Noinеrtsial sanoq tizimlaridagi inersiya kuchlari


Konvektiv issiqlik almashinuvi



Yüklə 339,78 Kb.
səhifə16/20
tarix26.12.2023
ölçüsü339,78 Kb.
#198109
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
fizika 17 talik

Konvektiv issiqlik almashinuvi.
Konvektiv issiqlik almashinuvi. Nyuton-Rixman tenglamasi. Issiqlik berish koeffitsenti va uning fizik kattaliklarga bog‘liqligi. Konvektiv issiqlik almashinuvining differensial tenglamasi.
Jarayon tasnifi va asosiy tushunchalar
Gaz yoki suyuqlik makrozarrachalarining bir joydan ikkinchi joyga siljishida issiqlik uzatilish jarayoni konvеksiya dеyiladi. Issiqlikning konvеktiv va molеkulyar uzatilishining birgalikda ta'sir etishi tufayli bo`ladigan issiqlik almashininshi konvеktiv issiqlik almashinish dеyiladi. Dеmak konvеktiv issiqlik almashinishida bir vaqtning o’zida ikki usul; konvеksiya va issiqlik o`tkazuvchanlik amalga oshadi.
Vujudga kеlish sabablariga qarab suyuqlik harakati erkin (tabiiy) va majburiy konvеksiyalarga bo`linadi. Erkin xarakatlanish (konvеksiya) notеkis isitilgan yoki zichliklar farqi bo`lgan suyuqlikda vujudga kеladi. Bunda vujudga kеladigan tеmpеraturalar farqi zichliklarning farq qilishiga va suyuqlikdagi zichligi kamroq (еngilroq) elеmеntlarning suyuqlik yuziga qalqib chiqishiga olib kеladi, bu esa harakatlanishni olib kеladi.
Suyuqlikning majburiy harakatlanishi tashqi kuzatuvchilar; vеntilyator, nasoslar va shunga o`xshashlarning ta'sir etishi bilan bog`liq.
Suyuqlikning harakati laminar va turbulеnt bo`lishi mumkin. Laminar oqimda suyuqlik qatlamlari aralashmasdan harakatlanadi. Bunda oqim yo`nalishiga normal bo`yicha issiqlik uzatilishi asosan issiqlik o`tkazuvchanlik yo`li bilan amalga oshadi.
O‘tkazgichlar, dielektriklar va yarim o‘tkazgichlar

O‘zlarining elektr o‘tkazuvchanlik xossalariga qarab qattiq jismlar metallarga (o‘tkazgichlarga), yarim o‘tkazgichlarga va dielektriklar (izolyatorlar)ga bo‘linadi.


Metallar energetik zonalari elektron bilan to‘la band qilinmagan bo‘ladi (1a-rasm) va ularga tashqaridan kuchsiz elektr maydon ta’sir etsa, elektronlar yuqorida joylashgan uzluksiz bo‘sh o‘tkazuvchanlik zonalariga o‘tib olib, ma’lum yo‘nalishda harakat qiladi va elektr toki hosil bo‘ladi. Sababi metallarda valent va o‘tkazuvchanlik energetik zonalar bir-birlari bilan “chaplashib” uzluksiz zona hosil qilgan bo‘ladi.


ΔE<2eV ΔE>2eV

a) b) v)


Yarim o‘tkazgichlarga esa valent zona elektronlar bilan to‘lgan bo‘lib, agar elektronlar o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tmasa, ular erkin bo‘lmaydi (1b-rasm). Bu zona valent zonadan ΔE~0,1¸2eV energetik masofada joylashgan bo‘ladi, unda ΔE – taqiqlangan zonaning eni. Agar elektronlar valent zonadan o‘tkazuvchanlik zonaga o‘tmasalar, tashqi elektr maydon ta’siri bilan tok hosil bo‘lmaydi. Yarim o‘tkazgichda elektr toki hosil bo‘lishi uchun, ma’lum tashqi faktor (temperatura, yorug‘lik va h.k.) yordamida elektronlar valent zonadan o‘tkazuvchanlik zonaga o‘tgan bo‘lishi kerak.
Dielektriklarda esa o‘tkazuvchanlik zonasi bilan valent zonasi orasidagi energetik masofa eng kamida ΔE=2eB va undan ko‘proq bo‘lib, umuman erkin elektronlar bo‘lmaydi (1v-rasm).
Yarim o‘tkazgichlarga asosan kristall strukturaga ega bo‘lgan juda ko‘p qattiq jismlar kiradi. Yarim o‘tkazgichlar atomlar (germaniy, kremniy, tellur, selen va h.k.) shaklida va kimyoviy birlashmalar shaklida (sulfidlar, selenidlar va h.k.) uchraydi.
Elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan, ya’ni yuqori elektr o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar o‘tkazgichlar deyiladi. Elektr o‘tkazuvchi moddalar solishtirma qarshiligining katta kichikligiga qarab elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan elektr o‘tkazgichlar (ρ=10-6¸10-4 Om×sm), izolyatorlar (ρ=105¸1018 Om×sm) va yarim o‘tkazgichlar (ρ=10-4¸105 Om×sm)ga bo‘linadi. Metallar, elektrolitlar va plazmalar elektr o‘tkazuvchidir.
Elektr o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan modda yoki jism o‘tkazgich deb ataladi. O‘tkazgichlar ikki xil bo‘ladi: birinchi tur o‘tkazgichlari va ikkinchi tur o‘tkazgichlari.
Erkin eletronlarni soni nihoyatda ko‘p bo‘lgan mis, alyuminiy kabi materiallar birinchi tur o‘tkagichlar deb aytiladi.
Amaliyotda keng qo‘llaniladigan o‘tkazgich elektr simi. Bitta yoki bir necha tomirli simlardan iborat bo‘lgan metall o‘tkazgich elektr simi deyiladi. Tovar sifatida ishlab chiqarilgan va servis sohasida keng foydalanadigan elektr simlar quyidagi turlarga bo‘linadi: izolyatsiyalangan, izolyatsiyalanmagan elektr simi; cho‘lg‘ambop elektr simi; montaj simlari, elektr shnurlari, uzaytirgich (udlinitel) va boshqa turlarga bo‘linadi.
Elektr simi elektr energiyasini o‘zatish va taqsimlash, elektr va radio signallarini uzatish hamda elektr mashinalar, transformatorlar, o‘lchash asboblari va boshqa asbob-uskunalar cho‘lg‘amlarini tayyorlashda qo‘llaniladi.
Hozirgi zamonda simli aloqa katta ahamiyatga ega. Axborotni sim orqali elektr signallar vositasida uzatish va qabul qilish simli aloqa deb aytiladi. Simli aloqa elektr aloqaning bir turi bo‘lib, undan ko‘pincha radioaloqa bilan birga foydalaniladi.
Qattiq jismlar kabi, suyuqliklarning ham dielektrigi, o‘tkazgichi va yarim o‘tkazgichi bo‘ladi. Dielektriklar jumlasiga distillangan suv, o‘tkazgichlar jumlasiga elektrolitlarning, ya’ni kislota, ishqor va tuzlarning eritmalari kiradi. Suyuq yarim o‘tkazgichlar jumlasiga, eritilgan selen, eritilgan sulfidlar kiradi.
Moddalarning qisman yoki to‘liq ionlardan tashkil topgan eritmalari yoki suyultirilgan holatdagi moddalar elektrolitlar yoki ikkinchi tur o‘tkazgichlari deyiladi. Elektrolit eritmalarining xossalarini o‘rganish bilan tokning yangi kimyoviy manbalari yaratiladi.
Elektrolitlarning suvdagi eritmalarida yoki aralashmalarida zaryad tashuvchilar musbat va manfiy zaryadlangan ionlar bo‘lgani uchun elektrolitlar ionli o‘tkazuvchanlikka ega.
Suyuqliklar elektronli o‘tkazuvchanlikka ham ega bo‘lishi mumkin. Masalan, suyuq metallar ana shunday o‘tkazuvchanlikka ega.
Elektrolit orqali elektr toki o‘tganda elektrodlarda elektrolit tarkibiy qismlarining ajralib chiqish jarayoni elektroliz deyiladi.
