«Windows»da ma‘lumotlarni tartibga keltirish maqsadida disklarni
defragmentatsiya qilish uchun o‗rnatilgan vositasi mavjud – bu diskning yanada
samarali ishlash imkonini beradi. Defragmentatsiya jarayonini foydalanuvchi
tomonidan hamda aniq boshlanish vaqtini belgilash orqali avtomatik ishga
tushirish imkoniyati mavjud. Shu bilan birga defragmentatsiyaning SSD-
disklarga zarar keltirishi haqida ko‗rsatmalar bor. Shuning uchun bu turdagi
disklarda ushbu jarayonni amalga oshirmagan ma‘qul (vaholanki ularni qo‗llab-
quvvatlovchi defragmentatsiya dasturlari mavjud, dasturlar ko‗rsatmalariga aniq
rioya etish esa juda muhim).
10. Vaqti-vaqti bilan kompyuterni qayta ishga tushirish (perezagruzka)
Kompyuterning to‗xtovsiz ishlashi bilan ba‘zi dasturlar kerak bo‗lganidan ko‗ra
ko‗proq xotira iste‘mol qilishni boshlaydi – bu esa vaqt o‗tishi bilan
kompyuterning sekin ishlashiga olib keladi. Qayta ishga tushirish ortiqcha band
bo‗lib turgan xotirani ―bo‗shatishga‖ yordam beradi. Bundan tashqari, ishni
to‗xtatib qo‗ymaslik uchun foydalanuvchi tomonidan ancha payt ortga
surilayotgan yangilanishlar (obnovleniya) kompyuter qayta ishga tushganidan
so‗ng (agar ular mavjud bo‗lsa) o‗rnatiladi – ular turli xatolarni yopishi va
qurilmaning tezlashishiga ham ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: