Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar



Yüklə 181,83 Kb.
səhifə46/83
tarix20.04.2023
ölçüsü181,83 Kb.
#101000
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

64.O’qib chiqqanman, o’qib chiqibman, o’qib chiqmoq . Yuqoridagi ko’makchi fe’lli so’z qo’shimchalarining ko’makchi fe’lida qanday birliklar mavjud ?
A) ravishdosh va shaxs-son qo’shimchalari
B) sifatdosh va shaxs –son qo’shimchalari
C) sifatdosh, xarakat nomi va shaxs-son qo’shimchalari
D) sifatdosh, ravishdosh shaxs-son va zamon qo’shimchalari
65.Birpasgina bo’lsa ham ko’rinish berib, notavon ko’nglimni tinchitib ketsang bo’lgani.
Ushbu gapdagi ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasini toping.
A) ko’nglimni tinchitib
B) tinchitib ketsang
C) tinchitib ketsang bo’lgani
D) ketsang bo’lgani
66.Qaysi gapda ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi mavjud?
A) Men tog’amnikiga bir nafasga kirib chiqdim.
B) Akam Andijonga borib keldi.
C) CHoyxonachi patnisda qand-qurs, kabobpaz kabob olib keldi.
D) Mirsodiq eshikni sekin ochdi-yu, sevinib ketdi.
67.Qaysi fe’llar yasalganda ikkinchi bo’g’indagi – i unlisi tushib qolgan.
A) yasha, sana B) qiyna, o’yna
C) pasay, susay D) dukulla, gursulla
68.Otdan, sifatdan, ravishdan va undov so’zdan yasalgan fe’llarni tartib bilan belgilang .
A) ishla, yaxshilan, tezla, yarqira
B) shodlan, chirsilla, gulla, ho’pla
C) gapir, to’g’rila, tezla, dodla
D) tuzla, sekinla, boshla, ohla
69.Sifatdan fe’l yasovchi qo’shimchani toping.
A) -sa B) -ar C) -illa D) -ira
70.Qaysi so’z turkumlaridan fe’l yasaladi ?
1.otdan 2.sifatdan 3.sondan 4.olmoshdan 5.ravishdan 6.taqlid so’zdan
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 2
C) 1, 2, 5, 6 D) 1, 2, 4, 5, 6
71.Qaysi so’zlarga qo’shimcha qo’shish orqali fe’l yasash mumkin? 1.ot 2.sifat 3.son 4.olmosh 5.ravish 6.taqlid so’z 7.fe’l 8.undov so’z 9. modal so’z
A) 1, 2, 4, 5, 8 B) 1, 2, 3, 5, 6, 8
C) yuqoridagilarning barchasidan fe’l yasash mumkin D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 8, 9
72.Fe’llar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
A) sodda fe’llar va qo’shma fe’llar
B) sodda fe’llar, qo’shma fe’lar, juft fe’llar
C) sodda fe’llar, qo’shma fe’llar, yasama fe’llar
D) sodda fe’llar, qo’shma fe’llar, takroriy fe’llar
73.Qaysi qatorda qo’shma fe’lning ta’rifi to’g’ri va to’liqroq berilgan?
A) Ikki yoki undan ortiq so’zdan tashkil topib, nima qildi? nima qilyapti? so’rog’iga javob bo’luvchi fe’llar .
B) Birdan ortiq so’zlarning birikuvidan yangi ma’noli boshqa bir fe’l hosil bo’lgan so’zlar
C) Yetakchi va ko’makchi fe’llardan tashkil topib, nima qildi?, nima qiladi ? kabi so’roqlarga javob bo’luvchi fe’llar .
D) Birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar orasiga boshqa qo’shimchalarni qo’shib bo’lmaydigan, bitta so’roqqa javob bo’luvchi fe’llar .
74.Qaysi qatorda qo’shma fe’lli gap berilmagan?
A) Xalq va Vatan farzandlarini barkamol tarbiya qildi .
B) Xamir yaxshi qorisa, barakasi ham yaxshi bo’ladi, – dedi Matqobul .
C) SHifokor bemorni tekshirib, yurak urishini eshitib ko’rdi .
D) SHunda xashaklar orasidan nimadir chirs etdi .
75.Ot + fe’l shaklidagi qo’shma fe’llarda otdan tashqari yana qanday so’zlar ishtirok etishi mumkin .
A) ot va sifat B) faqat ot
C) ot, sifat, son, olmosh, undov va taqlid so’zlar
D) ot, sifat, son, undov va taqlid so’zlar
76.Ikki fe’l juftligidan tashkil topgan, bitta so’roqqa javob bo’luvchi va gapda bitta gap bo’lagi vazifasida keluvchi fe’llar ...
A) sodda fe’llar B) qo’shma fe’llar
C) juft fe’llar
D) ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi
77.Ot+fe’l turidagi qo’shma fe’llarda asosan qaysi so’zlar ishtirok etadi?
A) ket, tur, bor B) qil, et, bo’l
C) so’ra, ol, ko’r D) tut, kut, yet
78.Fe’l+fe’l turidagi qo’shma fe’llarning ikkinchisida asosan qanday so’zlar ishtirok etadi?
A) yur, tur, qur B) ol, yoz, ko’r
C) kel, bor, so’ra D) kel, ket, ol

Yüklə 181,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin