Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Rahbar: 
Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va ularni tartibga solish yuzasidan o‘z 
vaqtida chora-tadbirlar ko‘rishi; 
Korrupsiyaning oldini olish choralarini ko‘rishi; 


95 
Xodimlarni samarali boshqarishi, o‘ziga ishonib topshirilgan mulkka va 
moliyaviy mablag‘larga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishi 
shart. 
Rahbar o‘ziga bo‘ysunuvchi, xizmatdagi xulq-atvori prinsiplari va qoidalarini 
buzayotgan xodimlarning hatti-harakatlariga (harakatsizligiga) yo‘l qo‘yilmasligi 
choralarini ko‘rmaganligi uchun javob beradi. 
Davlat xizmatchilari xulq-atvori bilan jamoada boshqa davlat xizmatchilari 
bilan o‘zaro ishchanlik va amaliy hamkorlik qaror topishiga da’vat etilgan. 
Davlat xizmatchilari xushmuomala, iltifotli, odobli, e’tiborli, fuqarolar va 
hamkasblari bilan munosabatda sabr-toqatli bo‘lishi, ularni hurmat qilishi shart. 
Davlat xizmatchilari o‘ziga bo‘ysunuvchilarga va fuqarolarga nisbatan qo‘pollik 
qilmasligi, odamlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi, ularga asossiz 
psixologik va jismoniy ta’sir ko‘rsatish holatlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 
Xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida ish sharoitlari va xizmat tadbirlarining 
shakliga bog‘liq holda davlat xizmatchilarining tashqi ko‘rinishi fuqarolarning davlat 
organiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga yordam berishi, umumiy 
qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi, ular rasmiyligi, vazminligi va tartibliligi 
bilan boshqalardan ajralib turishi kerak. 
Davlat xizmatchilari xizmatdan tashqari vaqtda umumiy qabul qilingan odob-
axloq normalariga rioya yetishlari, g‘ayriijtimoiy hatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi 
kerak.”
23
Agar siz rahbarlik lavozimida bo‘lsangiz, ishga kelgan zaxoti xodimlardan hol-
ahvol so‘rab qo‘yish kerakligini yoddan chiqarmaslik yaxshi amaldir. Ular bilan 
yangi ish kunini birga boshlagandan mamnun ekanligingizni, sizdan qancha yordam 
kerak bo‘lsa shuncha yordamga tayyor ekanligingizni his qilishlariga imkon yaratish 
kerak. Xodimlarga «Siz» lab murojaat qilish – kasbiy odob hamda normal xizmat 
munosabatlarini ushlab turishga zarur bo‘lgan quroldir. Yig‘ilish qatnashchilariga 
nisbatan kuchli tavoze’da bo‘lish lozim.
Odamlar rahbarning avvalambor o‘ziga foydali bo‘ladigan boshqaruv qarorlarini 
ishlab chiqish maqsadida keladilar. Boshqalarni ko‘proq eshitishga o‘rganish 
muhimdir, uning fikriga qarshi bo‘lganingiz uchungina uning har bir gapiga so‘z 
tiqishtirib turish sizni yaxshi ko‘rsatmaydi. Boshqalarning ham fikr bildirishiga 
imkon berish, qatnashchilarni faol bo‘lishlariga chaqirish lozim. Har qanday 
vaziyatda ham o‘zini ushlab turishga harakat qilish; xodimga vazifa berishda 
xushmuomalalik bo‘lish joiz. Xodimlar buyruqqa nisbatan iltimoslarni yaxshi qabul 
qilishlarini yodda tutish kerak.
23
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy 
qoidalari. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son Qarori. www.lex.uz. 


96 
Xodimlarga nisbatan diqqatlik bo‘lish, ular har muvaffaqiyati uchun 
qo‘llab

quvvatlab turish ham maqsadga muvofiq. Vaqtida aytilgan 
«Rahmat»
ning 
o‘zi, berilajak mukofot pulidan ta’sirliroq kuchga egadir. Xodim yoki oldingizga 
kelgan kishining oldida kerak bo‘lmagan qog‘ozlar varaqlash, tinimsiz telefonda 
gaplashish yoki stolni barmoq bilan tiqillatib o‘tirish yaramaydi. Xizmat 
munosabatlarining odobi shahsiy masalalar bo‘yicha fuqarolarni qabul qilishda 
boshqa ishlar bilan mashg‘ul bo‘lmaslikni, kelganlarga nisbatan odob va adolat bilan 
munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Agar suhbat cho‘zilib ketsa, rahbar o‘rindan 
turish orqali buni bildirishi mumkin. Agar kimnidir jazolash zarurati paydo bo‘lsa, 
adolatli va odobli bo‘lish lozim. Ifodalash shakli va jazolash yo‘lini tanlashda 
xodimning fe’li, jinsi va yoshini hisobga olish zarur. 
Tanqid – mohirlik va ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkin bo‘lgan 
odamlarga nisbatan qudratli ta’sir kuchiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev o‘zining Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning 
eng muhim ustuvor yo‘nalishlari”ga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining 
kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida: “Endi har birimiz, eng avvalo, davlat 
boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi – o‘zimiz mas’ul bo‘lgan soha va 
tarmoqda ishlarning ahvolini tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan 
vazifalarni mas’uliyat bilan bajarishni ta’minlashdan iborat. Shunday davr keldi,
24
”- 
bejizga ta’kidlamagan. Odamlarning izzat-nafsini turlicha tanqidlar bilan erga urish; 
tanqid orqali janjalga olib keluvchi vaziyatlarga yo‘l qo‘yish; quyidan bo‘lgan 
tanqiddan 
«qasos»
olish rahbarlikning faqat rasmiyligini ko‘rsatadi – bunda rahbar 
xodimdan ham quyiroq darajaga tushib qolishi hech gap emas. O‘ziga nisbatan 
tanqidiy munosabatda bo‘lish – faqat nufuzni ko‘taradi xolos.Chunki u ishda 
qo‘yilgan xatolardan sizni xoli qiladi va jamoa bilan aloqani bog‘laydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin