Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Tashrifnomalar (vizit kartochkalari)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

 
Tashrifnomalar (vizit kartochkalari) 
Kelib berilgan tashrifnomalarning o‘ng burchagi uning egasi tomonidan bukib 
qo‘yiladi. Bu shaxsiy tashrif ma’nosini anglatadi. Yuborilgan tashrifnomalarning 
burchagi esa bukilmaydi. 
Olingan va qabul qilingan tashrifnomalarga 24 soat ichida javob berish qabul 
qilingan. 
Tashrifnomalarning kesmasi tilla rangda bo‘lishi tavsiya qilinmaydi. 
Ularning yozuvi qora rangda bo‘lishi joiz. 
Tashrifnomalar shaxsiy guvohnoma o‘rnini egallaydi. Ular odatda ingliz tili yoki 
yashab, xizmat qilinayotgan davlatning rasmiy tilida chop etiladi. 
Tashrifnomalar ism, familiya, lavozim, ish manzili va telefon raqami kabi 
ma’lumotlarni o‘zida mujassam etadi. 
Tashrifnomalarni boshqa kishiga bera turib ovoz chiqarib ismi-sharifini aytib, 
o‘zini tanishtirish lozim. 
Er-xotinning tashrifnomasida ularning faqat ism va familiyalari yozilishi lozim, 
bu hollarda ularning ish lavozimlari ko‘rsatilmaydi. Odatda bu turdaga tashrifnomalar 
asosan ayollarga beriladi. 
Dunyoning ko‘p mamlakatlarida otasining ismi degan ibora keng tarqalmagani 
sababli rus tilida tayyorlangan tashrifnomalarda ham otasining ismi ko‘rsatilmaydi. 
Tashrifnomalarning pastdagi chap burchagida qalam bilan quyidagi ma’nolarni 
anglatuvchi yozuvlar belgilanishi mumkin: 
r.£. 
Tabriknoma 
r.r. 
Tashakkurnoma 
r.s. 
Ta’ziyanoma 
p.p. 
Masofadan turib tanishtirish 
r.f.s. 
Tanishuvdan mamnun bo‘lish 
r.r.s. 
Shaxsiy tashrif o‘rniga (kyetish safari arafasida) 


120 
r.f.n.a Yangi yil munosabati bilan tabriknoma 
 
Diplomatik bayonnoma (protokol) 
 
“Diplomatik bayonnoma”
– Davlatlararo hamkorlikda munosabatlarning 
asosiy qoidalari, jumladan suverenitetni hurmat qilish, tenglik, erkinlik, hududiy 
barqarorlik, bir-birini ichki ishlariga aralashmaslik kabi talablarga rioya qilmasdan 
turib to‘laqonli kelishuvni amalga oshirolmagan bo‘lar edilar. 
Bunday talablarni bajarish uchun bu boradaga tajribadan tashqari ma’lum bir 
dasturamal ham lozim. Bunday dasturamal diplomat (muzokara) bayonnomasi 
deyiladi. Ushbu bayonnoma davlatning vujudga kelishidan tortib, hozirgi davrgacha 
bo‘lgan o‘zaro hamkorlik munosabatlarining qayta ishlangan, yillar davomida tahrir 
va tajribadan o‘tgan, zamonaviy talablarni ham o‘z ichiga qamrab olgan qoidalar 
majmuidir.
«
Diplomatik lug‘at» diplomat bayonnomasida to‘g‘risida aniqroq tushuncha 
bera oladi: 
Diplomatik bayonnoma – xalqaro munosabatlarda rasmiy shaxslar, vakillar, 
hukumatlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan umumqabul qilingan an’ana, 
tartib, rasm-rusmlar qoidasining majmuidir. 
Muzokara bayonnomasining mohiyati o‘zaro munosabatlarida davlatlarning 
kelishuvlarini axloqiy madaniyat doirasida kechishi – ya’ni davlatlarning 
kelishuvlarini chiroyli tarzda – axloqiy me’yorlardan chiqmagan holda olib borishdan 
iboratdir. 
Aslida, bayonnoma hujjatlarni to‘g‘ri shaklga solish, arxivlashtirish uchun 
qo‘llangan. Davrlar oshib, u muzokara uchun qo‘llanilgan bu bayonnoma turi keng 
doirada mazmunan shakllanib, tantana va muzokara etiketi sifatida ham qo‘llanila 
boshlandi. Hozirgi davrga kelib muzokaralar bayonnomasi zamonaviy talablarga 
asosan, siyosiy hamda huquqiy o‘zgarishlar kiritgan holda ilmiy va texnikaviy 
taraqqiyot ta’sirida boshqacha tusga ega bo‘lib bormoqda. 
Ammo bu o‘zgarishlar asossiz xususiyatga ega bo‘lgan, biron bir davlat 
miqyosidagi tamoyillar emas, balki tajribaviy asosga ega bo‘lib, jahon miqyosida 
umumqabul qilingan qoidalardir. 
Rasman esa muzokara bayonnomasi 1814 yillarda Vena kongressi tomonidan 
tasdiqlangan. 
Muzokara bayonnomasi o‘zida etiket va tantanaviylikni mujassam etgan. 
Muzokara bayonnomasining asosiy qismi bo‘lmish muzokara etiketi – davlat 
vakillarining o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘luvchi go‘zal xulq va o‘zini 
chiroyli tutishdir. Muzokara etiketining qoidalari muzokarachi vakilning tashqi 
kiyinishidan tortib, to imo-ishora hatti-harakat odoblarigacha qamrab olgan. 


121 
Muzokara etiketida muomala, muorajaat muzokaraning har xil ko‘rinishlarida – 
yozma, uchrashuv, qabul va tashrifga qarab tavsiflangan. Zero, davlat arbobi boshqa 
davlat vakilidan bo‘lgan har qanday muzokara turlariga munosib javob berishi, ularni 
ko‘rib chiqishi shart. Xat yoki taklifga javob bermaslikni o‘zi o‘ta odobsizlik 
sanaladi. Bunda samimiylik va hozirjavoblik katta ahamiyat kasb etadi. Muloqotdagi 
arzimas e’tiborsizlik ham sherikni garchi bunda davlatni aybi bo‘lmasa ham, 
(vakilning xatosi bo‘lsa ham) qarorini o‘zgartirishi mumkin, u yoki bu davlatga 
nisbatan munosabatni salbiy tomonga o‘girishi, muzokarani chigallashtirishga olib 
kelishi tabiiy. 
Umuman olganda, muzokara etiketining bir qancha qat’iy qoidalari mavjud. 
Ular quyidagicha: 

Salomlashish va ko‘rishishda ismi bilan murojaat qilish. Bu nafaqat uni hurmat 
qilishingizni, balki o‘zingizga nisbatan ham shunday hurmat bilan qarashingizni 
anglatadi.

Nigoh muhim ahamiyatga egadir. Samimiyatni ko‘rsatish uchun suhbatdoshini 
ko‘zlariga qarash lozim. 

Salomlashuvda turish shart. O‘tirib ko‘rishilmaydi. Yosh va jinsning ahamiyati 
yo‘q. 

Tabassum va shirinsuxanlik har qanday vaziyatga ob’yektiv yondoshishga olib 
keladi. 

Ismingizni aytib ko‘rishing. Birinchi marta ko‘rib turgan bo‘lsangiz ismi-
sharifingizni aytib o‘zingizni bir yo‘la tanishtiring. Agar avval ham uchrashganizga 
gumoningiz bo‘lsa, ismingizni aytganingiz ma’qul – bu sherigingizni noqulay 
vaziyatga tushib qolishini oldini oladi. 

Ko‘rishganda qo‘l berib ko‘rishish kerak. Bunda qo‘lni haddan ziyod qisib 
yuborish 
yaramaydi. 
Shasht 
bilan uzatilgan qo‘l munosabatni yanada 
mustahkamlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin