O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə35/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

3.2. Sun'iy nafas berish

Sun'iy nafas berish kislorod bilan ta'minlab, organizmdan karbonat gazini olib chiqib ketish, organizmni energiya bilan va modda almashinuvini ta'minlab turishdan iborat. Ma'lumki, bemorlar og'ir holatlarda o'zlarini kislorod bilan to'liq ta'minlay olmaydilar. Organizmni kislorod bilan ta'minlash uchun esa quvvat (energiya) kerak. Og'ir holatdagi organizmda tabiiyki energiya yo'q, chunki nafas mushaklari charchagan, organizm holdan toygan bo'ladi. Sun'iy nafas berish foydali bo'lishi bilan bir qatorda, agar ko'rsatmalari noto'g'ri tanlansa, u zararli bo'lishi ham mumkin. Uzoq vaqt sun'iy nafas berish natijasida ko'krak qafasida bosim oshadi, yurakka qon kelmaydi, o'pkada gazlar almashinuvi buziladi, ya'ni gaz almashinish bilan qon aylanish munosabati buziladi. Sun'iy nafas berish tartibi to'g'ri tanlanishi kerak, ya'ni nafas berish qisqa, nafas chiqarish jarayoni sust bo'lishi kerak. O'pka shishuvida — suvga cho'kkan bemorlarda, o'pka shokida, nafas yetishmovchiligining og'ir darajalarida, klinik qon aylanish doirasida dimlanish bo'lganda sun'iy nafas musbat bosim ostida beriladi. Sun'iy nafas maxsus respiratorlar yordamida beriladi. Har ikki-uch soatda bemorni aylantirib, orqasiga maz va spirt surtib turish kerak, aks holda turli xil yotoq yaralar paydo bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, sun'iy nafas berilayotgan bemorlar infeksiyaga moyil bo'ladilar, shuni e'tiborga olib ish ko'rish maqsadga muvofiqdir. Sun'iy nafas berishda organizm 1,5—2 litrgacha suyuqlik yo'qotishini hisobga olib, infuzion terapiya va bronxlarni lavaj qilib turish darkor.

Sun'iy nafas berish quyidagi holatlarda qo'llaniladi: gipo-ventilatsiya va apnoe; nafasning 40—45 tadan oshishi va hansirash kuchayganda; o'pka-yurak operatsiyalari hamda uzoq davom etadigan operatsiyalarda; o'pkada bosim ospganda — zaruriyat tug'ilsa, uzoq davom etadigan tutqanoqlarni bartaraf etish uchun miorelaksantlar qo'llashga to'g'ri kelganda, gipertermiyalarda, eklampsiyalarda, og'ir bosh-miya shikastlari va kuchli zaharlanishlarda, ko'p qon ketganda; organizmning kompen-satorlik imkoniyatlari charchaganda, nafas ritmi buzilganda.

Kuzatishlar shuni ko'rsatdiki, og'ir shikastlarda ikki soat ichida bemorga sun'iy nafas berilsa, o'lim 55 % dan 37 % gacha kamayar ekan, 6 soatdan keyin olinsa, o'lim 80,6 % ga oshadi.

Sun'iy nafas berish vaqtida o'pka ichida bosim oshadi, yurakka kelib tushadigan qon miqdori kamayadi. O'pkada qon aylanishi buziladi, kichik qon aylanish doirasida bosim oshadi, o'pkadagi o'zgarishlarda nafas asidozi sodir bo'ladi, buyrakda siydik ajralishi buziladi. Gipovolemiyada sun'iy nafas berishda qonning yurakka qaytishi sekinlashib, yurakdan chiqadigan qon miqdori kamayadi. * Sun'iy nafas berishda o'pkada ventilatsiya — perfuziya munosabati va gazlarning tarqalishi buziladi.

Sun'iy nafasni:



  • musbat bosim bilan;

  • o'z nafasida yoki o'zi nafas ololmaganda apparat bilan;

  • faol ravishda berish mumkin.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin