Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Muzokara kiyimi. 
Bundausti boshimiz makon, zamon va voqelikning tabiatiga 
to‘g‘ri kelishi lozim. Rasmiy muzokaralarga odmi rangdagi kiyimlar mos keladi. 
Bo‘yinbog‘ tusi uning egasi borasida ma’lum tasavvurni paydo qilish imkoniga ega. 

qizil, sariq – erkinlik, qat’iyatlik; 

qora tusda qizil bezaklar – o‘ziga nisbatan ishonchni kuchliligi, muayyanlik; 

ko‘k va to‘q jigarrang – bag‘rikenglik; 

to‘q kulrang – hissiyotlarga erk bermaslik; 

havorang – xotirjamlik; 

yashil, sariq – sergaklik. 
Bo‘yinbog‘ ko‘ylakka nisbatan och tusda bo‘lmasligi lozim. Bo‘yinbog‘ 
savlatingizga mos kelishi kerak. Uning uzunligi shimning kamarigacha bo‘lishi 
maqsadga muvofiq. 


122 
Rasmiy sharoitda ust boshning oxirgi tugmasidan tashqari barcha tugmalari 
taqilgan bo‘lgishi lozim. Erkaklar paypog‘i kiyishga mo‘ljallangan kostyumga mos 
kelishi, kostyum rangidan to‘qroq, oyoq kiyim rangidan ochroq tusda bo‘lishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Qo‘lqoplar, sharf va dastro‘mol ranglari va gullari boshqa kiyim unsurlarigi mos 
ravishda tutilishi lozim. 
Ustki kiyimning yuqoridagi cho’ntagiga ruchka, qalam, ko‘zoynak va boshqa 
narsalari solib qo‘yish mumkin emas. 
Muzokaraviy qabullar.
Muzokara xizmatida muzokaraviy qabullar muhim 
ahamiyat kasb etadi, chunonchi, unda taqdimot masalalari bilan birga axborot va 
maxsus masalalar ham ko‘rib chiqiladi.
Qabullar markaziy tashqi organlar yoki diplomatik vakillar tomonidan muhim 
voqealar hamda kundalik faoliyat qatorida ham olib boriladi. 
Muzokara bayonnomasida kunduzga va kechki, stolga o‘tkazish va tik turish
rafiqa bilan kelish yoki ularsiz kabi qabullarga bo‘linadi. 
Bugungi kunda qabullarning quyidagi turdagilari keng doirada tarqalgan. 
Nonushta, tushlik, tushlik-bufet
(shved dasturxoni) hamda furshet va kokteyl 
turidagi qabullar. 
Nonushta odatda cheklangan doirada kam sonli kishilar uchun mo‘ljallangan 
bo‘lib, qoidaga binoan faqat erkaklar taklif qilinadi. Nonushta soat 12-15 larda 
tashkillashtiriladi. Nonushtada yeguliklar turini tayyorlashda mehmonlarning milliy 
ta’mini hisobga olinadi. Odatda u bir-ikki sovuq gazak, bitta baliqli va go‘shtli issiq 
ovqat hamda shirinlikdan tarkib topadi. Nonushtaga birinchi ovqatni tortish qabul 
qilinmagan. 
Ba’zida nonushta davomida vino, oxirrog‘ida esa shampan vinosi, kofe, choy 
tortiladi. Kelgan mehmonlarni dasturxon yozilgan joydan boshqa alohida xonada 
kutib olinadi. U yerda sharbat, mineral suv, zaytun mevasi va boshqa yengil gazaklar 
taklif qilinadi. Ayni paytda mehmonlar bir-birlar bilan tanishadilar, qiziqarli suhbatlar 
uchun mavzular paydo bo‘ladi. So‘ng, mehmonlar dasturxonga taklif qilinadi. 
Nonushta odatda bir yarim soat davom etadi, undan bir soat dasturxonda 
ovqatlanishga ketsa, qolgan yarim soat ovqatdan keyin tarqatilgan kofe yoki choy 
bilan o‘tkazishga ketadi. Nonushtani yakunlash (tushlik va kechki ovqatda ham) 
qabul egasining izmida bo‘ladi. Ammo ba’zi mamalakatlarda bu imkoniyat 
mehmonlardan kattalarga (darajaga bog‘liq) beriladi. 
Tushlik
qabulning eng tantanovor va obro‘li turi hisoblanadi. U avvalambor 
qabul o‘tkazilayotgan sababning qay darajada muhim ekanligini ko‘rsatish imkonini 
beradi. Tushlik soat 19 va 21 lar orasida o‘tkaziladi. Odatda tushlikka erkakalar bilan 
ularning ayollari ham taklif etiladi. Tushlikning tarkibi nonushtaga nisbatan 
baquvvatroq. Unda albatta birinchi ovqat bo‘ladi. Ichimliklar nonushtanikidan farq 


123 
qilmaydi. Tushlik odatga binoan ikki-uch soat va undan ko‘proq davom yetishi 
mumkin. Taxminan dasturxon atrofida o‘tkazilgan bir yarim soatdan so‘ng boshqa 
xonaga o‘tilib choy yoki kofe ustida suhbat qurish mumkin. Ba’zida esa Shu choy-
kofe tushlik dasturxonida ham uzatilish mumkin. 
Kechki ovqat soat 21 va undan kechroq vaqtda boshlanishi mumkin. Tushlikdan 
u qabul o‘tkaziladigan vaqti bilan ajralib turadi. Birinchi ovqat berilmasligi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin