Protaminlar oqisllarning eng soddasi bo’lib, ishqoriy oqsillar qatoriga kiradi. Bu oqsillar tarkibida arginin va lizin miqdori ko’proq (80% gacha) bo’lib, kuchli ishqoriy хossaga ega. Protaminlar suvda eriydi, qizdirilganda cho’kmaydi, Lekin boshqa oqsillar ta`sirida cho’kmaga tushadi.
Оqsillarning molekulyar massalari oqsillar yuqori molekulyar birikmalar qatoriga kiradilar, oqsillarning makro molekulyar strukturasiga qarab, minglab ribosoma qoldiqlaridan tashkil topganligi natijasida ma`lum bir molekulyar og’irlikka ega bo’ladi. Оqsillarning molekulyar og’irligi eng pastki chegarasi 6 000 dalton (D), yuqori chegarasi 1 000 000 va undan ham ortiq daltonni tashkil etadi. Aksari oqsillar 30 000 -50 000 dalton molekulyar massaga ega bo’lib, bular ko’pincha bitta polipeptid zanjirlardan tashkil topgan bo’ladilar.
Ba`zi oqsillarning molekulyar og’irligi 2 – jadval.