Orqa miya. Orqa miya umurtqa kanalida I bo‘yin umurtqasi bilan II bel umurtqasi oralig‘ida joylashgan bo‘lib, katta odamda vazni 30 40 g, uzunligi 45 sm ga teng. Yangi tug‘ilgan bolada 6-10 g, uzunligi -15 sm


Refleks – nerv faoliyatining asosiy shakli



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə3/6
tarix11.06.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#128361
1   2   3   4   5   6
Taqdimot (3)

Refleks – nerv faoliyatining asosiy shakli.

Refleks – nerv faoliyatining asosiy shakli.

Nerv sistemasining faoliyati reflektor tarzida amalga oshadi. Ichki va tashqi muhit ta’sirlariga markaziy nerv sistemasi orqali qaytariladigan javob reaksiyasi refleks deb ataladi. Tashqi ta’sirlar eng avvalo o‘ta sezgir periferik nerv uchlari – retseptorlar orqali qabul qilinadi. Nerv sistemasi tashqi ta’sir natijasida faol holatga kelib, qo‘zg’alishni javob qaytaruvchi organga o‘tkazadi.

Refleks yoy retseptor, markazga intiluvchi nerv, ya’ni afferent nerv, nerv markazi (orqa va bosh miya), markazdan qochuvchi nerv, ya’ni efferent nerv va ish bajaruvchi organ yoki effektor organdan tashkil topgan. Retseptorlar joylashishiga qarab tashqi – ekstroretseptorlar va ichki interretseptorlarga bo‘linadi.

Ekstroretseptorlarga teri, ko‘z, quloq, hid bilish, ta’m bilish organlarida joylashgan retseptorlar kiradi, ular turli xildagi tashqi ta’sirni qabul qiladi. Interretseptorlar esa ichki organlarda joylashgan, ular organizmning o‘zida hosil bo’ladigan ta’sirni qabul qiladi. Prioprioretseptorlar muskullar, paylar va bo‘g‘imlarda joylashgan retseptorlardir.

Refleksning turlari. Turli ta’sirlarga javoban organizm tomonidan ko‘rsatiladigan xilma-xil refiektor reaksiyalar shartsiz va shartli reflekslar deb, ikkita asosiy guruhga bo‘linadi.

Refleksning turlari. Turli ta’sirlarga javoban organizm tomonidan ko‘rsatiladigan xilma-xil refiektor reaksiyalar shartsiz va shartli reflekslar deb, ikkita asosiy guruhga bo‘linadi.

Shartsiz reflekslar tug‘ma bo‘lib, evolyutsiya jarayonida shakllangan va nasldan-naslga o‘tadi. Bu reflekslar bola hayotida muhim biologik ahamiyatga ega.

Shartli reflekslar esa har bir individga xos bo‘lib, hayot davomida ham orttiriladi va hayotiy muhim hisoblanadi. Shartli reflekslar hosil bo‘lishi uchun ma’lum sharoit bo‘lishi shart.

  • Shartsiz reflekslar bosh miya katta yarim sharlari ishtirokisiz ham hosil bo‘lishi mumkin, lekin shartli reflekslarning hosil bo‘lishi uchun orqa miya va bosh miyaning sop qismi bilan birga ko‘proq bosh miya katta yarim sharlari ishtirok etadi.

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin