tizim drayverlari, qo‘shimcha tizim xizmatlari va boshqalar) o‘rnatilgandan
so‘ng qotib qoladigan bo‘lib qolsa, unda avvaliga uni o‘chirib tashlab sinab
ko‘rish kerak. Juda bo‘lmaganida tizimni qayta o‘rnatish zarur bo‘ladi. Bundan
tashqari, barcha shleyflar yaxshi ulanganligini, xotira plankalarini, kengaytirish
platalarini tekshirib chiqish kerak. Ular mahkam va tekis ulangan bo‘lishi kerak.
Ba‘zida sistemani oxirgi vintigacha yechib tashlash va puxta o‘ylab, yaxshilab
qayta yig‘ish ham yordam beradi. Juda og‘ir holatlarda unchalik zarur
bo‘lmagan barcha komponentlarni — tovush kartalari, optik disklar, tyunerlarni
atrof qo‘shimcha qurilmalarini o‘chirib qo‘yish ham juda foydali bo‘ladi. Agar
shunday holatda ShK yaxshi ishlasa, unda «devayslarni» navbat bilan o‘z joyiga
qaytarib, qotib qolishga sababchi aybdorni topish mumkin.
Dostları ilə paylaş: