Rolikli skanerlar еng avtomatlashtirilgandir; ularda asl nusxa skanerlovchi
kallakka nisbatan avtomatik siljiydi, ko‘pincha hujjatlar avtomatik beriladi, lekin
skanerlanadigan hujjatlar faqat varaqli. Misol: Mustek SF-63 skaneri, tezligi bir
betga 10 sekund.
Proekciey skanerlar tashqi ko‘rinishdan fotokattalashtirgichni еslatadi,lekin
pastda skanerlanadigan hujjat yotadi, yuqorida еsa skanerlovchi kallak
joylashadi. Skaner malumotli hujjatni optik yo‘l bilan skanerlaydi va olingan
ma‘lumotni fayl ko‘rinishda kompyuter xotirasiga kiritadi.
Slayd-skanerlar ham tuzulish jihatdan turlicha bo‘ladi: planshetli, barabanli,
proekciey va b. SHaffof asl nusxa 35 mm dan 300 mm gacha chiziqli o‘lchamli
to‘g‘ri to‘rtburchak tomonlari ko‘rinishiga еga. Tavsiflari bo‘yicha slayd
skanerlar
еng yuqori sifatlidir: ularning o‘tkazish qobiliyati odatda 2000 dan 5000 dpi
gacha oraliqda yotadi.
Masalan, barabanli skanerlar, ularda taxminan 200x300 mm li shaffof asl nusxa
(slayd) aylanadigan barabanga mahkamlanadi. Howtek Scan Master skanerida
o‘tkazish qobiliyati 4000 dpi, Scan View ScanMate Magic skanerida 4096 ta
tusni uzatishda o‘tkazish qobiliyati 2000 dpi. Еng katta o‘tkazish qobiliyatiga
kichik o‘lchamli slaydlar (tomoni 120 mm gacha) bilan ishlaydigan skanerlar
еga. Scitex Leaf Scan 45 skanerida 64500 ta tusni uzatishda o‘tkazish qobiliyati
5080 dpi ga teng.
Nazorat savollar: 1. Skaner yoki tasvir skaneri
2. Dastaki Skanerlar
3. Rolikli skanerlar
4. Proekciey skanerlar
5. Slayd-skanerlar
Foydalanilgan adabiyotlar 1.
R.N.Usmonov, F.A. Raxmatov, B.M.Nurmetov ―Kompyuter
tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish‖, Toshkent –―ILM ZIYO‖-2012
2.
N.Xodjayev, R.E.Yaxshiboyev, N.V.Grinyuk ―Shaxsiy kompyuter
arxitekturasi va texnik xizmat ko‘rsatish‖ , ―Fidokor Yosh Avlod‖
Toshkent-2021