Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Diplomatik yozishmalarni olib borish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Diplomatik yozishmalarni olib borish 
Diplomatik hujjatlarga davlat arboblarining nutqlari, notalar, maktublar va 
memorandumlar kiradi. Ularda davlatning xalqaro miqyosdagi muammolarga 
munosabati va hukumatning ularga nisbatan tutgan mavqei bayon qilinadi. Yuqorida 
ko‘rsatilgan hujjatlarda biror-bir davlatni tan olish va diplomatik aloqalarni o‘rnatish, 
faol xalqaro muammolarni hal yetish bo‘yicha takliflar, davlat suverenitetini yoki 
xalqaro huquq tamoyillarini buzish bilan bog‘liq harakatlarga nisbatan qarshiliklarga 
doir ma’lumotlar bayon qilingan bo‘lishi mumkin. 
Xalqaro diplomatik amaliyotda quyidagi hujjat turlari yuritiladi: shaxsiy notalar, 
eslatma qaydlari, memorandumlar, shaxsiy yarimrasmiy xatlar. Shaxsiy nota birinchi 
Shaxs nomidai tuzilib, ikki tomonni qiziqtiruvchi biror-bir hodisa haqidagi 
ma’lumotga ega bo‘ladi. Yuqori darajadagi muhim xalqaro masalalar haqidagi 
Shaxsiy nota yozishmasi shaxsiy maktub darajasiga ko‘tarilishi mumkin. 
Verbal nota juda keng tarqalgan diplomatik hujjat hisoblanadi. U uchinchi shaxs 
nomidan yozilib, tegishli Tashqi ishlar vazirligi yoki elchixonalar tomonidan keng 
qamrovli masalalarni, xususan siyosiy, iqtisodiy, protokol va ogohlantiruvchi 
xarakterga ega bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqish va hal yetish uchun yoziladi. 


119 
Eslatma yozuvlar odatda og‘zaki qilingan bayonotni muhimligini ta’kidlab 
o‘tish uchun shaxsan topshiriladi. Ular shaxsi aniqlanmagan holda tuziladi: «ma’lum 
qilinmoqda» qabilida. 
Memorandum biror-bir masalani juda aniq ko‘rsatadi va o‘zida fakt, tahlil va 
argumentlarni mujassam etadi, 
Shaxsiy xat deyarli norasmiy hujjat bo‘lib, rasmiy Shaxslarga yo‘llanadi va 
yozishmalarning ma’lum qoidasiga qat’iy amal qilishni ko‘zlamaydi hamda xat 
yo‘llangan shaxsning mas’uliyati doirasida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalarni 
echish uchun ishlatiladi. Bunga misol tariqasida tashkil etilgan qabul yoki konsertda 
ishtirok yetishdan minnatdorchilik bildirilgan xatlarni keltirshi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin