MATga periferiyadan yoki reflekslar paytida bir neyrondan ikkinchisiga o‘tkaziladigan impulslar nafaqat qo‘zg‘alishni, balki tormozlanishni ham chaqiradilar. Ushbu jarayon asabli faollikni tugatilishi yoki susayishi bilan xarakterlanadi, u qo‘zg‘alishni bostiradi va uni paydo bolishiga qarshilik ko‘rsatadi. Tormozlamsh, asab impulslari ta’siri ostida periferik a’zolarda (yurak, jigar, ichaklar, bezlar) ham paydo bo‘lishi mumkin.
Bu holatda u, faoliyatni tugatilishida yoki susayishida, ya’ni mushakning qisqarishida, bezlaming sekret ishlab chiqishida namoyon bo‘ladi. MATning neyronlar joylashgan qismlari, biron-bir faoliyatni amalga oshiruvchi (bosh miya va orqa miya qismlari), ularga ma’lum bir periferik retseptorlardan impulslar keluvchi va ular impulslami periferik a’zolarga uzatuvchi qismlar - asab markazlari deb ataladi.