Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 88,12 Kb.
səhifə31/50
tarix20.06.2023
ölçüsü88,12 Kb.
#133259
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50
Документ DOCX

35-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirish uchun qirib o‘chirilgan yoki qo‘shimchalar kiritilgan, so‘zlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari bo‘lgan hujjatlarni, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlarni qabul qilmaydi. Agar hujjatdagi mavjud izoh berilmagan tuzatishlar yoki boshqa kamchiliklar taqdim etilgan hujjatning maqsadi uchun ahamiyatsiz bo‘lsa, notarius bunday hujjatni notarial harakatni amalga oshirish uchun qabul qilishga haqli.
(35-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Notarial tasdiqlanadigan bitimlarning matni aniq va ravshan yozilgan bo‘lishi kerak, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech bo‘lmaganda bir marta so‘z bilan, yuridik shaxslarning nomlari esa — ular organlarining manzillarini ko‘rsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi to‘liq yozilib, yashash joyi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Bir varaqdan ortiq bo‘lgan hujjat ip o‘tkazib tikilgan, varaqlari raqamlangan va muhr bosib tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
36-modda. Tasdiqlovchi yozuvlarni yozish va guvohnomalar berish
Bitimlarni tasdiqlashda, hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini, hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasi to‘g‘riligini tasdiqlashda, hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashda tegishli hujjatlarga tasdiqlovchi yozuvlar yoziladi.
Merosga bo‘lgan huquq, mulk huquqi tasdiqlanganda, fuqaroning tirik ekanligi va muayyan joyda ekanligi faktlari, fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligi tasdiqlanganda, saqlash uchun hujjatlar qabul qilib olinganida tegishli guvohnomalar beriladi.

Yüklə 88,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin