Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti magistratura bo



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə14/24
tarix12.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128865
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bobomurod dis

2.2-rasm. Biogaz tarkibidagi gazlar.
O‘rtacha 1 kg organik modda 70% biologik parchalanganda 0,18 kg metan, 0,32 kg karbonat angidrid, 0,2 kg suv va 0,3 kg ajralmaydigan qoldiqqa bo‘linadi.
Fermentatsiya natijasida hosil bo‘lgan gazlardan uylarni va suvni isitishda, ovqat
tayyorlashda va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. Ayniqsa, asosiy energetik tarmoqlardan uzoqda joylashgan qishloqlarda biogazdan foydalanish qishloq aholisi uchun juda ko‘p qulayliklarni yaratishga xizmat qiladi.
Qadimda Xitoyda birinchi bo‘lib biogazdan foydalanilgan. Shuning uchun
hozirgi kunda biogaz ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarni Xitoy
egallaydi. O‘tgan asrning 70- yillari o‘rtalarida bu mamlkatda bir millionga yaqin
metantenklar qurilib ishga tushirilgan. Hozirgi vaqtda ularning soni 20 mln. dan oshib ketgan. Xitoy Xalq Respublikasida milliy energo iste’molining 30%i biogaz
hisobidan qoplanadi. Biogaz ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni
Hindiston egallaydi. O‘tgan asrning 30-yillarida dunyoda birinchi bo’lib Hindistonda biogaz olish texnologiyasini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur qabul qilingan. 2000-yilning oxirlarida Hindistonning qishloqlarida qurilgan metantenklarning soni 1 mln. dan oshib ketdi. Natijada bir qancha qishloqlarning energiya bilan ta’minlanishi va ularning sanitar-gigiyenik holati yaxshilandi, o‘rmonlardagi daraxtlarni kesish keskin kamaydi va tuproqning tarkibi yaxshilandi. Nepalda milliy biogaz kompaniyasi tashkil qilindi va u faollik bilan ish olib bormoqda. Yaponiyaning 8 dona chorvachilik xo‘jaliklarida qurilgan biogaz qurilmalari muvaffaqiyatli ekspluatatsiya qilinmoqda. Dastlabki hisoblar shuni ko‘rsatadiki, chiqindilar bilan aralashtirilgan 1 tonna o‘simlik biomassasidan 350 m3 (metan, vodorod) gaz olish mumkin. Bir sigirning go‘ngidan bir kunda 4,2 m3 gacha biogaz olish mumkin. 1 m3 biogazning energiyasi 0,6 m3 tabiiy yoqilg‘i gaz, 0,74l neft, 0,65l dizel yoqilg‘isi, 0,48l benzin va boshqalarning energiyasiga to’g’ri keladi. Biogaz qo‘llash bilan yoqilg‘i mazuti, ko‘mir, elektr energiyasi va boshqa elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi manbalar tejaladi. Biogaz qurilmalarini tadbiq etish chorvachilik va parrandachilik fermalarining hamda ular joylashgan atrof-muhit ekologiyasini yaxshilaydi. Bir kilogramm go‘ngdan qancha gaz olish mumkin? Bir litr suvni qaynatish uchun 26 litr gaz sarflanishini hisobga olib quyidagi chiqindilardan qancha suvni qaynatishga yetarli gaz olish mumkinligi aniqlangan:
- qoramolning 1 kg go’ngidan 7,5 + 15 litr suvni qaynatishga;
- cho‘chqaning 1 kg go’ngidan 19 litr suvni qaynatishga;
- qushlarning 1 kg tezagidan 11,5 + 23 litr suvni qaynatishga;
- dukkakli ekinlarning 1 kg poxolidan 11,5 litr suvni qaynatishga;
- kartoshkaning 1 kg poyasidan 17 litr suvni qaynatishga;
- pomidorning 1 kg poyasidan 27 litr suvni qaynatishga.19
Biogazning afzalliklaridan biri, xohlagan joyda issiqlik va elektr energiyasi
ishlab chiqarish mumkinligidir. Chiqindilarni biokonversiya jarayoni energetik muammoni hal qilishdan tashqari yana ikkita masalani hal qiladi. Birinchidan,
achigan go‘ng odatdagi go‘ngga qaraganda qishloq xo‘jalik ekinlarining
hosildorligini 10 + 20% oshiradi. Ikkinchidan, chiqindilar achigan vaqtda go‘ng
tarkibida ko‘p miqdorda boigan begona o‘tlarning urug‘lari, har xil mikroblarning
birikmalari, gelmintin uruglari va yoqimsiz hidlar yo‘qotiladi.
Hayvon axlatlaridan va oqova suvlaridan oqilona foydalanishni yo‘llaridan biri ularni anaerob sharoitda bijg‘itishdir. Bu jarayonda axlatni zararsizlantirilib, bir vaqtni o‘zida uni eng muhim organik o‘g‘itlik sifatini saqlab qolgan holda, undan biogaz olish mumkin. Metanli bijg‘itish yoki biometanogenez - biomassani
energiyaga aylantirish jarayoni qadim-qadimlardan ma’lum bo‘lgan jarayondir. U
1776 yilda Volta tomonidan ochilgan bo‘lib, dastlab u botqoqlardagi gazda metan
borligini aniqlagan. Mana shu jarayonda hosil bo‘ladigan biogaz 65% metan, 30%
karbonat angidrid, 1% oltingugurt kislotasi (H2S) va unchalik ko‘p bo‘lmagan
miqdorda azot, kislorod, vodorod va uglerod ikki oksidi saqlaydi. Botqoq gazi,
ba’zida klar-gaz ham deb yuritiladi, ko‘k - havo rang berib alangalanadi, hid
chiqarmaydi. Uni tutun chiqarmasdan alangalanishi insonlarga o‘tin, xayvonlar
tezaklari va boshqa yoqilg‘ilarga nisbatan kamroq tashvish tug‘diradi. 28 m3 biogaz energiyasi, 16,8 m3 tabiiy gaz, 20,8 l neft yoki 1 8,4 l dizel yonilg‘isiga tengdir. Organik chiqindilarni anaerob bijg‘itishga asoslangan tozalash inshootlarini birinchisi 1895-yilda Angliyani Ekzeger shahrida qurib ishga tushirilgan edi. Bu inshootni sanitariya vazifasidan tashqari ko‘chalarni yoritish uchun elektr energiyasi tayyorlash sarf bo‘ladigan biogaz ishlab chiqarish bo‘lgan. Chiqindilarga anaerob ishlov berish uzoq vaqt suv tozalash stansiyalarini cho‘kmalarini va chorvachilikni chiqindilarini mo‘tadillash maqsadida ishlatib kelingan.20
Biogazning afzalliklari quyidagilardan iborat:
- atrof-muhitning ifloslanishi kamayishi hisobiga insonlarning sog‘lig‘i
yaxshilanadi;
- uzoq qishloqlarda ham maishiy qulayliklar yaratadi;
- yerlarning hosildorligini oshiradi;
- chiqindilardan foyda olish imkonini beradi;
- energetik qaramlikdan ozod qiladi.
Shuning uchun hozirgi kunda mamlakatimizda biogazdan keng foydalanish
yo‘lga qo‘yilmoqda.


Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin