Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Birinchi. Rahbar o‘z so‘ziga ega bo‘lib, ishini bilib qilsin.  Ikkinchi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Birinchi.
Rahbar o‘z so‘ziga ega bo‘lib, ishini bilib qilsin. 
Ikkinchi.
Rahbar har bir ishda adolatpesha bo‘lsin. 
Uchinchi.
Rahbar qoida-nizomlarga itoat qilsin. 
To‘rtinchi
. Rahbar o‘z qarorida qat’i bo‘lsin. 
Beshinchi.
Rahbar o‘z qarorining bajarilishini ta’minlasin. 
Oltinchi.
Rahbar o‘z vazifasini o‘zgaga topshirmasin. 
Ettinchi.
Rahbar o‘z faoliyatida har kimning so‘zini eshitib, fikr olsin. 
Sakkizinchi.
Rahbar masalalarni hal yetishda o‘z fikriga ega bo‘lsin. 
To‘qqizinchi.
Rahbarnizoning faoliyatidan qoniqsin. 
O‘ninchi.
Rahbar o‘z so‘zi va qarorida qat’i tursin. 
O‘n birinchi.
Rahbar o‘z vazifasini ado yetishda ta’maga yo‘l qo‘ymasin. 
O‘n ikkinchi.
Rahbar sergak bo‘lsin”
26

Amir Temurning rahbar shahslar to‘g‘risidagi bu qarashlari 600 yil o‘tib ham 
o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi bilan e’tiborlidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ham o‘z 
tajribasidan kelib chiqib, rahbar Shahslarni quyidagi toifalarga bo‘ladi:
1.
Birinchi toifa
– amal kursisini yaxshi ko‘ruvchilar, ularni zamona shamoliga 
qarab turuvchilar deb atash mumkin.
2.
Ikkinchi toifa
– kuzatib turuvchilar. Bundaylar kim g‘olib bo‘lsa, Shu tomonga 
og‘adilar. 
3.
Uchinchi toifa
– zamon talablarini anglab yetgan kishilar. Afsuski, bundaylar 
oz
27

Bu ikki fikrni uyg‘un kelishiga sabab, Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning 
iste’dodli dahosidan dalolatdir. Chunki, professor A.Kovalyov uzoq ilmiy 
izlanishlardan keyin rahbar Shahslarni uch tipga bo‘lgan bo‘lsa, I.Karimov amaliy 
tajribadan kelib chiqib, Shunday fikrga keladi. Demak, mamlakatimiz rahbarining 
26
Temur tuzuklari. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1996. 86-87-betlar. 
27
Karimov I.A.Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lidan. 6-jild. – T.: “O‘zbekiston”, 1998. – B 112. 


108 
rahbar Shahsiga doir yangicha talqinlari ilmiy asoslarga egadir. Bu ma’noda Birinchi 
Prezidentimiz I.Karimovning mana Shu fikrlari diqqatga sazovordir: “Ayrim 
rahbarlarning g‘alati hislatlari haqida gapirmoqchiman. Ular qo‘l ostidagi odamlarga 
yetarli e’tibor bermaydi, o‘zidan yuqori amaldorlar oldida esa, sakkiz bukilib salom 
beradi. Ishni bilmaydi desangiz, o‘z manfaati yo‘lida kallasini Shunday ishlatadiki, 
hayron qolasiz!”.
28
Birinchi Prezident ilgari surgan rahbar shahs konsepsiyasida yetakchilarning 
vakolatlari masalasida erkinlashtirish masalasi muhim o‘rin tutadi. Unga ko‘ra, 
rahbar shahslar qonuniy asosdagi vakolatlaridan unumli foydalanishlari kerak. 
Buning uchun Islom Karimov rahbar shahslarni ma’naviy rag‘batlantirish yo‘lidan 
boradi. Bir o‘rinda u: “Viloyat hokimlari hukumatimizning joylardagi vakolatxonasi, 
hokimlar esa Birinchi Prezidentning vakillaridir”,
29
deydi 
Islom Karimov o‘zbek davlatchiligi boshqaruvi tarixida yangi, o‘ziga xos rahbar 
shahs talqinini taqdim qildi. Uning mohiyati fikrda o‘z ifodasini topgan: “Rahbarlik – 
lavozim, mansab emas, avvalo, odamlarga xizmat qilish. Rahbar degani hammadan 
ko‘proq ishlab, fuqarolar saodati va yurti ravnaqi uchun yelib yuguradigan fidoyi 
inson bo‘lishi kerak”.
30
Davlat xizmatidagi xodimlarning huquqiy va axloqiy madaniyati bir-biriga 
mutanosib bo‘lishi kerak. Shu munosabat bilan mansabdor shahslarda siyosiy 
hislatlar bilan bir qatorda, axloqiy fazilatlarni shakllantirish zaruriy holdir. Axloqiy 
barkamollik davlat xizmatidagi xodimlarning ishbilarmonlik sifatlaridan biri 
hisoblanadi.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Shavkat 
Mirziyoyev 
o‘zining 
Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 
2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari”ga 
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida: 
“Endi har birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi – 
o‘zimiz mas’ul bo‘lgan soha va tarmoqda ishlarning ahvolini tanqidiy baholash 
asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarishni 
ta’minlashdan iborat. Shunday davr keldi,
31
”- bejizga ta’kidlamagan.
Jamiyatda mutlaq, abadiy va o‘zgarmas axloq yo‘q. Axloq tarixan o‘zgaruvchan 
va nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Uning bu xususiyatlari 
umumiy axloqning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan 
kasb axloqida
ham yaqqol 
namoyon bo‘ladi. Jamiyat rivojining tarixida ijtimoiy mehnat taqsimotining paydo 
28
Karimov I.A.Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. – T.: “O‘zbekiston”, 1996. - B 43. 
29
Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‘lidan. 4-jild. – T.: “O‘zbekiston”, 1996, - B.135. 
30
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. – T.: “O‘zbekiston”, 1996. - B.45. 
31
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo‘nalishlari” ga 
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. www.gov.uz. 


109 
bo‘lishi mehnatning bir turi bilan band bo‘lgan kishilar guruhining kasb - hunar 
jihatidan ajralib chiqishiga va Shunga muvofiq ravishda turli xil mutaxassislikning 
vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu esa har bir insonning qilayotgan mehnat tarziga, 
mehnatni tashkil qilish usullariga qarab, ulardan muayyan turdagi harakatlar va ruhiy 
quvvatlarni sarflashni talab etadigan qaytarilmas, o‘ziga xos ko‘nikmalarni vujudga 
keltiradi. Inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach, o‘z kasbi doirasida 
odamlar bilan muntazam munosabatda bo‘ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin