Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Tushlik-bufet, furshet va kokteyl



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Tushlik-bufet, furshet va kokteyl
– eng keng tarqalgan hamda turli sabablar 
bilan o‘tkaziladigan qabul turlaridir. O‘tkaziladigan joyga qarab odatda unga ko‘proq 
odamlar taklif qilinadi. Bu qabullar soat 17 va 21lar orasida tashkil etilib, furshet va 
kokteylda o‘tirilmaydi, tushlik-bufetda esa uncha katta bo‘lmagan besh olti kishilik 
stollarning biriga o‘tkaziladi. Mehmonlar gazak va ichimliklarning maxsus 
dasturxondan olib ta’bga qarab istagan stollaridan biriga o‘tirishlari mumkin. Tashrif 
vaqtlari qabulning boshlanishi va yakunlanishi ko‘rsatilgan taklifnomalar asosida 
aniqlanib, nonushta va tushlikdagidek aniq vaqtga kelish shart emas, unga bir oz 
kechikish odobsizlik sanalmaydi. Ammo qabul boshlanishining dastlabki ikki soatida 
uni tashlab chiqib kyetishni maslahat bermaymiz. Zotan, ma’lum bir shart-sharoitdan 
kelib chiqib zaruriyat tug‘ilgan bo‘lsa, mezbondan uzr so‘rab, uning ruxsati bilan 
qabul haqida bir nechta yaxshi fikrlarni bildirib kyetish mumkin. 
Shampan bokali.
Qoidaga binoan soat 12 da boshlanib, bir soatlar atrofida 
davom etadi. Bunday qabulni o‘tkazish uchun milliy bayramning yilligi, elchini 
kuzatish, mamalakatda delegatsiyani kutib olish, ko‘rgazmani (festival) ochilishi 
sabab bo‘lishi mumkin. Qabul paytida shampan vinosidan tashqari mehmonlarga 
boshqa ichimliklarni ham taklif yetish mumkin (vino, sharbatlar, mineral suv). 
Ichimliklar va gazaklarni ofitsiantlar tarqatadilar. 
Diplomatik etiketda kiyinish madaniyati 
Kiyinish madaniyati va qoidalari diplomatik etiketning ajralmas qismidir. 
Diplomatik etiketda ayollar va erkaklarning turli xil marosimlar uchun kiyinish 
me’yorlari va qoidalari shaklangan va belgilangan.
 
Erkaklar uchun 
Kostyum. 
Nonushta, kokteyl hamda 20.00 gacha boshlanadigan boshqa qabullar 
uchun yorqin rangli bo‘lmagan istalgan rangdagi kostyumni kiyish mumkin. Agarda 
ushbu qabullar milliy bayram munosabati bilan yoki davlat rahbari, tashqi ishlar 
vaziri sharafiga yoki uning nomidan o‘tkazilayotgan bo‘lmasa. 
Milliy bayram munosabati bilan yoki davlat rahbari, tashqi ishlar vaziri 
sharafiga yoki uning nomidan o‘tkazilayotgan qabullar hamda 20.00 da va undan 
kech boshlanadigan qabullar uchun to‘q rangli kostyum kiyish tavsiya etiladi. 
Smoking kiyish kerak bo‘lgan hollarda taklifnomada bu haqda ogohlantiriladi. 


124 
Frak kiyish lozim bo‘lgan hollarda ham taklifnomada ogohlantiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin