Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Hay’atlar (delegatsiyalar) tashrifi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
Hay’atlar (delegatsiyalar) tashrifi 
Mehmonni qabul qilish barcha xalqlarda oddiy hollarda ham alohida e’tibor 
bilan o‘z o‘rniga qo‘yiladi. Xalqaro munosabatlar darajasida esa mehmonga bo‘lgan 
e’tibor jiddiy tusga kiradi. Bu holat tashrif darajasi, maqsadi va xarakteriga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Bu bilan rasmiy hay’atlarga ko‘rsatilayotgan hurmat-e’tibor belgilanadi. Hay’at 
rahbariga ko‘rsatilayotgan hurmat-e’tiborning asosiy sharti u egallab turgan lavozim 
bilan belgilanadi. Masalan, davlat yoki hukumat rahbariga alohida e’tibor, tashqi 
ishlar vaziri yoki harbiy vazirga alohida, tegishli tashkilotning departament rahbari 
yoki boshqa lavozimdagi shaxsga alohida e’tibor shartlari belgilangan. Kutib 
olinuvchi mehmonning egallab turgan lavozimidan kelib chiqib, kutib oluvchi 
mutasaddilar, uchrashuv ssenariysi va tashrif tashkiloti bilan bog‘liq boshqa 
masalalar belgilanadi. 


118 
Yuqorida qayd etilgan masalalarning barchasi oldindan, tashrif amalga 
oshirilishidan ilgari ishlab chiqiladi va yuqori darajadagi tashriflarni tayyorlash 
vaqtida mehmon tomon bilan kelishib olinadi. 
Tashrifni uyushtirish bo‘yicha amalga oshirilgan barcha tadbirlar uni sermahsul 
va muvaffaqiyatli o‘tishiga zamin yaratadi. 
Tashriflar o‘z klassifikatsiyasi bo‘yicha bir necha turlarga bo‘linadi. Ular: oliy 
darajada tashkil etiladigan davlat va rasmiy tashriflari, «Sammitlar», amaliy va 
norasmiy tashriflar. «Sammit» va oliy darajadagi uchrashuvlarda asosiy e’tibor 
siyosiy muzokaralarga hamda tantanali marosimlar tadbirlari, gulchambar qo‘yish 
marosimlari, ehtirom tashriflari, qabullar, jamoat bilan uchrashuvlarga qaratiladi. 
Bunday tashrif odatda qo‘shma hujjatlarni imzolash bilan yakunlanadi. Bu 
avvalambor ishlab chiqilgan va kelishilgan dastur bo‘yicha amalga oshirilib, faqat 
biror-bir favquloddagi hodisalar tufayli dasturga ma’lum o‘zgarishlar kiritilishi 
mumkin. 
Amaliy tashriflar biror-bir tadbirga tayyorgarlik maqsadida konsultatsiya va fikr 
almashish yo‘li bilan ma’lum masalani hal qilish uchun o‘tkaziladi. Seremonialga 
buiday holatlarda amal qilinmaydi. Bu turdagi tashriflar kam vaqtni o‘z ichiga oladi. 
Norasmiy tashriflar ta’til, davolanish maqsadida va xususiy takliflar bilan 
amalga oshiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin