Karbon kislotalar va ularning xossalari. Tuzilishi, turlari va nomlanishi. Karbon kislotalarning xossalari va tabiiy manbalari. Karboksil- guruhdagi vodorod atomi, gidroksil- guruhi, karbonil- guruhi va uglevodorod zanjiri bo‘yicha boradigan reaksiyalar. sp2-Gibridlangan uglerod atomida boradigan nuklofil almashinish reaksiyalari.
Dikarbon kislotalar. Kislota xossalarining o‘zgarishi. To‘yinmagan monokarbon kislotalar.
13
Nitrobirikmalar. Aminlar. Tuzilishi va xossalari. Nomlanishi, turlari va tuzilishi. Nitrobirikmalarni olish usullari.
Kimyoviy xossalari. Alifatik uglevodorodlarning galogen-, gidroksi- va amino- hosilalaridan, amidlardan, azidlardan, karbon kislota gidrazidlari va gidroksam kislotalaridan olish usullari. Kimyoviy xossalari. Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlarning xarakterli reaksiyalari va ishlatilish sohalari.
14
Diazobirikmalar tuzilishi va xossalari. Diazobirikmalar. Alifatik va aromatik diazobirikmalar. Diazotirlash reaksiyasi, uni amalga oshirish sharoitining amin tuzilishiga bog‘liqligi. Diazotirlovchi agentlar va reaksiya sharoitlari. Diazobirikmalarning azot chiqishi bilan boradigan reaksiyalari: diazoguruhni vodorodga, galogenlarga, gidroksil-, sian- va nitro- guruhlariga almashtirish. Diazobirikmalarning azot chiqmasdan boradigan reaksiyalari. Diazobirikmalarning qo‘llanish sohalari.
15
Organik birikmalarda boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining o‘ziga xos tomonlari va ularni nazariy asoslash. Organik birikmalarda atomlarning valentligi, oksidlanish darajalari va ularni aniqlash. Portlash reaksiyalari. Selektiv oksidlash va qaytarish reaksiyalari. Selektivlikning vujudga kelish sabablari. Oksidlovchi va qaytaruvchilar. Oksidlanish va qaytarilishning oksidlovchi va qaytaruvchi kuchi, reaksiya sharoitiga bog‘liqligi.