Texnikada elektroliz turli maqsadlarda keng qo‘llaniladi. Bir metallning sirti boshqa metallning yupqa qatlami bilan elektrolitik usulda qoplanadi (nikellash, xromlash, emallash, mis yalatish va h.k.). Bu mustahkam qoplama sirtni zanglashdan asraydi. Elektroliz yordamida turli buyumlar metall qatlami bilan qoplanadi (galvanostegiya), shuningdek, kerakli buyumlarning relefi metall nusxalari, masalan tipografiya klishelari tayyorlanadi (galvanoplastika).
Elektroliz sof metallar, xususan mis olishda keng qo‘llaniladi. Boksitlar aralashmasidan alyuminiy elektroliz yo‘li bilan olinadi. Xuddi shu usul tufavyli alyuminiy arzon, texnika va turmushda temir bilan bir qatorda eng ko‘p tarqalgan metall bo‘lib qoldi.
Amaliyotda kimyoviy tok manbai, ya’ni galvanik elementlar, batareyalar va akkumulyatorlar katta ahamiyatga ega. Ular kimyoviy energiyani o‘zgarmas tok elektr energiyasiga aylantirib beradilar. Kimyoviy tok manbalari transportda, radiotexnikada, avtomatik boshqarish sistemalarida keng ko‘lamda qo‘llaniladi.
Texnikada va amaliyotda eng ahamiyatli materiallardan biri ham elektr o‘tkazmaydigan moddalar, dielektriklardir.
Texnikada ishlatiladigan dielektriklar har xil. Ular tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Ammo ular fizik tuzilishlari jihatidan uch turga ajratiladi: 1) gaz; 2) suyuq; 3) qattiq.
Texnikada ishlatiladigan barcha izolyatsiya materiallari elektr maydoni ta’sirida ma’lum energiya nobudligiga sabab bo‘ladi. Tabiatda absolyut dielektrik yo‘q. Dielektrikdan oz bo‘lsa-da, tok o‘tadi, natijada ma’lum energiya issiqlik energiyasiga aylanadi. Agar dielektriklar o‘zgarmas kuchlanish ta’siri ostida bo‘lsa, unda hosil bo‘luvchi nobudliklar faqat Lens-Joul qonuniga bog‘liq bo‘ladi.
Dielektrikka o‘zgaruvchan kuchlanish ta’sir etsa, unda qo‘shimcha nobudliklar ham bo‘ladi. Bunday energiya nobudligi dielektrik gisterezisidir. Bu nobudlik quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(1)
bu yerda k – material xususiyatiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsiyent; f – o‘zgaruvchan tok chastotasi; E – elektr maydonining kuchlanganligi.
(1) formulasi bo‘yicha dielektrik gisterezis nobudligi chastota oshgan sari ko‘payadi. Yuqori chastotali o‘zgaruvchan kuchlanishlarda, dielektrik isitish texnikasi va boshqalarda uning hosil qiladigan nobudliklari juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Elektr energiyasi hosil qilish, yuborish va iste’mol etishda elektr o‘tkazuvchi qismlar orqali o‘tgan tok tarqalib ketmasligi uchun o‘tkazgichlar bir-biridan maxsus materiallar vositasida ajratiladi. Bular elektr izolyatsion materiallar deb ataladi.
Elektr izolyatsion materiallar qanday kuchlanishlarga bardosh berishiga qarab yuqori kuchlanish texnikasi va past kuchlanish texnikasi materiallariga bo‘linadi.
Yuqori kuchlanish texnikasi materiallarining elektr pishiqligi yuqori, elektr nobudligi va elektr o‘tkazuvchanligi oz, namga chidamli bo‘lishi shart va ularda elektr nobudligi mumkin qadar kam bo‘lishi lozim.
Past kuchlanishli texnikasida ishlatiladigan materiallarga turlicha talablar qo‘yiladi. Eng asosiy talablaridan biri shuki, vaqt o‘tishi bilan ularning xossalari o‘zgarmasligi lozim. Shuningdek, ular eskirmasligi lozim.
Amaliyotda tovar sifatida qo‘llaniladigan izolyatsion mayetriallar klassifikatsiyasini ko‘rib chiqamiz.
1) Organik elektr izolyatsion materiallar.
Uglerod birikmalaridan tuzilgan moddalar izolyatsion material ravishida ko‘p ishlatiladi. Bunday organik dielektriklar suyuq, yopishqoq, mumsimon, qattiq bo‘lishi mumkin.
Suyuq izolyatsion materiallar uch xil bo‘ladi: neft moyi; sintetik suyuqliklar; o‘simlik moylari.
Neft moylaridan keng iste’mol etiladigan – transformotor moyidir. Kabel va kondensator sanoatida ishlatiladigan neft moylari kabel va kondensator moyi deb aytiladi.

Yüklə 339,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin