O‘quvchi tomonidan bajarilgan ushbu ish loyiha hisoblanadimi?
Javob
1
O‘quvchi o‘z sinfdoshlariga muayyan mavzu yuzasidan o‘qituvchi tavsiya etgan adabiyotdan olgan ma’lumotlarni ma’ruza qilmoqda.
Ha / Yo‘q
2
O‘quvchi muayyan mavzu yuzasidan bir nechta manbalar (turli adabiyotlar, internet)dan ma’lumot olib, referat tayyorladi.
Ha / Yo‘q
3
O‘quvchi dunyo xalqlari raqslariga qiziqadi. U o‘nlab raqslarning videosini tomosha qilgach, bir nechta yo‘nalishlarni uyg‘unlashtirgan holda o‘z raqsini o‘ylab topdi. O‘quvchi maktabdagi tadbirda ushbu raqsni namoyish qildi va barchani hayratda qoldirdi.
Ha / Yo‘q
O‘quvchi loyihani amalga oshirishda ma’lumot to‘plash uchun bir nechta metodni o‘zi tanlaydi va qo‘llaydi.
1-savolning javobi: “Yo‘q”. 2-savolning javobi: “Yo‘q”.
O‘quvchi referat yozish uchun turli manbalardan ma’lumot to‘playdi, bunda yangi xulosa va natijaga erishmaydi. Loyiha ishida esa olingan ma’lumot asosida biror bir yangilik yaratiladi. Loyiha aniq ko‘zlangan maqsadga erishish uchun amalga oshiriladi.
O‘quvchi juda ko‘p ishni bajargan va muvaffaqiyatga erishgan bo‘lishiga qaramay, bu ijodiy ishni loyiha deb atash mumkin emas, chunki uning maqsadi yo‘q. Loyiha va yakuniy mahsulot har doim biror bir maqsadni ko‘zlagan holda amalga oshiriladi.
3-savolning javobi: “Yo‘q”.
Quyidagilarning qaysi biri loyiha ishi bo‘la oladi?
Uchburchak elementlarini mustaqil o‘rganish
Suv hajmini aniqlash uchun oqar suvning tezligini o‘lchash