiynay boshlaydi.
Bunday vaziyatlar katta yoshdagilarning darhol aralashishlarini talab qiladi.
Bu maktabga yugurish va bolaning sinfdoshi bilan tekshirish o„tkazish emas, lekin
o„z farzandi bilan albatta gaplashib olish kerak. Bolaning ilgarigidek yaxshi o„qiy
olmayotganligi sababi, uni nima shunchalik bezovta qilayotganligini aniqlashga
harakat qilish kerak.
Eng asosiysi – bola bilan munosabatni yo„qotmaslik, u bilan imkoni boricha
ko„proq va tez-tez muloqotda bo„lish kerak, shunda uning hamda ota-onaning
muammolari ancha kam bo„ladi.
Irsiyat deb,ota-onalarning belgilari bolalarga o„tishini aytiladi. Maxsus
maktablardagi malakali pedagoglar bolalarni rivojlantirish bo„yicha juda katta
mehnat bilan bog„liq bo„lgan ularning matematik, musiqiy va boshqa
qobiliyatlarini takomillashtiradilar. Pedagog bilishi lozimki, ota-onalar ko„pincha
bolada, aslida g„oyat kam qobiliyatlar bo„lishi mumkinligiga qaramasdan, unda
g„ayritabiiy qobiliyatlarni ko„radilar. Shuning uchun, ota-onalarga o„z vaqtida
boladagi bor bo„lgan, sezilayotgan, ota-onasidan emas, bobolaridan o„tgan
moyillikni qanday qilib rivojlanirishni tushuntirish katta ahamiyatga ega. Irsiyat
xususiyatlari bilan bog„liq bo„lgan qobiliyatlarning bunday namoyon bo„lishi:
ularning uzoq turg„unligi, qobiliyatlar ko„p avlodlar davomida berib borilishi va
55
har doim ham birinchi avlodlarda namoyon bo„lmasligi (buni retsessiv irsiyat deb
ataladi) bilan bog„liq.
Organizmning muhit bilan o„zaro ta‟siri. Fiziologiya fani asoschilaridan
I.M.Sechenov shunday yozgan edi: «mavjudligini tutib turadigan tashqi
muhitsiz organizm bo„lishi mumkin emas, chunki, organizmning ilmiy ta‟rifiga
unga ta‟sir ko„rsatuvchi muhit ham kirishi lozim». Demak, tabiatdan va ijtimoiy
muhitdan tashqarida, aslida odam ham mavjud bo„lmaydi.
I.P.Pavlov bu qoidani rivojlantirib, odam haqida tashqi muhit bilan
chambarchas bog„langan va faqat u bilan atrof-muhitning muvozanat holati
saqlanadigan vaqtgacha mavjud bo„ladigan yaxlit organizm sifatida aytish zarur,
degan xulosaga kelgan. Shu munosabat bilan reflekslar I.Pavlov tomonidan tashqi
olamga muntazam moslashish reaksiyalari sifatida (masalan, odamning turli iqlim
sharoitlariga yoki turli yashash muhitiga moslashuvi) qaralgan edi.
Shunday qilib, odamning rivojlanishini u yashayotgan, tarbiyalanayotgan,
ishlayotgan muhitni, u kimlar bilan muloqotda ekanligini hisobga olmasdan, uning
organizmi funksiyalarini esa, ish joyiga, uy sharoitiga qo„yiladigan gigienik
talablarni hisobga olmasdan, odamning o„simliklar, jonivorlar va boshqalar bilan
munosabatlarini hisobga olmasdan turib, adekvat baholash mumkin emas.
Odam faqat ijtimoiylashuv, ya‟ni boshqa odamlar bilan o„zaro munosabat
jarayonida shaxs bo„lib yetishadi. Odamlar jamoasidan tashqarida ma‟naviy,
ijtimoiy, psixik rivojlanish ro„y berishi mumkin emas.
Odam bolalarining turli jonivorlar orasida yashagani to„g„risida quyidagi
voqealar fanda ma‟lum: odam bolasini 15ta holatda bo„rilar, 5-ayiqlar, 1-pavian va
boshqa turdagi maymunlar – kamida 10ta holatda, 1 bola leopard, 1-qo„y
tomonidan boqilgan. 1920 yilda Hindistonda doktor Sing bo„ri uyasida 2 yoshli va
5-7 yoshli 2 ta qizchalarni topib oladi. Shu jungli o„rmonidan olib kelingan qizlar
4 oyoqlab yurar va yugurar edilar, lekin faqat tunda, kunduzlari esa, burchaklarga
biqinib olib, uxlar edilar. Qizchalardan kichigi – Amala hech narsaga o„rganmagan
holda qisqa vaqtdan so„ng vafot etadi. Kattasi – Kamala – 17 yoshgacha yashadi
56
(ikki yil davomida uni tik turishga o„rgatishga to„g„ri keldi, 10 yil ichida esa,
qizcha biladigan so„zlar soni yuztaga yetdi, til o„rganishi undan nariga o„tmadi,
qo„llari bilan ovqatlanishni, stakandan ichishni o„rgandi, 17 yoshida rivojlanishi
darajasi bo„yicha Kamala 4 yoshli bolaga teng edi).
Muhit – bu odamning rivojlanishi ro„y beradigan quyidagi real voqelik
sharoitlaridan iborat:
ijtimoiy muhit (ijtimoiy tuzum, ishlab chiqarish munosabatlari, moddiy
turmush sharoitlari va b.); ijtimoiy muhitni atrofdagi uzoq odamlar doirasi tashkil
qiladi;
yaqin muhit (oila, qarindoshlar, do„stlar).
Butun dunyo pedagoglari muhit inson hayotida nihoyatda muhim ekanligini
tan olganlar, lekin muhitning ta‟sir darajasini baholashda pedagoglarning
qarashlari bir-biriga mos kelmaydi, chunki mavhum muhit mavjud emas – aniq
ijtimoiy tuzum, odam hayotining muayyan sharoitlari, uning oilasi, maktab,
do„stlari bor. Pedagoglar muhitning ta‟siri haqida gapirganlarida, avvalo, ijtimoiy
va uy muhitini nazarda tutadilar.
Uy muhiti odamning rivojlanishiga, ayniqsa, bolalik yoshida juda katta ta‟sir
ko„rsatadi. Oila ko„p jihatdan bolaning qiziqishlari doirasini va ehtiyojlarini,
qarashlarini va qadriyatlar orientatsiyasini belgilaydi; oila boladagi tabiiy
qobiliyatlarning rivojlanishi uchun sharoitlar (shu jumladan, moddiy sharoitlar)
yaratadi; oilada shaxsning axloqiy va ijtimoiy sifatlari paydo bo„ladi. Hozirgi
zamon oilasining inqirozi (ajralishlar, to„liqsiz oilalar, ijtomiy himoyaga muxtoj
bolalar sonining ortishi) mutaxassislarning fikricha, voyaga yetmaganlar orasidagi
jinoyatchilik o„sishining (huquqbuzarliklarning salmoqli qismi 14-18 yoshlilar
tomonidan sodir etilmoqda) birinchi sababidir.
Odamning rivojlanishiga muhit yoki irsiyat ko„proq ta‟sir ko„rsatishi
pedagogikadagi biogen (biogenetik) yo„nalish tarafdorlari irsiyatga afzallik
beradilar;
sotsiogen (sotsiogenetik) yo„nalish tarafdorlari muhitga afzallik beradilar.
|